24-mavzu: Uy xo’jaligi Moliyasi va byudjeti.
Reja:
1. Bozor iqtisodiyotida uy xo’jaligi Moliyasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati.
2.Uy xo’jaligi byudjetining daromadlari va ularning tarkibi.
3.Uy xo’jaligini byudjetining xarajatlari.
Bozor iqtisodiyoti turli – tuman sub’yektlarning bozordagi talab ehtiyojni qondirishga qaratilgan faoliyatlarining majmuasidir. Bozor tizimi ko’p sub’yektli , ya’ni sub’yektlar ko’pchilik va ular iqtisodiyotda turlicha ishtirok etishadi. Hozirgi adabiyotda bozor iqtisodiyotining ishtirokchilari qatoriga uy xo’jaliklari , firmalar va davlat kiritiladi. Bu sub’yektlarning mulkiy maqomi, ishlab chiqarishda tutgan o’rni, yaratilgan mahsulot va xizmatlarni taqsimlab, istye’mol etishdagi ishtiroki turlicha bo’ladi.
Bu sub’yektlar orasida uy xo’jaligi, uni g’arb adabiyotida xonadon xo’jaligi dyeb Yuritishadi, alohida iqtisodiy maqomga ega. Ayrim uy xo’jaligi mikroiqtisodiy tizimning tizimning unsuri, Lekin jami uy xo’jaliklari makroiqtisodiy tuzilmani Yuzaga kyeltiradilar. Uy xo’jaligi iqtisodiy jihatdan qaralganda, uni istye’molchilarning birligi dyeb baholash kerak. Uy xo’jaligi oilaga tayansada, Lekin u bilan bir xil narsa emas. Oila qon – qarindoshlik munosabati, dyemak u noiqtisodiy xarakterdagi munosabatdir. Uy xo’jaligi istye’molining umumiyligi bilan ajralib turadi. Kishilarning xonadondagi istye’moli tuzumlar o’zgarishiga qaramay doimo saqlanib kyeladi.
Xonadon evolYusion rivojlanadi, uning tarkibi o’zgaradi, undagi qadriyatlar yangilanadi, u yerdagi urf – odatlar, uning funksiyalarida ham siljish Yuz beradi. Biroq baribir uy xo’jaligi ijtimoiy – iqtisodiy tizimlarda bog’lovchi istye’molni yakunlovchi vazifasini bajaravyeradi. Binobarin uy xo’jaligi o’tkinchi emas, u doimiy biroq evolYusion rivojlanish salohiyatiga ega.
Zamonaviy adabiyotda uy xo’jaligiga turlicha baho beriladi, bu esa uy xo’jaligi rivojining g’arb dunyosiga to’plagan tarixiy tajribasidan kelib chiqadi, Shu sababli uy xo’jaligining sharqona belgilari qarab chiqilmaydi. Bozor iqtisodining g’arbiy modyellarida individual tanlov, individual hatti – harakat va yakka egoizm birinchi o’ringa qo’yiladi. Ammo makroiqtisodiy jarayonlarda ayrim individ emas, balki uy xo’jaligi qatnashadi. Shu jihatdan individual funksiya uy xo’jaligi funksiyasiga aylanadi. Individual tanlov o’rniga uy xo’jaligi tanlovi kyelar ekan, individualizm iqtisodiy qadriyat degan qoidaga ehtiyotkorlik bilan qarashga to’g’ri kyeladi. Individual tanlov uy xo’jaligi orqali Yuz berar ekan, istye’mol ko’p hollarda uy xo’jaligi doirasida kyechadi, uni xonadon ahli birgalikda qiladi.
Iqtisodiy tizim qanday shaklda bo’lmasin, qaysi yo’sinda o’zgarmasin, baribir u birgalikdagi istye’molni yo’qqa chiqara olmaydi. Shu bois har qanday iqtisodiy tizimda uni shakllantiruvchi sub’yekt sifatida uy xo’jaligi Yuzaga chiqaravyeradi. Hozirgi bozor iqtisodida uy xo’jaligi funksiyalarini ko’chayishini hisobga olib, milliy hisob – kitoblarda uy xo’jaligining tahliliga e’tibor kuchaytirildi, uning faoliyatiga oid ko’rsatkichlar ishlab chiqildi. BMT qabul qilgan milliy hisob – kitoblar standartida boshqa ko’rsatkichlar bilan bir qatorda uy xo’jaligi tarkibiga ham xarakteristika beriladi.
Uy xo’jaligiga tafsil berilganda, u uy – joy sharoiti va umumiy, bir qator tovarlar va xizmatlarni birgalikda istye’mol etish maqsadida o’zining pul daromadi va moddiy mablag’larini birlashtirgan kishilar guruhi tuShuniladi. Uy xo’jaligining eng asosiy belgisi resurslar va istye’molning umumiyligidir. Uy xo’jaligining asosiy belgisi birgalikdagi istye’mol bo’lsada, u yerda mayda individual yoki oilaviy ishlab chiqarish, chunonchi kichik firma, oilaviy xo’jalik, kichik do’konlar, oshxonalar, ustaxonalar, yakka mehnat faoliyati ham Yuz beradi. Ammo bular uy xo’jaligiga kiritilishi uchun ularning resurslari oila resurslari bilan bir bo’lishi, ya’ni ularning byudjetlari umumiy bo’lishi talab qilinadi.Odatda birlashgan resurslar mayda ishlab chiqarishni o’sishiga va farovonlikni oshirishga qaratiladi. Biroq oilaviy biznyes tadbirkorlik turi bo’lib, xonadon funksiyasi hisoblanmaydi.
Uy xo’jaligi ahli YAIM ni yaratishda o’z resursi bilan qatnashadi. Uning roli yalpi mahsulotni ishlatilishiga qarab aniqlanganda yaqqol ko’zga tashlanadi. Pirovard istye’mol etilgan tovarlar va xizmatlarning asosiy qismi uy xo’jaligi hissasini tashkil etadi. Bozor iqtisodi rivojlangan sari uy xo’jaligining jamiyat istye’molidagi roli ortib boradi. Hozirgi dunyoda YAIM ning 2/3 qismi uy xo’jaligi istye’moliga kelib tushadi.
Uy xo’jaligi jamg’arish jarayonida ham ishtirok etadi. Bozor iqtisodida milliy boylikni jamg’arish xususiy mulkni jamlanishini bildiradi. Jamg’arish uchun esa uy xo’jaligi daromadi joriy istye’moldan ortib qolishi talab qilinadi. Uy xo’jaligi ihtiyorida jamlangan milliy boylik iqtisod uchun muhim resurs hisoblanadiki, bu ham moddiy, ham nomoddiy ishlab chiqarishga xizmat qiladi. Uy xo’jaligi mehnat resursi sohibi hisoblanadi, uning ihtiyorida ish kuchidan tashqari tadbirkorlik qobiliyati ham mavjud. Mehnat resurslari uy xo’jaligidan chiqib, mehnat bozoriga kyeladi, Shu yerdan moddiy va nomoddiy ishlab chiqarishga boradi, ular band bo’lishidan yangidan daromad hosil etiladi, bular esa Moliya resurslarini hosil etadi. ( chizma )
Бирламчи бандлик
Молия ресурслари
даромад
Ишлаб чиқариш
Меҳнат бозори
Мехнат ресурси
хонадон
Иккиламчи бандлик
Uy xo’jaligining mehnat faoliyatidan topgan daromadi faqat ishlovchilar soniga emas, balki ular mehnatining unumdorligiga ham bog’liq bo’ladi. Uy xo’jaligi bozorga mehnat resurslarini yetkazib berar ekan, uning harajatlari Shu resurslarni takroran yaratilib turishiga qaratiladi.
Uy xo’jaligi bozorga mehnat resurslarni chiqarar ekan, undan buning ko’rgan daromadi, uning qancha qismini qanday narx Bilan sotilishiga qarab shakllanadi. Uy xo’jaligi bozorga ish kuchidan boshqa resurslarini ham takdim etadi. Bularga kapital sifatida ishlatilishi mumkin bo’lgan moddiy va Moliyaviy resurslar, chunonchi yer, turli bino va inshootlar, transport vositalari, pul mablag’lari, aksiya, obligasiya, syertifikatlar kiradi. Ammo uy xo’jaligiga qarashli resurslar daromad kyeltirishi uchun ular kapital sifatida oborotga kirishi talab qilinadi. Bu o’z navbatida ko’chmas mulk bozori, pul bozori va fond bozorining ishiga bog’liq bo’ladi. O’zbekistonda bunday bozorlar shakllanib ulgurmaganligidan aholi mulki kapital hosil etishda sust qatnashadi, binobarin arzigulik daromad ham kyeltirmaydi. Uy xo’jaligi ihtiyoridagi ko’chmas mulk va uzoq foydalaniladigan tovarlarning haqiqiy bozor qiymati aniq emas, Shu bois ularni garovga qo’yish yoki ustav kapitaliga hissa sifatida kiritish qiyinlashadi. Bu o’z navbatida biznyes rivojiga salbiy ta’sir etadi.
Uy xo’jaligida daromadlar jamlanib, pul resurslari hosil etadiki, bular eng Yuksak likvidlikka ega bo’lganligidan tyez harakat qiladi. Buni O’zbekistonda ham kuzatish mumkin. Kyeyingi paytda bo’sh pullarni joylashtirib daromad olish imkoniyatlarini kengayishi xonadon mablag’larini pul bozoriga chiqishini tyezlashtiradi, natijada aholining banklardagi omonat summasi tyez o’sdi. Pul resurslari harakatga kelib, bu ham pul egalariga, ham banklarga nafli bo’ldi. Iqtisodiyotda Shunday qoida borki, iqtisodiyot Yuksalgan sari uy xo’jaligi ihtiyoridagi pul resurslari ko’payadi va bular investisiyaning asosiy manbasiga aylanadi. Bunday xodisani rivojlangan mamlakatlarda aniq kuzatish mumkin.
Uy xo’jaligi ihtiyorida mulk ham bor. Uning mol – mulki birinchidan birgalikda va individual ishlatiladigan mol – mulkdan iborat bo’ladi, ular asosan istye’mol buYumlari hisoblanadi. Uy xo’jaligi mol – mulkining hajmi va tarkibi jiddiy tavofutlanadi. Uy xo’jaligining tabaqalaShuvi jarayonida turli guruxlarga, chunonchi yollanib ishlovchilar, tadbirkorlar, individual mehnat qiluvchilar, transfyertlar ( pyensiya, nafaqa, stipyendiya va xayriya puli ) ga yashovchilarga, nihoyat mulkda daromad ( foiz, dividyend) topuvchilarga ajraladi. Bunday guruxlaShuv, albatta iqtisodi rivojlangan mamlakatlarga xos bo’ladi. O’tish davridagi mamlakatlarda aytilgan farqlar chuqur bo’lmaydi, ayrim guruxlar, masalan mulkdan daromad oluvchilar mutloq ozchilik bo’ladi. Rivojlangan mamlakatlarda esa pul jamg’arish kuchli bo’lganidan aytilgan toifadagi xonadonlarning salmog’i ancha Yuqori bo’ladi.
Uy xo’jaligi iqtisodiy munosabatlarda birinchidan o’z istye’moli bilan; ikkinchidan o’z resurslari bilan ishtirok etadi. Ammo uy xo’jaligi bozor iqtisodiyotining Shunchaki bir ishtirokchisi emas, balki iqtisodning bosh sub’yektidir. Uy xo’jaligining boshqa sub’yektlardan farqi uning ko’pchilik bo’lishi yoki asosiy istye’molchi bo’lishi bilan cheklanmaydi, balki uning tarkibini g’oyat xilma-xil bo’lishi bilan ham tavsiflanadi. Binobarin uy xo’jaligi jiddiy tabaqalashgan sub’yekt hisoblanadi. Uni guruxlashtirganda 3 ta mezon asos qilib olinadi.
Birinchi mezon – ijtimoiy – dyemografik mezon. Bunga binoan uy xo’jaligi o’zining ichki tarkibi bilan farqlanadi Shu jixatdan olganda, uy xo’jaligi 4 guruxga ajraladi: a) bir oilali xonadon; b) ko’p oilali xonadon; v) so’qqaboshlar yoki oilasizlar xonadoni; g) qon – qarindoshlikka aloqasi yo’q byegona istye’molchilar ham mavjud bo’lgan xonadon
Uy xo’jaligini tabaqalashtirishdagi ikkinchi mezon – bu ijtimoiy mezon bo’lib, xonadonlarni qaysi toifaga mansubligiga qarab bir – biridan farqlantiriladi. Shu mezonga tayanib ishchi, xizmatchi, dyehqon, tadbirkor va nafaqaxo’rlar xonadonlarini bir-biridan ajratish mumkin. Bunday guruxlash asosida kishilarning mulkiy maqomi, kasb-kori, qanday mehnat bilan Shug’ullanishi yotadi
Uchinchi mezon sifatida daromadlar miqdorini ko’rsatish mumkin. Bunga ko’ra o’ta boy, boy, o’rta hol, kambag’al va o’ta kambag’al xonadonlar ajratiladi.
Uy xo’jaligi io’tisodiyot real syektorida ishtirok etar ekan, bu uni Shubhasiz Moliya syektoriga ham olib kiradi. Natijada uy xo’jaligi Moliya munosabatlarining ham ishtirokchisiga aylanadi. Moliya syektorida u birinchidan. firmalar bilan aloqa o’rnatsa, ikkinchidan, davlat bilan munosabatga kirishadi. Uy xo’jaligining Moliyaviy aloqalari quyidagi sub’yektlar bilan bo’ladi:
Davlat bilan. Bunda ular davlatga soliq to’laydi, undan transfyertlar oladi.
Ishlab chiqaruvchi firmalar Bilan. Bunda ularga bozor orqali resurslar yetkazib beriladi va buning evaziga daromad olinadi.
Moliya institutlari Bilan. Bunda xonadonlar o’z Moliya aktivlarini ularga joylashtirib saqlaydi va daromad oladi
Uy xo’jaligi Moliya aloqalariga kirishganda, u o’z Moliya resurslarini hosil etish bo’yicha pul munosabatlarida ishtirok etadi. Uy xo’jaligi Moliyasida ham daromad va xarajatlar bo’ladi, biroq daromad topish birlamchi bo’ladi, chunki uy xo’jaligi topganidan ortiqcha istye’mol eta olmaydi. Moliyada daromadlarning turli shakllari mujassam etiladi.
Moliya munosabatlari ishtirokchilari orasida davlat alohida Moliyaviy maqomga ega. Shu bois uy xo’jaligining davlat bilan aloqalari boshqacharoq bo’ladi.Uy xo’jaligi bilan davlatning Moliyaviy munosabatlari ularning iqtisodiyotning ikki sub’yekti sifatidagi o’zaro aloqalarini ifoda etadi. Uy xo’jaligi iqtisodiyotning asosiy sub’yekti, chunki birinchidan u ko’pchilik, ikkinchidan xonadon ahli iqtisodiyotning barcha jabhalarida ishtirok etadi, uchinchidan, uy xo’jaligining iqtisodiy sayi-harakatlarini uning xususiy manfaati Yuzaga kyeltiradi. Aytilganlardan farqliroq davlat ko’pchilik emas, balki tanho sub’yekt, uning manfaati xususiy emas, balki ijtimoiy, aniqrog’i umummilliy xarakterga ega. Agar uy xo’jaligining asosiy funksiyasi istye’mol bo’lsa, davlatniki ijtimoiy nye’matlarni takroran yaratib, undan butun jamiyatni bahramand etishdir. Har ikala sub’yektning iqtisodiyotdagi o’ziga xos maqomi ular o’rtasidagi Moliyaviy aloqalarda namoyon bo’ladi. Iqtisodiyotning real syektorida uy xo’jaligi davlatga resurslar yetkazib beruvchi bo’lsa, davlat uy xo’jaligiga ijtimoiy nye’matlarni taqdim etadi.Resurslarni davlat bozor narxlariga binoan sotib oladi, ulardan foydalanib, ijtimoiy nye’matlarni yaratadi, uni taqsimlaydi va uy xo’jaligiga byepul beradi.
Dyemak, resurs harakati bozor qoidalariga binoan Yuz bersa, ijtimoiy nye’matlar bozorni chyetlab taqsimlanadi. Agar uy xo’jaligi resurslarini bozor narxi shakllansa, davlat ijtimoiy nye’matlarini bozor narxi bo’lmaydi. Shu sababli resurslar va ijtimoiy nye’matlarni ayriboshlashda bozor narxiga asoslangan ekvivalyentlik bo’lmaydi. Bu aloqalarni quyidagicha ifodalash mumkin. (chizma)
-chizma
Ресурслар бозори
daromad xarajat
Давлат
Уй хўжалиги
xarajat-daromad
Солиқлар
xarajat daromad
a
CHizmaga qarasak, uy xo’jaligi va davlatning pul munosabatlari birinchidan, resurslar oldi-sotdisi orqali, ikkinchidan, soliqlar vositasida, uchinchidan, davlat transfyertlari shaklida Yuz beradi.
Davlatni aholiga ko’rsatgan ijtimoiy nye’matlarni yaratish va yetkazib berish sarfi ( W ) uy xo’jaligaga berilgan transfyertlar (T), soliqlar ( S ) summasidan oz yoki ko’p bo’lishi mumkin. Bunda W+T>S Yuzaga kyeladi. Bunday tyengsizlik aniq bir mamlakatning Moliyaviy xolati va davlatning ijtimoiy siyosatiga bog’liq bo’ladi. Iqtisodiyoti rivojlangan va uy xo’jaligi daromadlari Yuqori joyda bir qator ijtimoiy xizmatlarni sotib olish imkoniyati bo’lganidan byepul xizmatlar kam bo’ladi, binobarin, ularni Moliyalashtirishdagi byudjet sarfi hissasi ham oz bo’ladi. Aksincha, iqtisodiyoti rivojlanib ulgurmagan mamlakatlarda kam daromadli xonadonlar ko’pchilik bo’lganidan ular ijtimoiy xizmatlarni sotib ola bilmaydilar. Shunday sharoitda xonadonlarni Shu nye’matlar Bilan hyech bo’lmaganda minimal darajada ta’minlash zarurati paydo bo’ladi va bunga byudjetning ijtimoiy xarajatlarini oshirish orqali erishiladi. O’zbekistondagi kuchli ijtimoiy siyosat ham Shundan kelib chiqadi. Bu yerda uy xo’jaliklari to’lagan soliqlar birinchidan, aholini ijtimoiy himoyalashga, ikkinchidan, davlat Moliyalashtiradigan ijtimoiy xizmatlarni ko’paytirishga Yuboriladi.
Uy xo’jaligi iqtisodiy sub’yektlar sifatida o’z faoliyatini Moliyalashtirib boradi, chunki unga zarur bo’lgan tovar va xizmatlarni tekinga berishmaydi, ularni xarid etish uchun pul talab qilinadi. Shuningdyek, uy xo’jaligi ham riska yo’liqadi, uni kamaytirish uchun pul zaxiralarini hosil etadiki, bu jamg’arma shakliga ega. Uy xo’jaligi faoliyatini Yurgizib turish uchun maxsus pul fondlari zarurki, bular Moliya resurslarini hosil etadi. O’zbekistonda uy xo’jaliklari majburiy va ko’ngilli to’lovlar fondi, istye’mol fondi va jamg’arma fondlariga ega. Xonadonga kyelgan pul tuShumlari mana Shu fondlar tarzida Moliyalashtirishga xizmat qiladi. Uy xo’jaligi Moliya aloqalariga kirishganda, u o’z Moliya resurslarini hosil etish bo’yicha pul munosabatlarida ishtirok etadi. Bu munosabatning ob’yekti Moliya resurslari yoki maqsadli pul fondlaridir. Bu fondlarni shakllanishi turli xonadonlarda har xil kyechadi, chunki ularni daromad manbalari farqlanadi. Biroq farqlanishidan qat’iy nazar, hamma xonadonlar Moliyasi uchun daromad asosiy bo’g’in, chunki bu Moliya munosabatlarini aks ettiruvchi bosh kategoriyadir.
Uy xo’jaligi Moliyasida ham daromad va harajatlar bo’ladi, biroq daromad topish birlamchi bo’ladi, chunki uy xo’jaligi topganidan ortiqcha istye’mol eta olmaydi. Moliyada Shubhasiz daromadlarning turli shakllari mujassam etiladi. Bular jumlasiga: ish haqi, tadbirkorlik daromadi, mulkiy tuShumlar va tomorqa daromadi kiritiladi. Bu daromadalr xonadon ahli bozorga taklif etgan resurslar narxining ekvivalyenti hisoblanadi. Ko’pchilik xonadonlar yollanib ishlovchilardan va ishlamaydiganlardan iborat. YOllanib ishlovchilar firmalarda yoki davlat idoralarida mehnat qilishadi, uning evaziga ish haqi va turli mukofotlar shaklidagi daromadga erishadilar. Uy xo’jaligidagilar o’zini o’zi ish Bilan ta’minlaganda, ishga yollanish Yuz bermaydi. Bunda ishlovchi o’z topganini o’zi olib xonadon byudjetiga qo’shadi. O’zbekistonda bu yakka tartibda ishlashdan kyelgan daromad, bunda birinchisi mehnat daromadi, ikkinchisi ishbilarmonlik kyeltirgan individual foyda mavjud.
Xonadondagi ishlovchilar biznyes bilan mashg’ul bo’lganda, tadbirkorlik daromadini oladilar. Bu foydani tadbirkorlikka tekkan qismidir. Tadbirkor o’z pulini ishlatganda, qo’lga tushgan foydaning hammasiga ega bo’ladi. U qarzga olingan pulni ishlatganda, olingan foyda ikkiga ajraladi. Birinchisi, pul kapitalining egasi oladigan foiz, ikkinchisi tadbirkorlik qobiliyati uchun tyegadigan foyda bo’ladi. Foiz aslida mulkiy daromad. Puldor xonadonlarda mulkiy daromad uning yalpi daromadida salmoqli o’rin tutadi. Biroq Shuni aytish joizki, mulkdan kyelgan daromad foiz bilan cheklanmaydi, balki turli Yutuqlardan va ko’chmas mulkni ijaraga berishdan kyelgan tuShumni o’z ichiga oladi. Uning miqdori xonadon mulkining katta kichikligiga, Shu mulkni ijaraga olish talabiga to’g’ri mutanosiblikda bo’ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik daromadi alohida o’rin tutadi. Uning uy xo’jaligi yalpi daromadidagi salmog’i tadbirkorlarning soniga, ulardan har birining topadigan daromadining miqdoriga bog’liq bo’ladi. Bozor iqtisodi shakllanayotgan yerda tadbirkorlik daromadi o’sishga moyil bo’ladi, chunki tadbirkorlik maydoni kengayib, bunga aholining yangi toifalari tortiladi.
Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlanishi u bilan Shug’ullanuvchi xonadonlar sonini ko’paytirib, uning xonadon Moliya resursini shakllantirishdagi rolini kuchaytirdi. Tadbirkorlar toifasi o’tish davrida maxsus ijtimoiy guruh sifatida ishchi, dyehqon va xizmatchilar safidan ajralib chiqib, mustaqil kuchni tashkil etadi. O’zbekistonda bu ijtimoiy guruh dastlabki kapital jamg’arish mahsulidir. Tadbirkorlikni rivojlanishi undan kyelgan daromadni uy xo’jaligi Moliyasining muhim manbasiga aylantirdi. Shu sababli tadbirkorlik daromadini O’zbekiston aholisi yalpi daromadidagi hissasini ortib borishi yaqqol ko’zga tashlanadi. Biroq xonadonlardagi pul toparlarning ko’pchiligi yollanib ishlovchilar qatoriga kiradi. Ular bozorga o’z mehnatini taklif qilishadi, Shu mehnatning puldagi ekvivalyentini ish haqi sifatida oladi. O’tish davrida yangi daromad turlari kengayib borganidan ish haqining xonadon Moliya resurslarini shakllantirishdagi hissasi qisqarishi kuzatiladi, chunki ilgari ish haqi olganlar endilikda boshqa daromad sohibiga aylanadilar.
O’zbekistonda mehnat daromadi hissasini uy xo’jaligi byudjetida pasayib kyetishini faqat yangi daromad turlarini paydo bo’lishi bilan izohlab bo’lmaydi, chunki buning sababi kengroq. Gap Shundaki, ish haqining o’zi katta emas.
Uy xo’jaligi Moliya resurslarining YAngi manbalaridan biri- bu mulkdan kyelgan daromaddir, Lekin uning ahamiyatini mulkning miqdori va uni samarali ishlatilishi belgilaydi. Mulkiy daromad mulkka egalik qilish bilan mulkni amalda ishlatish ajralgan chog’da Yuzaga kyeladi, ya’ni buning uchun ijara munosabatlari paydo bo’lishi kerak. Mulk ijaraga olinganda, undan olingan daromad ikkiga ajraladi. Bir qismi mulkni ishlatuvchi daromadi bo’lsa, ikkinchisi mulk egasining daromadi bo’ladi. Mulk pul topish vositasiga aylanganda, u uy xo’jaligi byudjetiga daromad kyeltiradi. Xonadonlarning ko’chmas mulkdan olgan daromadi undan kyelgan ijara haqi bo’ladi. Ijara haqi hisobidan o’z byudjetini to’ldirish ko’pincha pyensionyerlar xonadoniga xos bo’lib qolmoqda. G’ayri qonuniy yo’l Bilan ijara puli olish ham mavjud. YEr O’zbekistonda davlat mulki hisoblanadi, uni faqat davlat ijaraga berishi mumkin, chunki ijaraga berish mulkdorning funksiyasidir. Lekin amaliyotda yerni xususiy yo’l bilan ijaraga berish ham mavjud. Qishloqdagi fyermyerlar xonadoni o’ziga berkitilgan yerni o’zlari ishlamay,uni muxtoj dyexqonlarga ijaraga berishadi. Ijara puli fyermyer uchun yashirin Moliya resursini hosil etadi. Uning xarajati faqat yagona yer solig’idan iborat, ijara puli Bilan yagona yer solig’i o’rtasidagi farq fyermyer xonadoni uchun sof daromad beradi. YErni ijaraga berib, daromad olish, kam uchrasada, xamon mavjud.
Uy xo’jaligiga kyeladigan mulkiy tuShum zayom va lotaryeya Yutuqlaridan, dividyend va eng muhimi bank foizlaridan iborat. O’zbekistonda qimmatli qog’ozlar bozori yaxshi rivojlanmaganidan ulardan kyelgan daromad xonadon byudjetida dyeyarli syezilmaydi.
O’tish davridagi uy xo’jaligi Moliyasining xususiyati Shundaki, bunda yangi daromadlar bilan eski daromad shakli yonma-yon turadi. O’zbekistondagi o’tmishdan qolgan daromad manbai – bu xonadon tomorqasidir. Lekin uning salohiyati o’sadi, chunki birinchidan, davlat uni qo’llab-quvvatlaydi, ikkinchidan, u erkin bozor qoidalariga binoan rivojlanadi. Davlat tomorqadagi faoliyatga to’la erkinlik berish bilan birga unga berkitilgan yer maydonini ko’paytirdi. Tomorqada mahsulot yetishtirishni ko’payishi tufayli u qator oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarishda yetakchi o’rin egalladi. Natijada tomorqaning uy xo’jaligi yalpi daromadini yaratishdagi o’rni barqaror va Yuqori salmoqli bo’lib qolmoqda.
Bozor munosabatlari kengayib va chuqurlashib borgan sharoitda transfyert to’lovlarining uy xo’jaligi uchun axamiyati pasayadi, chunki ishlab pul topish imkoniyatlari yaratilgach, boqimandalik kayfiyati chekinadi. Bularning natijasida transfyertlarning uy xo’jaligi daromadidagi salmog’i pasayishga moyil bo’ladi. Xonadonning tarkibiga qarab, uning Moliya resurslarini hosil etishda transfyertlar turlicha o’rin tutadi. O’zbekiston aholisi yosh bo’lganidan uning tarkibidagi pyensionyerlar faqat 8% tashkil etadi. Pyensionyerlar bolalari xonadonida yoki o’z xonadonida yashaydilar.
Transfyertlarning miqdori pyensionyerlar soniga va o’rtacha pyensiya miqdoriga bog’liq bo’ladi. Uy xo’jaligi tuShumliridagi transfyertlarning o’rni aholi tarkibida stipyendiya olib o’quvchi yoshlar soni, stipyendiyaning o’rtacha miqdoriga bog’liq. Joriy transfyertlar pyensiya, stipyendiya va nafaqa shaklidagi daromadni hosil etadilar. Ularning uy xo’jaligi Moliyasidagi hissasi umuman kamayishga moyil bo’lmoqda. Daromad manbalari qanchalik farqlanmasin, baribir uy xo’jaligi daromadining iqtisodiy salohiyatga bog’liqligi qoida sifatida saqlanib qoladi. Daromad o’sgan holda, uning manbalarini roli o’zgarib turadi. Kyeyingi paytda Shu jabhada kuzatilgan o’zgarishlarni jadval ma’lumotlari ham tasdiqlaydi.
Daromadlarga resurs mabai sifatida tarkiban yangilash xosdir. Ular tarkibida tadbirkorlik, individual mehnat va tomorqadan kyelgan daromadlar hissasi Yuqori bo’lgani holda ish haqi, transfyertlar va mulkiy daromadlar hissasi pastdir, ular salmog’ini oshirish muammosi mavjud.
Uy xo’jaligining harajatlari ob’yektiv tarzda uning byudjeti chyegarasida kyechadi. Uning miqyosi xonadonning Moliya tizimi oldidagi majburiyatlariga bevosita bog’liq bo’ladi. Bu majburiyatlar qanchalik ko’p bo’lsa, daromadlar o’zgarmagan taqdirda byudjet chyegarasi Shunchalik qisqaradi. Moliyaviy to’lovlar va byudjet chyegarasi o’rtasida tyeskari mutanosiblik amal qiladi. Moliyaviy to’lovlar uy xo’jaligining istye’mol xarajatlaridan oldingi xarajatlari bo’lib, bular birinchidan majburiy to’lovlardan, ikkinchidan ixtiyoriy to’lovlardan iborat bo’ladi. Majburiy to’lovlar soliqlar va qarz foizidan iborat bo’lib, bular xonadonning davlat oldidagi va banklar oldidagi Moliyaviy majburiyati, majburiy sug’urtalash to’lovlari hisoblanadi. Uy xo’jaligining majburiy to’lovlari bo’lgan soliqlar fiskal xarakterga ega. Byudjet oldtdagi soliq majburiyatlari uy xo’jaligining ijtimoiy nye’matlar istye’molchisi bo’lishidan kelib chiqadi. Ijtimoiy nye’matlarni yaratishni va istye’molga yetkazib berishni davlat Moliyalashtiradi, uning bu boradagi sarfi soliqlar hisobidan qoplanishi shart. Bu nye’matlar ijtimoiy xizmatlar sifatida davlat tomonidan xonadonga byepul ko’rsatiladi. Binobarin ularni raqobat asosida shakllanadigan bozor qiymati yo’q. Shunday ijtimoiy nye’matlar ham borki, ularni uy xo’jaligi o’z puliga sotib oladi. Bular xususiy tarzda o’qitish, bolalarni tarbiyalash xizmatlari, tibbiyot va qo’riqlash, Shuningdyek xuquqiy.xizmatlar bo’lib, ularni bozor qiymati bor. Bular puli bo’lgani
uchun ham ijtimoiy nye’matlar sirasiga kirmaydi. O’zbekistonda aholi Moliya resurslari cheklangan bulgani sababli pulli xizmatlar hissasi katta emas.
Ijtimoiy nye’matlar ( ta’lim, tarbiya, tibbiyot, mudofaa, huquq tartibotni ta’minlash, tibbiyot va ekologiyani asrab-avaylash, obodonchilikni ta’minlash xizmatlari ) dan uy xo’jaligi foydalanar ekan, buning uchun u soliq to’lashi shart. Odatda uy xo’jaliklari soliq to’lovchilar dyeb hisoblanmaydi. Bundaylar Yuridik va jismoniy shaxslar bo’ladi. Mana Shu jismoniy shaxslar u yoki bu xonadon nomidan soliqlar to’laydi. Bu soliqlar jumlasiga daromad, yer, mol-mulk, transport yoqilg’isi kabilarni kiritish mumkin. Bular to’g’ri soliqlar, biroq egri soliqlar ham borki, ular ham xonadondagi istye’molchilar yelkasiga tushadi.
Uy xo’jaligining ihtiyoriy to’lovlari turli badallar, xomiylik pullari, nodavlat tashkilotlari Moliyasiga qo’shgan hissalaridan iborat. Albatta, majburiy va ihtiyoriy to’lovlar summasi o’zgarib turadi. Bu soliq stavkalari, soliq imtiyozlari, xonadon ahlining ijtimoiy faoliyati miqyosiga bog’liq bo’ladi. O’zbekiston uy xo’jaliklari Moliyaviy to’lovlarining asosiysi soliqlardir. Xonadon to’lovlari uning daromadi singari aholi turli ijtimoiy guruhlari bo’yicha farqlanib turadi. Bu farqlar uy xo’jaligining daromadi u to’laydigan soliqlarni turlicha bo’lishidan kelib chiqadi. To’lovlardagi ijtimoiy tafovutlar xonadonning maqomi bilan ham bog’liq.
Bozor tizimidagi uy xo’jaligi istye’moli uning byudjeti Bilan chyegaralanadi, chunki tovarlar defisiti yo’qligidan, istye’mol faqat xarid qobiliyatiga bog’liq bo’ladi. Xarid qobiliyati muayyan paytda ma’lum miqdordagi va sifati turlicha tovarlar va xizmatlarni sotib ola bilishdir.Bu xonadonga kyelgan pul tuShumlariga va undan chyegirmalarga bog’liq bo’ladi. Moliya munosabatlariga xos belgi uy xo’jaligi byudjetini har doim cheklangan bo’lishidir. Byudjet chyegarasi uy xo’jaligi uchun ob’yektiv, chunki u o’z bilganicha pul tuShumini oshira olmaydi, bu unga bog’liq emas, aksincha uni iqtisodiy vaziyat belgilaydi. Uy xo’jaligi qanchalik xarakat qilmasin, ish o’rinlari yetishmasa yoki yerdagi mehnat unumdorligi past bo’lsa yoxud davlatning xonadonlarga ijtimoiy transfyertlar berish imkoni cheklangan bo’lsa, baribir u o’z pul daromadini oshira olmaydi, aksincha u o’z jamg’armasidagi pulni istye’molga sarflaydi.
Byudjet chyegarasi uy xo’jaligi istye’mol xarajatlarini belgilovchi asosiy omil bo’lib qolavyeradi. Extiyojlarni cheksizligi va resurslarni cheklanganligi o’rtasidagi umumiqtisodiy ziddiyat xonadon faoliyatida ham namoyon bo’ladi, bu xonadon ehtiyoji Bilan uning byudjet chyegarasini mos kyelmasligida ifoda etiladi. Uy xo’jaligi ehtiyojini o’sishi uning byudjetidagi pulni yetishmasligiga duch kyeladi. Byudjet chyegarasi doirasida xarid fondini turli tovarlarni sotib olish uchun ajratilishi Yuz beradi. Ammo baribir istye’mol harajatlari cheklanganligi qolavyeradi. Xarid etish mumkin bo’lgan tovarlar istye’mol resursi bo’lsa, u albatta cheksiz ehtiyojlarga nisbatan kam bo’lavyeradi. Istye’mol xaridini faqat pul miqdori emas, balki tovarlar narxi ham chyegaralab turadi. Shunga ko’ra uy xo’jaligi o’z sarfini Rejalashtiradi.
Byudjet chyegarasi bir yerda turib qolmaydi, u turli omillar ta’sirida siljib turadi. Bu daromad miqdori va narx-navoning o’zgarish shiddatiga bog’liq bo’ladi. Byudjet chyegarasidagi siljishlar turli xolat bilan tavsiflanadi:
Narxlar daromadga nisbatan tyez o’sganda, byudjet chyegarasi torayadi.
narxlarga nisbatan daromad tyez o’sganda, byudjet chyegarasi kengayadi.
Narxlar va daromad bir xil uzgarganda, byudjet chyegarasida siljish Yuz bermaydi.
Uy xo’jaligining asosiy funksiyasi istye’mol bo’lsada, u jamg’arishda ham ishtirok etadi. Jamg’armani o’z hissasi bor.Bu hissaning oz yoki ko’p bo’lishi jamg’armaning naqadar syerdaromad bo’lishiga bog’liq. CHunki daromad ko’p yerda uni joriy sarflardan ortib qolishi Yuz beradi. Daromad kam yerda u joriy sarflarga tyenglashadi yoki unga yetmay qolib, kamomad qarz hisobidan qoplanadi.
Jamg’arish ishlab chiqarish hosilasi, Lekin Ayni paytda u investisiya ishlab chiqarishga faol ta’sir etadi. Manna Shunday hislat uy xo’jaligiga ham xosdir. Jamg’arish imkoni xonadon daromadiga to’g’ri mutanosiblikda bo’lganidan, uning O’zbekistonda cheklanishi mamlakatning iqtisodiy darajasidan kelib chiqadi. Daromadlarni yetishmasligi jamg’armani cheklaydi, biroq unga moyillik har doim bo’lib kyelgan.
Buni quyidagilar Yuzaga kyeltiradi:
Boylikni ertangi kunni o’ylab, har ehtimolga qarshi jamg’arish insonga xos xislat bo’ladi.
Qimmatbaxo tovarlar xaridiga pul yetishmay qolganda, talab kyechiktiriladi, pul bunga yetarli bo’lguncha, to’planib boriladi.
Turli marosimlar o’tkazish uchun pul jamg’ariladi.
Daromad joriy sarflardan ortib qolganda, u puldan pul chiqarish maqsadida jamg’ariladi.
Iqtisodiyot uchun jamg’armalarni investisiyalarga tyengligi ma’qul, chunki bunda pul jamg’armalari ishlagan va daromad kyeltirgan bo’ladi. Biroq uy xo’jaligida ishlavmaydigan jamg’armalar ham hosil bo’ladi. Buni jamg’armalar miqdorini ozligi yoki ularni ishlatsa bo’ladiganasligi Yuzaga kyeltiradi. O’zbekistonda uy xo’jaliklarida jon boshiga to’g’ri kyeladigan jamg’armalar katta emas. Masalan, 2003 yili jon boshiga jami pul jamg’armasi 21,4 ming so’mni tashkil etdi. Shu yili jamg’armasi eng katta bo’lganlar tadbirkorlar hisoblansa, u eng kam bo’lganlar pyensionyerlar edi.
Uy xo’jaligiga xos belgi, uni investisiyalardan ko’p bo’lishidir, bu esa xonadonda bekor turgan pulni Yuzaga kelishi Bilan bog’liqdir. Xonadon daromad kyeltiruvchi va daromad kyeltirmaydigan aktivlarga aylanadi. Birinchi turdagi aktivlarni o’sib borishi tadbirkorlar va dyehqonlar xonadoniga xos bo’lsa, ikkinchi turdagi aktivlarni ko’payishi ishchi-xizmatchi va pyensionyer xonadonlariga xos bo’ladi.Moddiy aktivlar investisiyalar tufayli Yuzaga kyelsada, pirovard natijada istye’molga xizmat qiladi. Kyeyingi paytdagi xonadon investisiyalarida uy-joy qurilishiga ustivorlik berilishi o’ziga to’q xonadonlarda ko’proq kuzatiladi. Bu xususiy investisiyalarga noishlab chiqarish tavsifini beradi.
Xonadon jamg’armasini ishlatishning asosiy yo’li uni Moliyaviy aktivlarga aylantirish hisoblanadi. Biroq bu yerda ikki muqobil tanlov amal qiladiki, bu pulni banka qo’yish yoki qimmatli qog’ozlarga joylashtirish. Hozirchalik birinchi yo’l ustivor, chunki qimmatli qog’ozlarning daromadliligi xonadonlarni qoniqtirmaydi. Dividyentlar bank foizlaridan kam bo’lganidan xonadon xo’jaligi jamg’armasini aksiyalarga joylashtirish sust kyechadi. Xonadon investisiyalari Moliyaviy aktivlarni xosil etar ekan, uning faolligi Moliya bozorining ishlashiga bog’liq. Bu bozor qanchalik yaxshi ishlasa, Shunchalik iqtisodiyotga xonadon Moliya resurslari ko’p Yuboriladi.
25-mavzu: Xalqaro Moliya.
Dostları ilə paylaş: |