M – Moliyaviy resurslar.
Asosiy kapitalning rivojlanishi va uning Moliyaviy jihat-dan ta’minlanishini boshqarishda asosiy ishlab chiqarish fondla-ridan foydalanishning samaradorligini baholash alohida ahamiyat kasb yetadiki, uning juda kо‘p aspyektlari mavjud.
Bu yerda, yeng avvalo, davlat, mulkdorlar, boshqaruvchilar va xo-dim (ishchi)lar manfaatlarini birgalikda qarash aspyekti juda muhimdir. Davlat manfaatlari, bir tomondan, XYUSlarning soliq tо‘lovlarini maksimallashtirish maqsadida balans foydaning mak-simallashtirilishini kо‘zda tutadi. Ikkinchi tomondan yesa, foy-dadan soliq tо‘lovlari foydaning kengaytirilgan ilmtalab takror ishlab chiqarishga qayta investisiya qilinishini hisobga olgan holda optimallashtirilmog’i lozim.
Juda kо‘p hollarda mulkdorlar va boshqaruvchilar manfaat-lari bir-biriga mos kyeladi. Mulkdorlar uchun ham, boshqaruvchilar uchun ham bir aksiyaga tо‘g’ri kyeluvchi foyda summasining о‘sishi orqali aksionyerlar daromadlarini maksimallashtirish maqsadini amalga oshirish alohida ahamiyat kasb yetadi.
Odatda, daromadlarni maksimallashtirish ishlab chiqarish-ning samaradorligini oshirish bо‘yicha tadbirlarni amalga oshi-rish hisobidan yerishiladi. U rentabellik va mehnat unumdorligi, fond qaytimining oshishi, xarajatlarning qisqarishi, aylanma mablag’lar aylanishining tyezlaShuvi, mahsulot sifatining oshishi, asosiy fondlarning yangilanishi, yangi texnologiyalar va boshqaruv myetodlaridan foydalanish bilan bog’liq.
Boshqaruv qarorlarida oqilona dividyend siyosatini shakllan-tirish muhim ahamiyatga yegaki, u sof foydani dividyendlar tо‘lash-ga va uni jamg’arishga yо‘naltirishga oqilona taqsimlanishini na-zarda tutadi.
XYUS xodim (ishchi)lari manfaatlari nuqtai nazaridan fa-qatgina Moliyaviy natija yemas, balki о‘zining tarkibiga mehnat haqi va uning о‘sishi, ijtimoiy dasturlar va mehnat sharoitlari-ni yaxshilashga qaratilgan XYUS harajatlari hisobidan vujudga kyeladigan Moliyaviy-iqtisodiy kо‘rsatkichlarning о‘sishini qamrab oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy samara ham muhimdir.
Asosiy kapitaldan samarali foydalanishni baholashda XYUS Moliya-xо‘jalik faoliyatining natijaliligini ochib beruvchi umu-miy Moliyaviy-iqtisodiy kо‘rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu yerda hal qiluvchi va aniqlovchi kо‘rsatkich sifatida ishlab chiqarishning umumiy rentabelligi kо‘rsatkichi maydonga chiqadi. U samaradorlikni baholashning mye’zoni bо‘lib xizmat qiladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi: