“moliya” fanidan 2- oraliq nazorat uchun guruhlarda ishlash bo‘yicha topshiriq 1-guruh bilimning bahosi (8 ball)


tomonidan tayyorlangan topshiriq yechimi HEMIS dasturi orqali .pdf fayli shaklida



Yüklə 478,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/13
tarix04.04.2023
ölçüsü478,86 Kb.
#93212
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Oraliq nazorat-2 (MT) (1)

tomonidan tayyorlangan topshiriq yechimi HEMIS dasturi orqali .pdf fayli shaklida 
yuqorida ta’kidlagandek nomlab yuborishingiz so‘raladi. Quyidagi axborot manbalari va 
adabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi: 
1. Malikov T. Moliya. O‘quv qo‘llanma. – T.: “Iqtisod-moliya”, 2018. -274 b.
2. Боди З., Мертон Р. Финансы. Учебник. Пер. с англ. — М.: “Вильямс”, 2007. 
3. Bodi Z., Merton R.S., Cleeton D.L. Textbook. Financial economics. New Jersey: 
“Pearson Education”, 2016. – 500 p.
4. Malikov T. Moliya: amaliy jihatlar. O‘quv qo‘llanma. – T.: “Nihol-print”, 2022. -
428 b.
5. Melicher R., Norton E. Introduction to Finance. - NY.: “John Wiley & Sons”, 2017. 
-654 p. 
6. Ilmiy jurnallardagi mavzuga oida ilmiy maqolalardan (“Moliya”, “Iqtisodiyot va 
ta’lim”, “Xalqaro moliya va hisob” (interfinance.uz), “Iqtisodiyot va innovatsion 
texnologiyalar” (iqtisodiyot.tsue.uz), journal.bfa.uz va boshqa ilmiy jurnallar. 


 “MOLIYA” FANIDAN 2- ORALIQ NAZORAT UCHUN 
GURUHLARDA ISHLASH BO‘YICHA TOPSHIRIQ 
5-GURUH 
MOLIYAVIY JURNALIST (8 ball) 
Siz mahalliy gazetaga moliyaviy muxbir sifatida ishga olishdi va sizga pulning 
vaqt bo‘yicha qiymatiga bag‘ishlangan bir qancha maqolalarni birlashtirib o‘quvchilar 
uchun tezis tayyorlashni buyurishdi. Muharrir sizni o‘quvchiga pulning vaqt bo‘yicha 
qiymatini tushuntirib berishdan tashqari ma’lum savollar bilan turli muammolarni 
yechimini taklif etishingizni so‘radi.
Muharir sizga quyidagi fikrlarni bildirdi: “Pulning vaqt bo‘yicha qiymatiga 
bag‘ishlangan bir qator holatlar maqolangizda aks etishini xohlayman. Shuningdek, bu 
vazifani boshlashingizdan avval, men avvalo biz bir xil yondashuvga ega 
ekanligimizga amin bo‘lmoqchiman, chunki aniqlik bizning gazetamizning asosiga 
aylangan. Boshlashimizdan avval quyidagi savollarni bermoqchiman:
a) faraz qilaylik, ijtimoiy ta’minot shartlariga muvofiq 3% miqdoridagi real 
daromadlilik stavkasi 35 yil davomida o‘zining 40000 dollar miqdoridagi bir yillik 
maoshining 8 foizini shu maqsadga yo‘naltiradigan fuqarolar uchun belgilangan. Agar 
pensiya to‘lovi 25 yil davomida amalga oshiriladigan bo‘lsa, u holda pensionerlarga har 
yillik to‘lovlar miqdori qancha bo‘lishi kerak?  (2 ball) 
b) 
joriy qiymat va annuitetning joriy qiymati o‘rtasida qanday bog‘liqlik 
mavjud? Diskontlash nima? (1 ball
c) yilda hisoblanadigan foiz stavkasi 12% bo‘lishi va foizlar har oy yozilishi sharti 
bilan qarz oldingiz. Amaldagi yillik foiz stavkasi qanday bo‘ladi? (1 ball) 
d) otangiz Sizga 52 mln.so‘m miqdorida meros qoldirdi. Siz shu pullarni yiliga 
17% evaziga investitsiya qilishingiz mumkin. Agar olingan merosdan har yili 5,25 
mln.so‘mdan sarflaydigan bo‘lsangiz, meros qoldirilgan pullar necha yilga yetadi? (1 
ball) 
e) quyidagi pul tushumlarining sof keltirilgan qiymatini hisoblab chiqing: Siz 
bugun 30000 dollar investitsiya qilasiz va bir yildan keyin 2000 dollar, ikki yildan keyin 
8000 dollar va joriy yildan boshlab 7 yil davomida har yili 10000 dollardan olib turasiz. 
Faraz qiling, foiz stavkasi yiliga 8%ni tashkil etadi. (1 ball) 
Ushbu suhbatdagi savolalrga javob bergan holda, gazaeta uchun pulning vaqt 
bo‘yicha qiymatiga bag‘ishlangan maqola yozing. (2 ball)

Yüklə 478,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin