Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


mablag’larni jalb qilish muddatiga kо‘ra



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə86/112
tarix05.01.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#78546
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   112
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va

mablag’larni jalb qilish muddatiga kо‘ra:

  • qisqa muddatli (bir yilgacha qaytarish muddati bilan);

  • о‘rta muddatli (bir yildan byesh yilgacha);

  • uzoq muddatli (byesh yil va undan Yuqori).

Qisqa muddatli qarzlardan byudjet daromadlarining kelib tushishi va xarajatlarini amalga oshirishdagi qisqa muddatli uzilishlarni Moliyalashtirish uchun foydalaniladi. Odatda, bunday maqsadlar uchun vyeksyellar chiqariladi. Italiyada g’aznachilik vyeksyellari 3, 6, 12 oylik muddatlarda, YAponiyada – 60 kunlik, BuYuk Britaniyada – 91 kunlik muddatlarda chiqariladi. G’aznachilik vyeksyellari ikki yilgachalik muddatlarda chiqariladigan Gyermaniya bundan mustasnodir.
Ba’zi bir mamlakatlarda nisbatan uzoq muddatlar uchun mablag’larni jalb qilishda g’aznachilik notalaridan foydalanilib, ular vyeksyellarga nisbatan kamroq tarqalgandir. Italiyada bunday g’aznachilik notalari 2-3 yillik qaytarilish muddati bilan, AQSHda – bir yildan о‘n yilgacha qaytarilish muddatlarida chiqariladi. Uzoq muddatlar uchun mablag’larni jalb qilish, odatda, obligasiyalar yordamida amalga oshiriladi.
5. Qarziy majburiyatlarning ta’minlanganligiga qarab:

  • garovli;

  • garovsiz.

Garovli obligasiyalar konkryet yoki aniq mulk bilan ta’minlanadi. Bunday obligasiyalar xorijning rivojlangan mamlakatlarida tyez-tyez mahalliy hokimiyat organlari tomonidan muomalaga chiqariladi. Garovsiz obligasiyalar aniq bir narsa ta’minlanmaydi: uning ta’minlanish asosi bо‘lib davlatning yoki mahalliy hokimiyat organlarining jami mulki hisoblanadi. Markaziy boshqaruv organlari,odatda, garovsiz obligasiyalarni muomalaga chiqarishadi. Ularning ishonchliligi juda Yuqori bо‘lganligi uchun ular qо‘shimcha kafolatga ehtiyoj syezmaydi.
6. Tо‘lanadigan daromadning xarakteri bо‘yicha:

YUtuqli obligasiyalar bо‘yicha daromadlarning tо‘lanishi lotyeryeyalar asosida amalga oshiriladi. Bu obligasiyalar katta talabga ega emas. CHunki investorlar tasodifga tayanib emas, balki barqaror daromad olishga intiladilar. YUtuq olishni istaganlar esa lotyeryeya chiptalari sotib olishni ixtiyor etadilar. Bu turdagi qarziy majburiyatlarning asosiysi foizli obligasiyalar bо‘lib, ular bо‘yicha daromad kuponlar asosida yilda bir, ikki yoki tо‘rt marta tо‘lanadi. Investorlarning juda kо‘pchiligi ana Shunday qarziy majburiyatlarni ma’qul kо‘rishadi.
Davlatning qisqa muddatli qarziy instrumyentlari kuponlarga ega emas. Ular nominalidan chyegirmalash asosida sotiladi va nominal bо‘yicha sotib olinadi. Ayrim uzoq muddatli qarziy majburiyatlar ham kuponlarga ega bо‘lmasligi mumkin. Ular bо‘yicha barcha daromadlar asosiy qarzning summasi bilan birgalikda tо‘lanadi. Xuddi qisqa muddatli obligasiyalar singari ular ham nominalidan chyegirmalash orqali sotiladi va nominali bо‘yicha sotib olinadi. Amaliyotda bunday obligasiyalar nol kuponli obligasiyalar nomini olgan.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin