Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə33/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   179
3-176 Moliya bozori

46




hokimiyat idoralari qatnashishi mumkin. Obligatsiyalami chiqarish to‘g‘risidagi qaror davlat hokimiyatining mahalliy idoralari: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimligi tomonidan qabul qilinadi.
Munitsipal obligatsiyalami chiqarishning eng asosiy masalala- ridan biri — bu ulami ta’minlash masalasidir. Shunga ko'ra, ular qoplanishning quyidagi asosiy manbalari bilan chiqarilishi mumkin:
Qarzlarni to‘lash to'g'risidagi umumiy majburiyat zamirida.
Bunday obligatsiyalar bo'yicha majburiyatlarning bajarilishi hoki­miyat idorasining obligatsiyalaming keyingi so'ndirilishi va ular bo‘yicha foizlar to'lanislii uchun mahalliy budjetning qandaydir aniq manbalarini biriktirmasdan soliqlar, bojlar, ijara to‘lovlari va boshqa to'lovlami undirishga qodiriigi bilan ta’minlanadi.
Soliq qudrati chegaralangan qoplashning umumiy majburiyati zamirida. Ushbu holatda davlat hokimiyati idoralari mahalliy budjetga tushumlarning qaysi bir turi hisobiga kelajakda obliga­tsiyalar egalari oldidagi majburiyatlarning bajarilishi ta’min- lanishini belgilaydi.
Maqsadli tushumlar zamirida. Obligatsiyalami chiqarish shart- larida aniq loyiha ko'rsatiladi, uni amalga oshirishga qimmatli qog'ozlaming xaridorlaridan olingan mablag'lar yo'naltiriladi va u obligatsiyalaming egalari oldidagi majburiyatlarning bajarilishi uchun ma’lum daromadlar keltirishi lozim. Bu munitsipal mulk obyektlari (aeroportlar, vokzallar, bunda terminaldan foydalan- ganlik uchun to'lov so'ndirish manbayi hisoblanadi), mahalliy elektr stansiyalari, gaz o'tkazgichlar, suv o'tkazgichlari, issiq suv o'tkazgichlar, yo'llaming qurilishi (to'lov manbasi ko'rsatilgan xizmatlar va foydalanish huquqi uchun muayyan iste’molchilar tomonidan to'langan to'lovlar), kasalxonalar, istirohat bog'lari, o'yingohlar, munitsipalitet (hokimiyat)ning boshqa to'lovli jamoat obyektlarining qurilishi bo'lishi mumkin.
Bunday qimmatli qog'ozlami chiqarish shartlarida keladigan daromadlaming qaysi qismi obligatsiyalar egalari oldidagi majbu-



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin