b) Investitsiyaning samaradorligi ko’rsatkichlarini hisoblab olamiz: loyihani sof keltirilgan qiymati(Di-sof pul oqimi, i-yillar) NPV=∑(Di/(1+r)ꜟ)-I o’zini oqlash muddati – PP=I/([∑(Di/(1+r)ꜟ]/n); ichki daromadlilik normasi NPV(IRR)=0 shartiga aniqlanadi, IRR-bu NPVni 0 teng qilishga olib keluvchi diskontlash stavkasi. daromadlilik indeksi – PI=NPV/([∑(Di/(1+r)ꜟ] )
Ichki daromad normasi hisobi uchun hisob-kitoblar: r = 0.0788
Yil
0
1
2
3
4
Jami
Diskontlash koeffitsenti
1
0,926956
0,859247
0,796484
0,738306
Sof pul oqimi
-62
16
16
16
28
Diskontlangan sof pul oqimi
-62
14.83
13.75
12.74
20.67
0
Shunday qilib IRR = 7.88% Xulosa: loyha samarali emas. Chunki sof keltirilgan qiymat manfiy, o’zini oqlash muddati ekplutatsiya muddatidan ortiq, rentabellik indeksi manfiy, ichki daromadlilik normasi diskont stavkasidan kam.
28-masala
Quyidagi ma’lumotlar asosida korxona xom ashyo va asosiy materiallar zahirasini yaratish uchu o’z mablag’lariga bo’lgan talabini hisoblang.
1.Rejalashtirilayotgan yildagi xom ashyo va asosiy materiallarga bo’gan ishlab chiqarish talabi:
2.Ishlab chiqarish dasturi quyidagi taqsimotga ega: 1-chorak-24%, 2-chorak-26%, 3-chorak-25%, 4-chorak-25%. 3.Zahira me’yorini shakllantirish quyidagi ko’rsatkichlardan shakllanadi:
Xom ashyo va asosiy materiallar
Transport zahirasi (kun)
Yukni tushirish, omborga joylash, tahlil (kun)
Joriy ombor zahirasi (kun)
Texnologik zahira (kun)
Kafolatli zahira (kun)
1
3
2
18
3
9
2
5
2
22
8
11
3
4
2
14
6
7
Echimi: Ishlab chiqarish zahiralarida aylanma mablag’lar me’yori quyidagi formula bilan aniqlanadi: O1=(PR/FR)*H3, bu erda PR-oraliq davrdagi materiallar sarfi; FR-korxona ish vaqtini yillik fondi; H3 -materiallar zahirasi me’yori. 1-material: H3 =3+2+18+3+9=35 kun O1 =(1200*200)/365*35=23013.7 ming so’m. 2-material: H3 =5+2+22+8+11=48 kun O1 =(1500*300)/365*48=59178.08 ming so’m.
3-material: H3 =4+2+14+6+7=33 kun O1 =(300*350)/365*33=9493.15 ming so’m. Demak, korxonaga xom ashyo va asosiy materiallar zahirasini yaratish uchun talab etiladigan o’z mablag’lari talabi 23013.7+59178.08+9493.15=91684.93 ming so’mni tashkil etadi.
29-masala
Quyida berilgan ko’rsatqichlardan foydalanib, yil boshiga mahsulot ishlab chiqarish foydasi, mahsulot rentabelligi va sotish rentabelligini hisoblang.
Echimi: Mahsulot ishlab chiqarish foydasi quyidagi formula orqali aniqlanadi: Freal=T-Tn, bunda T-tushum, Tn-tannarx. Unda: T=38600+10300=48900 ming so’m, Tn=31200+8100=39300 ming so’m, Freal=48900-39300=9600 ming so’m. Maxsulot rentabelligi (Rmaxsulov) maxsulot birligi tannarxidan olingan foyda darajasi bilan xarakterlanadi Rmaxsulov =Freal/Tn*100=9600/39300*100=24.43% Sotuvlar rentabelligi(Rsotuv) korxona islab chiqarish
faoliyati daromadliligi bilan xarakterlanadi: Rsotuv=Freal/T*100=9600/48900*100=19.63% Yil boshiga ikkala ko’rsatqich ijobiy natija bermoqda. Bu korxona joriy yilni muvaffaqiyatli yakunladi degan xulosani beradi, Korxona absolyut ko’rsatqichlari etarlicha katta bo’lib, bu korxona faoliyati samarali olib borilayotganidan dalolat beradi.
30-masala
Quyida keltirilgan ma’lumotlardan foydalanib korxona moliyaviy barqarorligining asosiy ko’rsatkichlarini hisoblang. ming so’da
Echimi: Qarz va o’z mablag’lari bog’liqlik koeffitsenti(Kq) qarz mablag’larini o’z mablag’lariga munosabatini bildiradi va quyidagi formula orqali aniqlanadi: Kq=QK/O’K, bu erda QK-qarz kapitali,O’K-o’z kapitali. Bu ko’rsatqich me’yori: Kq˂1 Davr boshiga: QK=12000+6000+1000+7000+1000=27000 ming so’m. O’K=36000+1000+5000=42000 ming so’m. Kq=27000/42000=0.643 Davr oxiriga: QK=20000+7000+2000+9000+4000=42000 ming so’m. O’K=36000+2000+7000=45000 ming so’m. Kq=42000/45000=0.933 Davr boshiga 1 so’m o’z mablag’lariga nisbatan 0.643, davr
oxiriga 0.933 so’m jalb qilingan. Ko’rsatqich me’yorda. Monevr koeffitsenti (Km) korxona o’z mablag’laridan qancha qismi xarakatchan aktivlarga joylashtirilganligini ko’rsatadi. Bu mablag’lar ulushi qancha katta bo’lsa, korxona o’z mablarini monevrlash imkoniyati katta bo’ladi. Monevrlash koeffitsenti quyidagi formuladan foydalanib hisoblanadi: Km=O’AM/O’K=(O’K+UQ-ABA)/O’K, bunda O’AM-o’z aylanma mablag’lari, UQ-uzoq muddatli qarzlar, ABA-aylanma bo’lmagan aktivlar. Koeffitsent me’yori: Km˃0.5. Davr boshiga: ABA=35000+5000=40000 ming so’m.
O’AM=42000+12000-40000=14000 ming so’m. Km=14000/42000=0.333 Davr oxiriga: ABA=40000+7000=47000 ming so’m. O’AM=45000+20000-47000=18000 ming so’m. Km=18000/45000=0.4 Koeffitsentdan ko’rishimiz mumkinki, o’z kapitalini qancha qismi joriy faoliyatni moliyalashtirishda foydalanilmoqda. Davr oxirida 40% o’z mablag’lari joriy faoliyatni moliyalashtirishda foydalanilmoqda, 60%i esa kapitallashtirilgan. Ko’rsatqich qancha yuqori bo’lsa o’zgaruvchan bozor sharoitiga moslashish uchun manevrlash imkoniyati yuqori bo’ladi. Ko’rsatqich korxona xarakteristikasiga bog’liq bo’ladi.
Korxona fond bozorida faoliyat yuritsa ko’rsatqich past, moddiy ishlab chiqarish bilan shug’ullansa yuqori bo’ladi. Aftonomiya koeffitsenti(moliyaviy mustaqillik)(Ka) korxona umumiy resurslarida o’z mablag’larining ulushini ko’rsatib, quyidagi formula orqali aniqlanadi: Ka=O’k/BJ, bu erda BJ-balans jami. Me’yor ko’rsatqichi Ka=0.5 Davr boshiga: Ka=42000/68000=0.618 Davr oxiriga: Ka=45000/87000=0.517 Davr boshiga o’z mablag’lari ulushi 61.8%ni, davr oxiriga 51.7%ni tashkil qiladi. Korxonani qarz manbalariga bog’liqlik darajasi norma doirasida. Kreditlar nuqtai