Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə99/112
tarix05.01.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#78546
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   112
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va

Sug’urta kompaniyalarining andyerraytyer siyosati. Ma’lum bir sug’urta turlari bo’yicha risklarni sug’urtalash mumkinligi yoki mumkin emasligi haqida qaror qabul qilish bilan bog’liq, sug’urta kompaniyasi tomonidan kо‘riladigan chora - tadbirlar yig’indisi.
Adyendum. Sug’urta shartnomalariga tomonlarning keliShuviga asosan о‘zgartirishlar yoki qо‘shimchalar kiritish.
«YAshil karta». Xalqaro darajada tan olingan avtomobil haydovchilarning uchinchi shaxs oldidagi mas’uliyatni majburiy sug’urtalanganligi xaqidagi sug’urta polisi, «YAshil karta» tizimiga a’zo mamlakatlar keliShuviga asosan, avtomobil haydovchisi mazkur maslahat hududlarda qaytadan uchinchi shaxs oldidagi mas’uliyatni sug’urtalamasdan Yurishi mumkin.
Sug’urta brokeri. Sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchi о‘rtasida vositachini vazifasini bajaruvchi kompaniya yoki shaxs. О‘zining statusi bo’yicha broker sug’urtalanuvchining manfaatlari himoya qiladi, uning vakili bо‘ladi va uning ob’yektlarini Moliyaviy jihatdan barqaror bо‘lgan kompaniyalarda sug’urtalanishni ta’minlaydi. Shu bilan bir qatorda, kо‘rsatilgan xizmatlar uchun broker, sug’urtalanuvchidan emas, balki sug’urtalovchidan tyegishli komissiya summasini oladi.
Pul. Yirik va xavfli risklarni birgalikda sug’urtalash uchun bir nyechta sug’urta kompaniyalarini birlaShuvi. Riskni qabul qilib oluvchi kompaniya, pulga a’zo sug’urtalovchilar nomidan yagona polis beradi.
SHomaj. Sug’urta hodisalarini rqy berishi natijasida ishlab chiqarishning tqxtashi tufayli Yuzaga kyeladigan foyda va boshqa Moliyaviy yо‘qotishlarni sug’urtalash.
Lloyd. О‘zining Moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqqan holda sug’urta risklarini о‘z zimmasiga oluvchi xususiy shaxslarning birlashmasi, shtab-kvartirasi Londonda. Lloyd korporasiyasi sug’urtalash ishini sug’urtalanuvchi va andyerraytyer о‘rtasida vositachi bо‘lgan brokerlar amalga oshiradi. Hozirgi paytda «Lloyd» ga 30 mingdan ortiq obunachi a’zo.
Dyengiz sug’urtasida avariya. Kyemaga yoki kyemadagi Yukka kyeltirilgan zarar. Dyengiz sug’urtasida «avariya» tuShunchasi deganda avariya fakti tuShunilmaydi, balki dyengizda Yukni taShuvchi tomonlarga kyeltirilgan zararlar tuShuniladi. Avariyalar umumiy va xususiy bо‘lishi mumkin. Umumiy avariya kyema va Yuk о‘rtasida taqsimlanadi. Xususiy avariyada esa avariya harakatlari ma’lum bir tomonga tushadi, ya’ni avariya bо‘lishga kim sababchi bо‘lsa.
Autsaydyerlar. Sug’urta assosiasiyalar yoki monopolistik guruhlarga a’zo bо‘lmagan sug’urta kompaniyalari, brokerlik firmalari.
SYurvyeyr. Sug’urtalovchi yoki sug’urtalanuvchi iltimosiga binoan sug’urta ob’yektini tekshiruvchi, kо‘ruvchi va u haqda xulosa beruvchi ekspyert.
Sug’urta bonusi. Sug’urtalovchi tomonidan sug’urtalanuvchiga sug’urta hodisasini oldini olganligi uchun sug’urta tqlovi (mukofoti)dan chyegirma yoki pulning bir qismini qaytarish.
Kargo. Dyengiz, havo, yer Yuzi transportida tashilayotgan Yuk yoki mulkni sug’urtalash.
Kasko. Transport vositasini о‘zini sug’urtasi.

О‘zbekiston Respublikasida sug’urta bozorining shakllanishi va kengayishi.


YUrtboshimiz I. A. Karimov о‘zining “О‘zbekiston XXI asr bо‘sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli ulkan monografiyasida “Davlatni aql-idroq bilan boshqarish nima degan savolini qqyadi va X asrda yashagan mashhur mutafakkir nomidan javob beriladi” “Davlatning idroq bilan boshqarish,- degan edi Farobiy, halq boshiga tushgan xavf – xatarni kamaytirsh va bartaraf etishdan iboratdir”.


Hududimizning 3 ming yildan ortiq davr tarixi halqimiz hayotiga tahlika solgan xavf – xatarlar, Shu hisobda tabiiy ofatlar, kutilmagan favqulotda hodisalar, yer qimirlashi, suv toshqini, yong’in, kuchli bо‘ron, syel, chigirtkalar hujumi, tog’dan tosh kqchishi, yer chqkishi о‘z davrida iqtisodiyotimizga ulkan zarar kyeltirgani va ularni bartaraf qilish uchun munosib tadbirlar kо‘rilganidan darak beriladi.
Sug’urtaning kelib chiqishi Yurtimiz tarixi bilan bog’langani uchun uning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Sug’urtaning kelib chiqishi haqida gapirganda dastlab sug’urta puldan yoki Moliyadan oldin kelib chiqqanmi, kreditdan oldin paydo bо‘lganmi degan savol Yuzaga kyeladi.
Ma’lumki, pulning kelib chiqishi haqida gapirganda dastlab natura asosida qabilalar о‘rtasida moddiy nye’matlarni almashishi sodir bо‘lganini e’tiborga olishimiz kerak. Har bir oila turmush tajribasiga asoslanib о‘ziga kerakli oziq - ovqat, kiyim – bosh va har xil mahsulotlarni g’amlab qqyishi lozim ekanligini tuShungan. Agar g’amlangan mahsulotlar yetarli bо‘lmasa qо‘shnisidan yoki boshqa oilalardan qarz olgan. Oltin pul sifatida ishlatila boshlagandan kyeyin zarur narsalarni g’amlashda oltin, kyeyinchalik pul ishtirok etgan.
Shu monosabat bilan natura va pul shaklida ijtimoiy jamg’arma hosil qilish yoki sug’urta hodisasi vujudga kyelganda birgalashib mablag’ tqplab, og’ir ahvoldan qutqarish odat bо‘lgan. Shu munosabat bilan musulmonlar tomonidan +ur’on asosida zakot berish joriy qilingan. Masalan +ur’onda an’om surasida: “U (Olloh) uzumzor bog’lar, bо‘stonlar, hurmoYu anvoyi myevali ziroatlar, zaytun, xilma-xil anorlar yaratgan. Ularning myevalari pishganda undan tanavvul qilganlar, hosil yig’ilgan tunda uning ulushini berganlar”. “Olloh yqliga va musofirlarga atab olloh tomonidan farz qilingan”.
Sug’urta fondi tashkil qilish masalalari faqat zakot hisobidan emas, balki о‘zaro pul tqlash yqli bilan ham amalga oshirilgan. Bu sug’urta uzoq tarixga ega dyeb kо‘rsatdik.
Myelodiydan ancha oldin hukumronlik qilgan Bobil podshoxi Hamurabbiy ham о‘z qonunlariga kо‘ra yirik savdo karvonlari jamoasi uzoq safarga chiqqanlarida talofat kо‘rsalar, qaroqchilarga talansalar kо‘rilgan zarar jamoa a’zolari о‘rtasida barobar taqsimlanib, zararlarni qoplash kо‘zda tutilgan, bu orqali maxsus fond tuzmasdan hamkorlikda fondsiz yordam uYushtirilgan.
Bu kо‘zda tutilgan qoida sug’urta fondi tashkil qilinganga qadar kelib chiqqanidan darak beradi. Bu qoida asosida kо‘zda tutilmagan holda hodisalar qaroqchilar xujumi, byetob bо‘lib qolish bilan bog’langan hodisalar natijasida kyelgan zararlarni qoplash usuli bir mamlakatdan о‘rganib ikkinchi mamlakat savdogarlar jamoalarida ham qqllanilib, Markaziy Osiyo shaharlari bo’ylab, savdo aloqalarini amalga oshiruvchilarga ham qulaylik tug’dirgan. Fondsiz sug’urta kyeyinchalik bu paytda rivojlanib karvonlar safarga otlana boshlaganlarda “sug’urta fondi”ni shakllantirish rasm bо‘la boshlagan.
Aholining muxtoj tabaqalariga yordam berish shariat qonunlarida kо‘zda tutilgan, nochorlarga, miskinlarga dastlab zakot hisobidan, zakot davlat siyosatiga aylantirilganidan kyeyin uning о‘rniga sadaqa hisobidan fond tashkil qilinib, yordam uYushtirilgan.
«Zakotnoma» kitobida zakot sifatida tqplangan mablag’lardan faqirlar, miskinlar, qarzdorlar, musofirlarga yordam berish kо‘zda tutilgan. Bunda faqir dyeb о‘zining kundalik ehtiyojlarini qoplashga qurbi yetmaganlar, miskin dyeb faqir kishidan kqproq kambag’al kishilar kо‘zda tutilgan. +arzdorlar haqida gap borganda, hayrli ishlarni bajaraman dyeb, о‘zlari sabab bilan amalga oshirmay qarzga botganlar, musofirlarga safar jarayonida pul va mollarni yо‘qotib muxtoj bо‘lganlar kiradi.
1918 yilga qadar О‘zbekiston hududida Rossiya sug’urta monopoliyalarining filiallari (bо‘limlari) tashkil qilinib, mahkamalar binolari, paxta va yog’ zavodlari, ulgurji savdo, transport va boshqa korxonalarni yong’in hamda turli falokatlardan sug’urta qilar edilar. SHaxsiy sug’urta asosan rus millatiga mansub bо‘lganlarga nisbatan joriy qilinib, yerli aholi diniy an’analarga sodiq qolib sug’urtaga juda kam tortilgan. Sug’urtalanish gunoh hisoblangan.
1918 yilda RSFSR hukumati tomonidan kiritilgan sug’urta monopoliyasi Turkiston respublikasiga ham joriy qilindi. YAngi iqtisodiy siyosat davrida birinchi sug’urta tadbirlari amalga oshirila boshlanib, 1924 yilda О‘zbekiston Moliya komissarligi tarkibidagi sug’urta boshqarmasi tashkil etildi. Xususiy korxonalar, dyehqon xo’jaligiga tyegishli mulklar sug’urtalana boshlandi. Asosiy majburiy sug’urta, ayniqsa, imoratlarni yong’indan saqlash, ishsizlik va chorikorlik sug’urtalari ham joriy etildi. Birinchi byesh yillik davrida Rossiya O’zbekistonni paxta bazasiga aylantirishni ko’zlab, jamoa xo’jaliklarini sug’urtalashga alohida ahamiyat berdi. SHaharlarda imoratlarni yong’indan sug’urtalashga alohida ahamiyat berildi. Kyeyingi yillardan boshlab mol-mulk sug’urtasi bilan birga SSSR qonunlari asosida shaxsiy sug’urta ham kiritildi. Bu qonunlarda O’zbekistonning iqtisodiy xususiyatlari kam e’tiborga olindi. Kqp yillar mobaynida pilla hosili sug’urta bilan bog’lanmadi.
1921 yilning 6 oktyabrida qabul qilingan Dyekryetga muvofiq, Turkiston Respublikasida RSFSR Moliya Xalq Komissariati Davlat sug’urtasi bosh boshqarmasining vakolatli Boshqarmasi tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi mintaqada sug’urta inspyeksiyasi va agentliklarini tashkil etish, mahalliy aholi vakillarini sug’urta agentligi vazifasiga jalb etish va sug’urtaning amaldagi turlari bo’yicha shartnomalar tuzishdan iborat edi. Turkiston davlat sug’urta boshqarmasi tqlaligicha RSFSR Moliya Xalq Komissariati davlat sug’urtasi Bosh boshqarmasiga bo’ysunishi bilan bir qatorda, u tomonidan ishlab chiqilgan sug’urta qilish shartlari va qoidalarini so’zsiz bajarilishini ta’minlashi lozim edi.
1922 yilning 22 iYunida Turkiston Xalq Komissarlari Kengashi «Davlat mol-mulk sug’urtasi tqg’risida» qaror qabul qildi. Mazkur qarorga muvofiq, davlat va ijaraga berilgan kommunal mol-mulklarni majburiy sug’urtasi joriy etildi. Majburiy sug’urta dastlab, Turkistonning to’rtta shahrida, ya’ni Toshkyent, Samarkand, Kattaqo’rg’on va Jizzaxda joriy qilindi. Shuni alohida qayd etish lozimki, Yuqoridagi sug’urta turini joriy qilgunga qadar Turkistonda quyidagi ixtiyoriy sug’urta turlari bo’yicha opyerasiyalar amalga oshirilgan edi: kqchar va kqchmas mol-mulkni, korxonalarni va tovarlarni yong’indan sug’urta qilish, qsimliklarni dql va boshqa stixiyali hodisalardan sug’urta qilish. 1922 yilning tqqqiz oyi davomida korxonalar mol-mulkini va tovarlarni yong’indan ixtiyoriy sug’urta qilish bo’yicha 2616827 rubl miqdorida sug’urta badallari yig’ib olingan.
1924 yilda Turkiston ASSR ni O’zbekiston SSRga aylanishi munosabati bilan Moliya Xalq Komissariatida davlat sug’urtasi Boshqarmasi tashkil etildi. Shuningdyek, mamlakatning viloyat, tumanlarida sug’urta inspyeksiyalari ham tashkil etildi. Ammo, sug’urta sohasida malakali mutaxassislarni yo’qligi sug’urta ishini rivojlantirish yqlida katta tqsiq bo’ldi. Uzoq qishloq tumanlarida sug’urta agentlari umuman yo’q edi.
Mamlakat hududida sug’urta ishini joriy etilishida mahalliy xususiyatlarni kqproq hisobga olish, sug’urta tariflarini belgilash maqsadida 1924 yilning 11 noyabrida Xalq Komissarlari Kengashi «+ishloq joylarda davlat sug’urtasi tqg’risida» qaror qabul qildi. Ushbu qaror talablarini hayotga og’ishmay tadbiq qilish maqsadida mahalliy hokimiyat organlari huzurida doimiy ishlovchi sug’urta komissiyalari faoliyat ko’rsata boshladi. Bu komissiya zimmasiga qishloq joylarda davlat sug’urtasining hamma turlarini rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish, qishloq sug’urtasi Yuzasidan turli ko’rinishdagi takliflar kiritish vazifasi Yuklatilgan edi.
Yuqoridagilarni umumlashtirib, bayon etilganlarga Shunday yakun yasash mumkinki, sho’ro hokimiyati o’rnatilishining dastlabki yillarida Turkiston hududida Davlat sug’urtasini o’rnatish bo’yicha tyegishli ishlar olib borildiki, bu o’z navbatida, qsha davrda olib borilgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatga mos kyelar edi.
1930 yillar boshida davlat sug’urtasi muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ayrim sug’urta turlari bekor qilindi. CHunonchi, sho’ro Markaziy Ijroiya qqmitasi va Xalq Komissarlari Kengashining 1931 yil 3 fyevraldagi «Davlat sug’urtasidagi o’zgarishlar tqg’risida»gi qaroriga ko’ra, davlat korxonalari va muassalariga tyegishli mol-mulklarni majburiy hamda ixtiyoriy sug’urta qilish asossiz ravishda bekor qilindi. Faqat, tuman va qishloq miqyosidagi sanoat korxonalari mol-mulkinigina sug’urta qilishga ruxsat berildi. Sug’urta ishi tabiiy va boshqa stixiyali hodisalar tufayli ko’rilgan zararlarni qoplashga mqljallangan samarali vosita sifatidagi ahamiyatini dyeyarli butunlay yo’qotdi. Ushbu fikrni isbotlash uchun quyidagilarni bayon etish yetarlidir. Davlat korxonalari mol-mulkiga tabiiy va boshqa stixiyali hodisalar tufayli zarar yetkazilganda, ushbu zararlar davlat byudjeti hisobidan qoplanadigan bo’ldi. Shu yerda ta’kidlash zarurki, sug’urta hodisalari rqy berishi natijasida ko’rilgan zararlar, qoidaga ko’ra sug’urtalanuvchilarning mablag’lari hisobidan shakllanadigan sug’urta fondlari vositasida qoplanadi. YUqoridagilardan ko’rinib turibdiki, davlat hokimiyati Yuqori organlarining savodsizligi sababli sug’urtaning Xalq xo’jaligidagi ahamiyatiga yetarli darajada baho berilmadi. SHo’ro hukumatining 1930 yil 6 oktyabridagi qaroriga muvofiq, sug’urta sohasini butunlay tugatish uchun chora-tadbirlar belgilandi. Jumladan, akvizitor-inkassatorlar bo’g’ini tugatildi. SHaxsiy sug’urta opyerasiyalarini amalga oshirish, aholi o’rtasida sug’urta badallarini yig’ish jamg’arma kassalariga va jamoat tashkilotlariga, xususan, davlat krediti va jamg’arma ishiga kqmak berish komissiyasiga Yuklatildi. Shuningdyek, mamlakatda sug’urta ishini tashkil etish va uni Yuritish Moliya muassaalariga o’tkazildi.
YUqorida ko’rsatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida sug’urta tarmog’ining nufuzi pasayib kyetdi. Kyeyinchalik, sug’urta qoplamalarini tqlashda jiddiy kamchiliklarga yql qqyildi. Buning asosiy sababi, sug’urta ishi bu sohaga umuman aloqasi yo’q kimsalar qqliga berilib qqyilganidir. Bunga qo’shimcha sifatida qayd etish kerakki, qsha davrda sug’urta badallarini yig’ish ko’rsatkichi tamomila tushib kyetdi va jamoa xo’jaliklarida sug’urta hodisalari sababli ko’rilgan ayrim zararlarni qoplash yillar davomida cho’zilib kyetdi. Sug’urta shartlari va qoidalarini buzish hollari kuzatildi. Masalan, qishloq xo’jalik hayvonlarini nobud bo’lishi tufayli ko’rilgan zararlar, ushbu hayvonlar sug’urta hodisalari sababli nobud bo’lganmi yoki boshqa sababli nobud bo’lganmi, bundan qat’iy nazar qoplanavyerdi. Eng muhimi, Moliya muassasalariga belgilangan tartibdagi dalolatnomani taqdim qilishsa yetarli edi. +oidaga ko’ra, sug’urta qoplamalari faqat, sug’urta shartnomalarida qayd etilgan hodisalar rqy bergandagina tqlanishi lozim edi.
1930-1933 yillarda sug’urta ishini tashkil etishda yql qqyilgan jiddiy xato va kamchiliklar davlat hokimiyatini sug’urta sohasiga alohida e’tibor berishini talab etdi. Buning natijasi qlaroq, 1933 yilning 8 martida sho’ro partiyasining Markaziy qqmitasi «+ishloq xo’jaligi mol-mulki va ekinlarini sug’urta qilishdagi kamchiliklar tqg’risida» qaror qabul qildi. Mazkur qarorda Moliya muassasalarining sovuqqonligi oqibatida joylarda, kqplab qishloq tumanlarida sug’urta davlatni ochiq aldashning bir shakli sifatida ildiz otib kyetganligi qayd etildi. Shundan kyeyin, sug’urta tashkilotlari qaytadan tashkil etildi va Moliya muassasalari ularga zarur hujjatlarni topshirishdi. Jamg’arma kassalari ham, o’z navbatida, shaxsiy sug’urta qilish bilan bog’liq ishlarni davlat sug’urta muasasalariga topshirishdi.
Tarixdan ma’lumki, ikkinchi jahon urushi boshlanishi munosabati bilan mamlakatning barcha Moliyaviy resurslari mudofaani ta’minlash bilan bog’liq xarajatlarni qoplashga sarflandi. Xususan, davlat sug’urtasining mablag’lari ham birinchi navbatda Yuqorida ko’rsatilgan xarajatlarni Moliyalashtirishga yqnaltirildi. 1941-1944 yillarda sobiq sho’ro davlat sug’urtasi davlat obligasiyalarini sotib olish va foydadan ajratmalar shaklida 5,8 mlrd. rubl mablag’ni davlat byudjetiga o’tkazdi. Biroq, bu degani sug’urta mablag’lari stixiyali hodisalar natijasida ko’rilgan zararni qoplashda ishlatilmadi, degan ma’noni anglatmaydi. 1942 yilda qishloq xo’jalik ekinlari va hayvonlarini majburiy sug’urtasi bo’yicha tqlanadigan sug’urta qoplamasi miqdori bir muncha ko’tarildi. Shu bilan bir qatorda, mamlakatning kattagina qismini nyemis fashistlari tomonidan vaqtincha bosib olinishi sug’urta opyerasiyalari hajmini syezilarli darajada kamayishiga olib kyeldi. Ushbu hududlarni bosqinchilardan ozod etish munosabati bilan davlat mol-mulk sug’urtasi qaytadan tiklandi. Ikkinchi jahon urushi tugaganidan sqng sobiq sho’ro hududining kengayishi joylarda tyegishli davlat sug’urta muasasalarini tashkil etishni taqozo etdi.
Ikkinchi jahon urushi tugaganidan sqng davlat mol-mulk sug’urtasi uning javobgarlik hajmini oshirish, sug’urta shartlarini takomillashtirish yqli bilan rivojlandi. 1946 yilda shaxsiy sug’urtani rivojlantirishni rag’batlantirish maqsadida hayotni aralash sug’urtasi bo’yicha belgilangan eng kam summalar bekor qilindi. 1946-1947 yillarda shaxsiy sug’urtaning barcha turlari bo’yicha ishlab chiqilgan yangi qoidalar qaytadan ko’rib chiqildi va tasdiqlandi. 1947 yilda yakka tartibda tuzilgan sug’urta shartnomalari soni 2,5 mln.dan oshib kyetdi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, urushdan sqng shaxsiy sug’urta bilan bog’liq opyerasiyalar syezilarli ravishda qsdi. Agar, 1945 yil oxirida shaxsiy sug’urtaning barcha turlari bo’yicha 1,8 mln. fuqaro sug’urta qilingan bo’lsa, 1953 yilning 1 yanvar holatiga bu ko’rsatkich 5,9 mln.ni tashkil etdi. 1956 yilda aholi mol-mulkini ixtiyoriy sug’urta qilish shartlari ancha o’zgardi. Fuqarolarga tyegishli uy-joylarni majburiy sug’urtasi uni ixtiyoriy sug’urta qilish shartnomalari bilan tqldirildi.
1958 yilda mamlakatda sug’urta ishini tashkil etish bilan bog’liq muhim voqyea Yuz berdi. Davlat sug’urtasi muassasalarini boshqarish, bevosita, sobiq ittifoq respublikalari Moliya vazirliklarining ixtiyoriga berildi. Ushbu vazirliklar huzurida davlat sug’urta Bosh boshqarmalari tuzildi. Ular Moliya vazirliklariga bo’ysunish bilan bir qatorda ittifoq davlat sug’urtasi boshqaruviga ham bo’ysunadigan bo’lishdi. Markaz davlat sug’urtasining asosiy vazifasi joylardagi sug’urta muasasalarini myetodologik jihatdan ta’minlash va sug’urtalash qoidalarini ishlab chiqishdan iborat edi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, 1960 yildan boshlab sug’urta opyerasiyalari tor doirada amalga oshirila boshlandi, ya’ni, asosan, qishloq xo’jaligi va fuqarolarning mol-mulki sug’urtasi hamda shaxsiy sug’urta ishlari olib borildi. 1961-1970 yillarda mol-mulklarni ixtiyoriy sug’urta qilish va hayotni shaxsiy sug’urtasi nisbatan taraqqiy etdi. Masalan, ushbu davrda aholini ixtiyoriy sug’urtasi bo’yicha badallar miqdori 16 foizga qsdi yoki 2,5 mln. rubldan 15,3 mln. rublga oshdi. Bu qsish asosan, shartnomalar sonining kqpayishi hisobiga ta’minlandi.
1968 yilning 1 yanvaridan jamoa xo’jaliklarining mol-mulkini majburiy sug’urta qilish joriy etilishi munosabati bilan davlat sug’urta muassasalarining ushbu sug’urta turi bo’yicha javobgarlik hajmi bir muncha kengaydi. Agar, ilgari qishloq xo’jalik ekinlari faqat nobud bo’lish va dql yog’ish natijasida shikastlanishdan sug’urta qilingan bo’lsa, endi ular issiqlik yetishmasligi, ortiqcha namlanish, qsimliklarga zararkunandalarni zarar yetkazishi va qurg’oqchilik hodisalaridan sug’urtalanadigan bo’ldi. Shuningdyek, sug’urta hodisalarini rqy berishi oqibatida qishloq xo’jalik ekinlari nobud bo’lsa yoki zararlansa, tqlanadigan sug’urta qoplamasi sug’urtalangan mol-mulkning 60 foizini tashkil etgan. Ilgari, bu ko’rsatkich 50 foiz darajasida edi.
1970-1980 yillarda oldingi yillari kuzatilgani kabi, aholi o’rtasida ixtiyoriy sug’urta qilish bo’yicha sug’urta badallari hajmi syezilarli ravishda qsdi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, 1980 yilda ixtiyoriy sug’urta qilishning rivojlanish darajasi 1970 yildagiga nisbatan 2,5 marta oshdi. Buni Shu bilan tuShuntirish mumkinki, fuqarolarga tyegishli mol-mulklarni sug’urta qilish bo’yicha shartlar o’zgardi hamda sug’urtalanadigan ob’yektlar miqdori kengaydi.
1970 yilda davlat xo’jaliklari mol-mulkini majburiy sug’urta qilishni joriy etilishi sug’urtani rivojlanishida muhim o’zgarish yasadi. YUqorida bayon etganimizdyek, 1930 yilda davlatga qarashli korxonalar mol-mulklarni sug’urta qilish tqxtatilgan edi. Usha davrda bu chora Shu bilan tuShuntirilgan ediki, davlat mol-mulki davlat byudjeti mablag’lari hisobidan doimo sug’urta qilingan edi. Sobiq sho’ro Oliy Kengashi Pryezidiumining 1981 yil 2 oktyardagi Farmoniga muvofiq, 1983 yilning 1 yanvaridan fuqarolarning uy-joylari majburiy sug’urtaga olindi. Uy-joylar yer osti suvining ko’tarilishi, syel, sunami, isitish tuzilmasining ishdan chiqishi natijasida zararlanganda sug’urta qoplamalari tqlanishi majburiy sug’urta qilish shartlarida ko’zda tutildi. Bundan tashqari, bu davrda sug’urtaning yangi turlari joriy etildi. Masalan, pyensiyani qo’shimcha sug’urta qilish. Ushbu sug’urta turini keng xalq ommasiga qulay bo’lishini ta’minlash maqsadida, sug’urta zahirasining yarmi byudjet mablag’lari hisobidan shakllantirildi. Mavjud ma’lumotlarga ko’ra, 1985 yilda aholini ixtiyoriy sug’urta qilish bo’yicha shartnomalar soni 7095,8 mingdan oshdi va bu, 1980 yilda tuzilgan shartnomalar sonidan 1456,5 mingta kqpdir.
YUqoridagilarni umumlashtirib aytish mumkinki, sobiq sho’ro hokimiyati hukmron bo’lgan sharoitda sug’urta, asosan, tor doirada amalga oshirilgan. Kqplab mol-mulklar va ob’yektlar sug’urtaga tortilmagan.
1991 yilning noyabr oyida «Mol-mulklarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tqg’risida» qonunning qabul qilinishi bilan O’zbekiston Respublikasida keng miqyosda davlatga tyegishli bo’lgan korxonalarni ijaraga topshirish, ularni aksionyerlik jamiyatlariga aylantirish jarayoni boshlandi. Iqtisodiy islohotlar kuchli ijtimoiy siyosatni uyg’unlashtirish orqali bosqichma-bosqich amalga oshirildi.
Xususiylashtirishning birinchi bosqichida, ya’ni 1992-1993 yillarda, davlatga qarashli kichik korxonalar va uy-joy fondi eng kam narhlarda, asosan, korxonaning xodimlariga sotildi. Bu davrda 54000 korxona xususiylashtirildi, 18000 dan ortiq oilaviy korxonalar va 26000 ta aksionyerlik jamiyati tashkil etildi. Shuningdyek, mazkur bosqichda 700 dan ortiq davlat qishloq xo’jaligi korxonalari jamoa va ijara xo’jaliklariga aylantirildi.
Ma’lumki, ilgari hamma korxonalar davlatning ixtiyorida bo’lganligi tufayli, ularni har xil noxush hodisalardan sug’urta qilishga ehtiyoj bo’lmagan. Sababi, ushbu korxonalarga sug’urta hodisalari natijasida zarar yetkazilsa, bu zararlar davlat mablag’lari hisobidan byemalol qoplanavyerar edi. Ammo, Yuqorida ta’kidlaganimizdyek, mol-mulklarni davlat ixtiyoridan chiqarish va xususiylashtirish natijasida nodavlat syektorida qn minglab korxonalarni paydo bo’lishi, o’z-o’zidan, sug’urta xizmatlariga bo’lgan talabni syezilarli ravishda oshirdi. Nyegaki, ilgarigi tajribadan farqli qlaroq, nodavlat syektoridagi korxonalar stixiyali hodisalar tufayli zarar ko’rganda, bu zararlar davlat byudjeti mablag’lari hisobidan qoplanmaydi.
YUqorida bayon etilganlarga qo’shimcha ravishda ta’kidlash lozimki, amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar sug’urta tizimini tubdan o’zgartirib Yubordi. Davlat sug’urta tashkilotlariga raqobatbardosh xususiy syektorda mustaqil sug’urta kompaniyalari vujudga kyela boshladi. Bu Shubhasiz, ularning faoliyatini tartibga soladigan maxsus qonun qabul qilishni talab etdi. 1993 yilning 6 mayida O’zbekiston Ryepublikasi Oliy Kengashi (hozirgi Oliy Majlis) “Sug’urta tqg’risida» qonun qabul qildi. Ushbu qonun sug’urtani rivojlantirishning, sug’urta bozorini shakllantirishning huquqiy asoslarini, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda sug’urtaning mavqyei va o’rnini belgilab berdi, fuqarolar va Yuridik shaxslarning sug’urta xizmatlariga bo’lgan talablari tqlio’roq qondirilishini kafolatlaydi, sug’urta munosabatlari barcha ishtirokchilarining manfaatlari himoya qilinishi va majburiyatlariga rioya etilishini ta’minladi. Shunisi diqqatga sazovarki, mazkur qonunda davlat sug’urtasining monopoliyasiga barham berildi. Boshqacha so’z bilan ifodalaganda, davlat sug’urta tashkilotlari va nodavlat sug’urta tashkilotlari uchun tyeng sharoitlar yaratildi.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, Yuridik shaxslarning mol-mulkini ixtiyoriy sug’urta qilish iqtisodiy nuktai-nazardan samarali hisoblanadi. CHunki, iqtisodiy islohotlarning mohiyati ham kqproq korxonalarni Moliyaviy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan o’zaro bog’langan chora-tadbirlar majmuasini amalga oshirish bilan chambarchas bog’liq. Bunday chora-tadbirlardan biri korxonalarni mol-mulkini ixtiyoriy sug’urta qilishdir. 1992 yil statistik ma’lumotlariga ko’ra, davlat sug’urta organlari tomonidan yig’ib olingan jami sug’urta badallari hajmida mol-mulk sug’urtasining ulushi keskin kamayib kyetdi.
1992-1994 va undan kyeyingi yillarda O’zbekiston Respublikasida majburiy sug’urta qilish bilan bog’liq opyerasiyalarni o’tkazish faqat davlat sug’urta tashkilotlari tomonidan amalga oshirildi. Bunday sug’urta turlariga qishloq xo’jalik mol-mulkini sug’urtasi, fuqarolarni mol-mulkini sug’urtasi va yqlovchilarni baxtsiz hodisalardan majburiy sug’urta qilishni o’z ichiga olgan edi. Shu yerda ta’kidlash zarurki, 1991 yilning 1 yanvaridan sobiq ittifoq hududida qishloq xo’jaligi korxonalari mol-mulkini majburiy sug’urta qilish bekor qilingan edi. Ammo, O’zbekistonda qishloq xo’jaligi iqtisodiyotining muhim tarmog’i hisoblangani uchun, bu tarmoqqa qarashli mol-mulklarni sug’urta qilish ishlari uzluksiz davom ettirildi. 1993 yilning oxirida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, qishloq xo’jaligi korxonalari mol-mulkini majburiy sug’urta qilish joriy etildi.
1992 yil boshlarida O’zbekistonda nodavlat syektorida qnga yaqin sug’urta kompaniyalari faoliyat ko’rsatdi. Ular, davlat sug’urta tashkilotlaridan farqli qlaroq, amaldagi sug’urta qilish qoidalarini ancha takomillashtirdilar. Jumladan, sug’urta badali stavkasini kamaytirgan holda sug’urta javobgarligi hajmini kengaytirdilar. 1992 yil davomida mamlakatda «Umid» qo’shma sug’urta kompaniyasi, «Inobat», «Ishonch», «Tyemir yqlchi» kabi bir qator nodavlat sug’urta tashkilotlari turli xil sug’urta opyerasiyalarini amalga oshirdilar.
1993-1994 yillar davomida sug’urta sohasida monopoliyadan chiqarilish jarayoni bir muncha tyezlashdi. 1994 yil oxirlarida mamlakat nodavlat syektorida 60 dan ortiq sug’urta tashkilotlari faoliyat ko’rsata boshladi. 1993 yilda davlat sug’urta tashkilotilari tomonidan jami 26892,8 mln. rubl miqdorida sug’urta badallari yig’ib olingan va uning qariyb 81,3 foizi majburiy sug’urta turlaridan kelib tushgan. Anio’roq qilib ta’kidlaydigan bo’lsak, ushbu kelib tushgan majburiy sug’urta badallarining 79,4 foizi yoki 21,4 mlrd. rubli qishloq xo’jalik korxonalarining mol-mulkini sug’urta qilishdan kelib tushgan. Mol-mulklarni ixtiyoriy sug’urta qilish va shaxsiy sug’urta turlari bo’yicha kelib tushgan badallar umumiy sug’urta tuShumlarida tyegishli ravishda 7,3 va 9,4 foizlarni tashkil etdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, 1993 yilda davlat sug’urta muassasalari 12,8 mlrd. rublni bevosita sug’urta hodisalari tufayli ko’rilgan zararlarni qoplashga sarfladi. 1994 yilning 1 iYulida Moliya Vazirligi huzuridagi davlat sug’urta Bosh boshqarmasi fuqarolar tomorqalaridagi qishloq xo’jaligi ekinlari va kqp yillik dov-daraxtlarni ixtiyoriy sug’urta qilish qoidalarini tasdiqladi. Bu qoidalarga ko’ra, kartoshka, sabzovat, poliz ekinlari, kqchatlar, tomorqada qstirilayotgan myevali, ryezavor hamda boshqa kqp yillik daraxt, buta – qsimliklar ixtiyoriy sug’urtaga olindi. Sug’urta badallarining stavkalari qishloq xo’jaligi ekinlari turlariga qarab belgilandi. Masalan, bir yillik va kqp yilik ekilgan o’tlar uchun sug’urta badalining stavkasi sug’urta summasiga nisbatan 7 foiz miqdorida belgilandi.
«ARK sug’urta guruhi» bilan bir qatorda 1992-1994 yillarda «Umid» osiyo sug’urta kompaniyasi ham nisbatan faol sug’urta qilish ishlarini amalga oshirdilar. Bu kompaniyaning asosiy ta’sischilari O’zbekiston Respublikasi hom-ashyo birjasi va Pokiston Islom Respublikasidan bo’lgan hamkorlardir. Ushbu kompaniya dastlab, eksport-import Yuklarini, transport vositalarini sug’urtalashga ixtisoslashdi. Kyeyinchalik «Umid» osiyo sug’urta kompaniyasi tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlarni o’z vaqtida qarz oluvchilar tomonidan qaytarib bera olmaslik tavakkalchiligini sug’urta qila boshladi. Hozirgi paytda «Umid» sug’urta kompaniyasi o’z faoliyatini tqxtatgan.
YUqorida bayon etilganlar Shundan dalolat beradiki, O’zbekiston sug’urta bozorida davlat sug’urta tashkilotlari bilan bir qatorda xususiy, aksionyerlik va boshqa mulk shaklidagi sug’urta kompaniyalari ham raqobat asosida faoliyat ko’rsatishlari mumkin.
Umuman, sug’urtaning insoniyat hayotidagi va iqtisodiyotning uzluksiz rivojlanishini ta’minlashdagi ahamiyati byeqiyos. Buni e’tiborga olib, mamlakatimizda bozor infratuzilmasining ushbu bo’g’inini rivojlantirishga katta e’tibor berilyapti. Birgina 2002 yilda sug’urta sohasini rivojlantirish Yuzasidan davlat miqyosida bir qator chora-tadbirlarning belgilanganligi fikrimizning tasdig’idir. Xususan, 2002 yilning 31 yanvarida O’zbekiston Respublikasi Pryezidyentining "Sug’urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi Farmonining e’lon qilinishi sug’urta tizimini taraqqiy ettirish yo’lida muhim qadam bo’ldi. Mazkur Farmonga muvofiq, mulk shaklidan qat’iy nazar barcha sug’urta tashkilotlari 2002 yilning 1 fyevralidan boshlab uch yil muddatga daromad (foyda) solig’i to’lashdan ozod etildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Sug’urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida" 2002 yil 27 noyabrda qabul qilgan qarori sohani rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etdi. O’zbekiston hukumati tomonidan sug’urta sohasini rivojlantirishga katta e’tibor berilib, sug’urta bozorini bosqichma-bosqich isloh qilish tamoyili amalga oshirilmoqda. O’zbekistonning mustaqil rivojlanishi davrida sug’urtalashning huquqiy bazasiga va sug’urta sohasida bozor tuzilmasini rivojlantirishga poydyevor qqyildi, misol uchun sug’urtalashda tomonlarning o’zaro munosabatlarini tartibga soluvchi va respublikada sug’urta faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishning tamoyillarini belgilovchi xalqaro andozalarga mos kyeluvchi hamda talablarga javob beruvchi O’zbekiston Respublikasining «Sug’urta faoliyati tqg’risida»gi qonuni 2002 yil 5 apryelda qabul qilindi. Aytish kerakki, yangi qonun Yurtimizda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy sohalarda o’tkazilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, mamlakatimizda olib borilayotgan erkinlashtirishni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Bu qonunning qabul qilinishi sug’urta munosabatlarida ishtirok etuvchi tomonlarning huquq va manfaatlarini himoyalashga muhim hissa bo’lib qo’shildi. Sug’urta sohasini tartibga soluvchi qonunchilik hujjati normalari xalqaro standartlarga muvofiqlashtirildi. Jumladan, rivojlangan chyet mamlakatlardagidyek bizda ham sug’urta xizmatlari bozori ikkiga ajratildi: hayotni sug’urta qilish bilan bog’liq xizmatlar bozori va umumiy sug’urta xizmatlari bozori. Hayotni sug’urta qilishga ixtisoslashgan tashkilotlar umumiy sug’urta turlarini o’tkazish, umumiy sug’urta turlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar esa hayotni sug’urtalash huquqiga ega bo’lmaydi. To’g’ri, bizda hayotni sug’urta qilish, ayniqsa, uzoq muddatli sug’urta turlarini rivojlantirishda ba’zi muammolar mavjud. Bu sug’urta turini amalga oshirish uchun fuqarolarda sug’urta tashkilotlariga ishonch bo’lishi bilan bir qatorda yetarli miqdorda mablag’ ham bo’lishi zarur. Faqat hayot sug’urtasi bilan bog’liq xizmatlarni ko’rsatishda emas, balki korxona va tashkilotlarning mol-mulki hamda boshqa ixtiyoriy sug’urta turlarini o’tkazishda ham talay muammolar mavjud. Bu muammolarni hal etish sug’urta tashkilotlari va ularning salohiyatli mijozlari bo’lmish ko’pming sonli aholi, Yuridik shaxslarning o’zaro hamkorligiga bog’liq. Jamiyatda aholi va korxona hamda tashkilot rahbarlarining sug’urtaga bo’lgan munosabatini tubdan o’zgartirish lozim. Bu, o’z navbatida, sug’urta tashkilotlari tomonidan faol tuShuntirish, targ’ibot ishlarini olib borishni taqozo etadi.



Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin