Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə94/112
tarix05.01.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#78546
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   112
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va

23-mavzu. Sug’urta.
Reja.

  1. Sug’urta asoslari.

  2. Sug’urta ishidagi asosiy tuShunchalar.

  3. О‘zbekiston Respublikasida sug’urta bozorining shakllanishi va kengayishi.

  4. Sug’urtaning turkumlanishi.

1. Sug’urta asoslari.


Sug’urta ijtimoiy munosabatlar tarixiy kategoriyalaridan biridir. U jamiyat qurilishining ilk davrlaridan Yuzaga kelib, asta syekin ijtimoiy ishlab chiqarishning ajralmas hamroxiga aylandi. Sug’urta iborasining birlamchi ma’nosi «qо‘rquv» («strax») sо‘zi bilan bog’liqdir. Mulk egalari bir-birlari bilan ishlab chiqarish munosabatlariga kirishar ekanlar, mulkining saqlanishiga, tabiiy ofatlar, yong’in, о‘g’irlik va iqtisodiy hayotning boshqa kо‘zda tutilmagan xavf-xatarlari natijasida yakson bо‘lishi yoki yо‘qotilishiga nisbatan qо‘rquv xis etganlar.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning tavakkalchilik xarakteri – bu mulk egasi va tovar ishlab chiqaruvchining moddiy farovonligi uchun xavotirlanishining asosiy sababchisidir. Shu asosda moddiy zararni manfaatdor mulk egalari о‘rtasida birgalikda qoplash g’oyasi Yuzaga kyeldi.
Kо‘rilgan zararni qoplashning ancha oddiy shakli natural sug’urta bо‘lgan. Don, yem-xashak va boshqa bir turdagi oson taqsimlanadigan mahsulotlar hisobidan alohida talofat kо‘rgan dyehqon xо‘jaliklariga moddiy yordam kо‘rsatilgan. Bunday sug’urta, albatta, bir qancha chyegaralangan bо‘lib, kyeyinchalik tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan о‘z о‘rnini pul shaklidagi sug’urtaga berdi.
Rivojlangan jamiyat sharoitida sug’urta mulkchilikning barcha shakllarini, korxonalar, tashkilotlar, fuqarolar daromadlari va boshqa manfaatlari himoyasining asosiy vositasiga aylandi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlashda va aholini kо‘ngilsiz hodisalardan himoya qilishda sug’urtaning о‘ziga xos muhim о‘rni bor. Sug’urta ishlab chiqarishning zarur unsurlaridan biri sifatida bozor iqtisodiyotiga о‘tishning muhim iqtisodiy dastaklaridan hisoblanadi. Sug’urta bozori mulkchilikning dyeyarli barcha shakllarini tabiiy ofatlardan saqlashda, xilma-xil falokatlar natijasida odamlarga yetkazilgan zararlarni qoplashda moddiy jihatdan yordam beradi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar iqtisodiyotga, Moliyaga, pul muomalasiga о‘z ta’sirini kо‘rsatdi, iqtisodiy qarashlarda ijobiy fikrlarning shakllanishiga sabab bо‘ldi. Endilikda har bir xо‘jalik ob’yektining tashkilotchisi о‘z ixtiyoridagi mol-mulkdan samarali foydalanish uchun fidokorona harakat qilish bilan cheklanib qolmay, favqulodda va tasodifiy zararlarning natijasida yetkazilishi mumkin bо‘lgan kamomadlarni tiklash, ularning oldini olish tadbirlarini kо‘rishga ham intilmoqda. Shuning natijasida bozor iqtisodiyoti sharoitida sug’urtaga bо‘lgan talab kuchaya boshladi.
Pryezidyentimizning «О‘zbekiston XXI asr bо‘sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida davlatni aql-idrok bilan boshqarish xalq boshiga tushgan xavf-xatarni kamaytirish va bartaraf etishdan iboratligini kо‘zda tutish lozimligiga amal qilib, sug’urta sohasida faqat mamlakat miqyosida emas, balki tashqi munosabatlarda ham qator tadbirlar amalga oshirilganligi kо‘rsatib turibdi. Jumladan chyet ellik investorlarga yordam berish maqsadida «О‘zbekinvest» eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi tashkil qilinib, AIG (AQSH) kompaniyasi bilan birga siyosiy xavf-xatarlardan sug’urtalash bo’yicha «О‘zbekintyernyest Intyernyeyshl» qо‘shma sug’urta kompaniyasi ta’sis etilgani qa
Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin