Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va -fayllar.org
YAF = T – T Bu yerda: YAF– XYUS ning yalpi foydasi;
T – tovarlar, mahsulotlar, ishlar va xizmatlarni
realizasiya qilishdan olingan tuShum;
T – sotilgan tovarlar, mahsulotlar va xizmatlar-
ning tannarxi.
SOF = YAF - TX – BX Bu yerda: SOF – XYUS ning sotuvdan olgan foydasi;
YAF – XYUS ning yalpi foydasi;
TX – tijoriy xarajatlar;
BX – boshqaruv xarajatlari.
STF = SOF + BD – BX Bu yerda: STF– soliqqa tortilgunga qadar XYUS ning
foydasi;
SOF– XYUS ning sotuvdan olgan foydasi;
BD – boshqa daromadlar;
BX – boshqa xarajatlar.
SF = STF– FOS Bu yerda: SF – XYUSning sof foydasi;
STF– soliqqa tortilgunga qadar XYUSning
foydasi;
FOS – foydadan olingan soliq.
Foydadan soliqlar va boshqa majburiy tо‘lovlar tо‘langani-dan sо‘ng uning qolgan qismi XYUS tomonidan mustaqil ravishda taqsimlanadi va foydalaniladi. Foydaning bu qismi invyes-tision, ishlab chiqarish va ijtimoiy xarakterdagi yehtiyojlarga sarflanishi mumkin. Uni taqsimlash jarayonida, albatta, XYUS ning kapital qо‘yilmalarga bо‘lgan yehtiyoji hisobga olinmog’i lozim. Shuning uchun ham, bozor kon’Yunkturasini hisobga olgan holda foydadan ishlab chiqarishni rivojlantirish fondiga ajrat-malarning miqdori aniqlanadi va ular kapital qо‘yilmalar, ay-lanma mablag’larni kо‘paytirish, ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik ishlarini ta’minlash, yangi texnologiyalarni jo-riy yetish uchun foydalaniladi.
Foyda hisobidan ryezyerv fondi ham shakllantiriladi, chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida ishbilarmonlik risklarining darajasi keskin oshadi. Bu fond har yillik ajratmalar hisobi-dan tashkil qilinadi. Ajratmalarning о‘lchami yesa XYUSning ta’-sis hujjatlariga muvofiq belgilanadi.