Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə32/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   179
3-176 Moliya bozori

45




iqtisodiyotini pul-kredit jihatdan tartibga solishga erishiladi. Aholi hamda korxonalar uchun davlat majburiyatlarini xarid qilish o‘z omonatlari va jamg'armalarini nisbatan ishonchli saqlash shakli hisoblanadi. Bu qandaydir darajada o‘zini inflatsiya jarayonlari ta’siridan chegaralash imkonini beradi.
O‘zbekiston davlat obligatsiyalari — bu respublika ichki qarzlari obligatsiyalaridir. Bunday obligatsiyalami chiqarish to‘g‘risidagi qaror hukumat tomonidan qabul qilinadi. Mustaqil O'zbekiston tarixida davlat obligatsiyalarining ikki xil turi chiqarilishiga yo‘l qo'yildi. Birinchisi,
1992-yil mayda — 12 foizli ichki yutuqli zayom. Bu sobiq Ittifoqning parchalanishi munosabati bilan sodirbo'lgan keskin inflatsiya va sobiq Ittifoq hukumati tomonidan qog'oz pul birliklarining muomalaga me’yoridan ortiq darajada chiqarilishi tufayli aholi uchun juda muvaffaqiyatsiz tugadi. Ikkinchisi, 1996- yil martda — korxona va tashkilotlar uchun davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO) ko'rinishidagi obligatsiya zayomi, u mam- lakat xazinasi va sarmoyador korxonalarga daromadlar keltirgan holda juda muvaflaqiyatli amal qilib turibdi.
O‘zbekistonda DQMOning dastlabki kimoshdi savdosi 1996-yil 28-martda bo'lib o‘tdi. Moliya vazirligi obligatsiyalarning emitenti hisoblanadi. Obligatsiyalar emissiyasi davriy ravishda alohida nashrlar shaklida amalga oshiriladi. Har bir nashr, odatda, bir oyda bir marta chiqariladi. Obligatsiyalar 3, 6 va 12 oy muddatlarga chiqariladi.
Obligatsiyalami ularni sotishga vakolat berilgan tashkilot (diler)lar orqali xarid qilgan yuridik shaxslar obligatsiyalarning egasi bo'lishi mumkin. Obligatsiyalar nashrlarining kimoshdi savdosi, savdolari, hisob-kitoblari va ularga ko'rsatiladigan boshqa xizmatlar 0‘zbekiston Respublikasi valuta biijasida amalga oshiriladi.
Munitsipal obligatsiyalar
(MahalUy zayomlar obligatsiyalari)
Bunday obligatsiyalarning emitentlari sifatida 0‘zbekiston Respublikasining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarining



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin