Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar



Yüklə 4,75 Mb.
səhifə2/4
tarix21.10.2023
ölçüsü4,75 Mb.
#158834
1   2   3   4
Moliya 2

Davlat qisqa muddatli qimmatli qogʻozlari asosan davlat qarzini qoplash uchun emissiya qilinadi. Yaʼni davlat oʻzining soliqlar orqali byudjetiga tushuvchi mablagʻlari kelguniga qadar qisqa muddatli qarz majburiyatini ifodalovchi qimmatli qogʻozlarni emissiya qiladi. Ayrim davlatda bu qimmatli qogʻoz Moliya vazirligi tomonidan emissiya qilinsa, boshqalarida Gʻaznachilik tomonidan emissiya qilinadi. AQSH misolida koʻradigan boʻlsak, ushbu qimmatli qogʻoz Gʻaznachilik boshqarmasi (Treasury Department) tomonidan emissiya qiladi hamda T-Bills deb ataladi. Ularning muddati asosan 28; 91 va 182 kunni tashkil etadi. 1998-yildan beri AQSH hukumati investorlar uchun ushbu turdagi qimmatli qogʻozlarni internet orqali sotib olish imkonini yaratdi va bu oʻz navbatida ularni individual investorlar orasida yanada kengroq tarqalishiga olib keldi. Gʻaznachilik ushbu qimmatli qogʻozlar uchun hech qanday foiz toʻlovini amalga oshirmaydi.



Korxonalar davlat qimmatli qogʻozlarini qayta sotib olish sharti bilan boshqa shaxsga sotishi mumkin. Bunda qancha miqdorda va qachon qaytarib sotib olish oldindan kelishib olinadi. Aksariyat qayta sotib olinuvchi shartnomalar 3 kundan 14 kungacha boʻlgan muddatga ega boʻlsada ayrim hollarda bu muddat 1 oydan 3 oygacha ham boʻlishi mumkin. Depozit sertifikatlari bank tomonidan emissiya qilinuvchi qimmatli qogʻoz boʻlib, oʻzida muddatni hamda foiz stavkasini aks ettiradi. Ushbu turdagi qimmatli qogʻoz oraliq instrument boʻlib, belgilangan muddat tugagandan soʻng ushbu sertifikatni bankga taqdim etgan shaxs asosiy summani hamda foiz toʻlovini qoʻlga kiritadi.



Bankir kafolati (Bankerʻs acceptance) XII asrdan boshlab qoʻllanila boshlagan. Aniqrogʻi shu turdagi operatsiyalar amalga oshirilishining ilk bosqichlari oʻsha davrga toʻgʻri keladi. Ushbu qimmatli qogʻoz sotuvchidan xaridorga hali yetkazilmagan mahsulotni moliyalashtirish uchun ishlatiladi. Tasavvur qilamiz, ABC kompaniyasi Yaponiyaning XYZ kompaniyasidan buldozer sotib olmoqchi, ammo XYZ kompaniyasi pulni qoʻlga kiritishdan oldin buldozerni yuborish niyatida emas, sababi u kompaniya haqida unda yetarli maʼlumot yoʻq. Oʻz navbatida ABC kompaniyasi ham buldozerni qabul qilishdan avval pulni oʻtkazib berish niyatida emas. Ushbu vaziyatda bank Bankerʻs acceptanceni emissiya qilish orqali eksport qiluvchi tomon nomidan import qiluvchi tomonga kafolat beradi. Ushbu qimmatli qogʻoz qisqa muddatli yaʼni 30 kundan 180 kungacha boʻlib, ikkilamchi bozorda ushbu muddat tugaguniga qadar sotilishi ham mumkin. Bank bu vaziyatda oʻz xizmati uchun 2-3% atrofida haq oladi.




Yüklə 4,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin