“MOLIYA” FANIDAN 2- ORALIQ NAZORAT UCHUN GURUHLARDA ISHLASH BO‘YICHA TOPSHIRIQ 2-GURUH MOLIYACHI (8 ball) Tasavvur qiling siz yaqinda yangi, yuqori qarzdorlik darajasiga ega Amirsoy yon
bag‘rida joylashgan chang‘i ishlab chiqaruvchi firmaga moliyaviy tahlilchi sifatida ishga
olindingiz. Sizning firmangiz yagona tovar – yuqori sifatga ega chang‘i ishlab chiqaradi.
U shu paytgacha biznes va u duch kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy risklar haqida hech
qanday ma’lumotga ega emas. Chang‘i fasli tugagan bo‘lsada firma direktori boshqaruvning moliyaviy qismiga
e’tibor qaratishga ahd qildi. U moliyaviy rahbar bilan firma duch kelishi mumkin
bo‘lgan muammolarni muhokama qilish uchun keyingi hafta yig‘ilish belgiladi. Tabiiyki, moliyaviy rahbar sizdan direktor bilan muhokamada foydalanish uchun
tahlil tayyorlab berishingizni so‘radi. Ishingizdagi 1-qadam sifatida firma xarajat
tuzilmasidan quyidagi ma’lumotlarni oldingiz:
1-jadval Ishlab chiqarish darajasi 80000 birlik Aktivlarning o’rtacha qiymati $4000000 Aktivlar yillik aylanish soni 4 marta Aktivlar daromadliligi 70 % O’zgarmas xarajatlar $3200000 Foiz xarajatlari $600000 Soliq stavkasi 20 % Keyingi qadam sifatida, siz firmaning ishlab chiqarish birligiga bo‘lgan o‘z o‘zini
qoplash nuqtasini (break even point) topishingiz kerak. Sizning kuchli taraflaringizdan
biri tegishli hisobotlarni oldindan tayyorlashingizda. Siz moliyaviy rahbar ishingizni
baholashi uchun tayyorlagan hisobotlaringizni ko‘rishi kerak ekanini bilasiz.
Qo‘shimcha sifatida siz va moliyaviy rahbar sizdan direktor oldida quyidagi savollarga
javob berishingiz kutishini anglab turibsiz: a) o‘z-o‘zini qoplash nuqtasini (zararsizlik miqdori) aniqlang (3 ball). b) agarda savdo 30%ga oshsa, EBIT (soliq va foizlar to‘languncha daromad
(FSTD)) va sof foyda qay darajada ko‘tariladi? (2 ball)
c) a) va b) dagi savollarga javob beruvchi hisobot tayyorlang. (3 ball).