“MOLIYA” FANIDAN 2- ORALIQ NAZORAT UCHUN GURUHLARDA ISHLASH BO‘YICHA TOPSHIRIQ 3-GURUH YOSH MUHBIR (8 ball) Siz mahalliy gazetaga itqisodiy muxbir sifatida ishga olishdi va sizga pulning vaqt
bo‘yicha qiymatiga bag‘ishlangan bir qancha maqolalarni birlashtirib o‘quvchilar
uchun tezis tayyorlashni buyurishdi. Muharrir sizni o‘quvchiga pulning vaqt bo‘yicha
qiymatini tushuntirib berishdan tashqari ma’lum savollar bilan turli muammolarni
yechimini taklif etishingizni so‘radi.
Muharir sizga quyidagi fikrlarni bildirdi: “Pulning vaqt bo‘yicha qiymatiga
bag‘ishlangan bir qator holatlar maqolangizda aks etishini xohlayman. Shuningdek, bu
vazifani boshlashingizdan avval, men avvalo biz bir xil yondashuvga ega
ekanligimizga amin bo‘lmoqchiman, chunki aniqlik bizning gazetamizning asosiga
aylangan. Boshlashimizdan avval quyidagi savollarni bermoqchiman:
a) diskontlash va murakkab stavkani qo‘llashning farqi nima? (1 ball)
b) joriy qiymat va annuitetning joriy qiymati o‘rtasida qanday bog‘liqlik mavjud?
(1 ball)
c) 10 yilga 8 foizdan daromad oladigan $5000 investitsiya qanchaga o‘sadi? (1 ball) d) Agar 5000 $ 10 foizdan investitsiyalanganda $4001671 ga yetguniga qadar
qancha vaqt o‘tadi? (1 ball) e) 10 yilga $1000 investitsiya qilinsa, qanday stavkada 4046 dollarga yetadi? (1 ball) f) bankka 5 yilga 10 foizdan investitsiyalanib to‘lovlari har chorakda amalga
oshirilsa, omonatga har chorakda 1000$ dan qo‘yib borilsa, anuitetning kelgusi
qiymatini aniqlang. (1 ball) g) agar siz hozir $100000 qarz oldingiz va 25 yil davomida 25 ta yil oxiridagi
to‘lovlarni amalga oshirmoqchisiz va to‘lanmagan balansdan 10 foizdan to‘lab
bermoqchisiz. Ushbu holat uchun to‘lovlar grafigini tuzing”. (1 ball) Ushbu suhbatdagi savolalrga javob bergan holda, gazaeta uchun pulning vaqt
bo‘yicha qiymatiga bag‘ishlangan maqola yozing. (2 ball)