Moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua bilim sohalari


uchun menejerlarining



Yüklə 4,22 Mb.
səhifə53/72
tarix16.12.2023
ölçüsü4,22 Mb.
#181968
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   72
moliya qollanma

uchun

menejerlarining

- tuzilmalar bo‘yicha

stavkalaridagi




qo‘llanilib,

o‘zlarining tuzilma

diskont stavkalarini

farqlanish




har bir

kapital baholarini

tanlash bilan bog‘liq

tuzilmalarda




tuzilma

kamaytirishga

potensial xarajatlarning

xarajatlarni vujudga




uchun

qaratilgan

vujudga kelishi;

keltiradi, tuzilmalar




alohida

raqobatiga ta’sir

- vakillik tuzilmalari

aro emas.




diskont

ko‘rsatadi.

uchun yagona tuzilma







stavkadan




firmalarni topishning







qo‘llaniladi.




murakkabligi.






Kompaniyaning kapital bahosini hisoblash bir qancha moliyaviy vositalardan foydalanishni talab etadi.Tahlilchi soliqdan so‘nggi kapital bahosini hisobga olishda imtiyozli aksiyaning bahosini, o‘rtacha aksiya bahosini va o‘rtacha tortilgan kapital bahosini hisoblashi zarur.
Yangi kapital investitsiyalarni baholash uchun firmaning kapital bahosidan foydalanish Har bir biznes tarmog‘ining o‘ziga xos risklari mavjud.1- jadvalda ko‘rishimiz mumkinki, Global Energiya uchun kapital bahosi 11% ga teng bo‘lib, firmaning tuzilmaviy kapital bahosining o‘rtachasini o‘zida ifodalaydi va eng kam 8% quvurlar uchun 18% gacha tadqiqot va rivojlantirish uchun kapital baholarini aks ettiradi.
Hozirda Global Energiya barcha faoliyat yurituvchi 3 tuzilmasi uchun 11% kapital bahosidan foydalanmoqda. Unga ko‘ra kashf etish va rivojlantirish kapital bozorida riski uchun 18% bo‘lishni talab qilsada 11% dan foydalanilmoqda. Shunday qilib, Global Energiya yuqori riski loyihalarga yuqori investitsiya kiritadi. Kompaniya umumiy kapital bahosidan foydalanar ekan, o‘zining past riskli tuzilmalari uchun kam investitsiya qiladi.

  1. mavzu. Moliya va investitsion portfelni shakllantirish

Reja:

  1. Foydalilik funksiyasi va loqaydlik egri chiziqlari

  2. Riskli aktivlar investitsiyasini tanlash

  3. Samarali investitsiya tizimidan optimal investitsiya tanlash

  4. Investitsiya tanlashda muqobil risk ko‘rsatkichi

  1. Foydalilik funksiyasi va loqaydlik egri chiziqlari

Investitsiya bozorining asosiy davri mobaynida, taxminan 200 yillar Aqshda va undan ham ko‘proq evropa davlatlarida, hech kim riskni raqamlar orqali ifodalay olishmagan. Investitsiyalar juda riskli edi, ba’zilarini riski boshqasinikidan ko‘proq edi va insonlar buni shunday bo‘lishiga qoyib berishdi. Risk jasurlikda edi, raqamlarda emas. Agressiv investorlarning maqsadi shunchaki qaytaydigan foydani maksimallashtirish edi; qo‘rqoqroqlari esa mablag‘larini saqlab qolish va uzoq muddatli obligatsiyalarga ega bo‘lish bilan hursand bo‘lishardi.55
Biz bu va bundan keying bo‘limlarda investitsiyalar menejmenti bo‘yicha asos hisoblanadigan teoriyalarni olg‘a suramiz: Investitsiya teoriyasi va capital bozor teoriyasi. Investitsiya teoriyasi foydani maksimallashtiraydigan investitsiyani tanlash va shunga monan, o‘zgarmas qabul qilingan risk bosqichlari bilan taqsimlanadi. Ko‘p sonli modellar va tarihiy ma’lumotlarga ko‘ra, investitsiya teoriyasi “tahminiy investitsiya foydasi” va “qabul qilinaydigan investitsiya riski”ni aniqlaydi, shuningdek qanday qilib optimal investitsiya qurishni ko‘rsatadi. Kapital bozor teoriyasi esa investorlarning garov baxosiga ta’sirini ko‘rsatadi. YA’nada aniqroq aytaydigan bo‘lsak, garovning qaytishi va riskning o‘rtasida bo‘lishi kerak bo‘lgan bog‘liqlikni ko‘rsatadi agarda investor tuzgan investitsiya, investitsiya teoriyasi orqali ko‘rsatilgan bo‘lsa. Investitsiya va capital bozor teoriyalari birgalikda investitsiya riskini aniqlash va o‘lchash na’munasi taqdim qiladi va taxmin qilingan foyda va risk o‘rtasidagi bo‘gliqlikni rivojlantiradi(shuningdek risk va investitsiyadan talab qilingan foydani orasidagi bo‘gliqlikni ham).
Tikilgan investitsiyani individual risklarga ko‘ra maksimallashtirish investitsiya teoriyasining maqsadi hisoblanadi. Tarihiy ma’lumotlar va foyda to‘g‘risidagi investorlar tahminlarini ishlatgan holda, investitsiya tanlash “kutilgan investitsiya foydasi” va “qabul qilinaydigan investitsiya riski”ni son ko‘rinishida aniqlash uchun modellash tehnikalaridan foydalanadi va optimal investitsiyani tanlash imkonini taqdim etadi. Ushbu teoriya investitsiya menejerlariga investitsiya riski va tahmin qilingan foydani son ko‘rinishida aniqlashga imkon beradi, sub’ektiv bo‘lgan investitsiya menejmentiga obektiv tarkib qo‘shgan holda. YA’nada muhimrog‘i esa, oldingi vaqtlarda investitsiya menejmenti e’tiborini mulklarning alohida riskiga qaratgan bo‘lsa, investitsiya teoriyasi e’tiborini butunlay investitsiyani o‘ziga qaratadi. Bu teoriya ko‘rinarli darajada kam risk bilan riskli mol-mulklarni birlashtirish va tahmin qilingan foydani aks ettiraydigan investitsiya tashkil qilish imkoni borligini ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda, investitsiyaning riski uning barcha alohida qismlarini risklarini qo‘shib hisoblaganda kam bo‘lishini ko‘rsatadi.
Ushbu bo‘limda biz Harry Markowitz tomonidan tayyorlangan investitsiya tanlash teoriyasini taqdim qilamiz. Bu teoriya investitsiya analizi o‘rtacha dispersiyasi yoki shunchaki o‘rtacha dispersiya analizi deb ham ataladi. Qolayversa odatiy moliyaga ham ozroq nazar tashlaymiz va ushbu formulaning tarafdorlari tomonidan qanday qilib yaratilganini ko‘ramiz.
Investitsiya teoriyasi ikkita soxadan tushunchalarni oladi: moliyaviy-iqtisodiy teoriyalar va ehtimolliklar va statistik teoriyalar. Ushbu qism moliyaviy-iqtisodiy teoriyaning biz investitsiya teoriyasida ishlatgan tushunchalarini ko‘rsatadi. Taqdim etilgan tushunchalar juda tehnik yoki qiyin bo‘lishi mumkin, lekin bu ndan maqsad ushbu tushunchalarni tushunishni osonlashtirishdir. SHundan so‘ng o‘quvchi ushbu tushunchalar zamonaviy investitsiya teoriyasi yaratilishida qanchalik muhim hissa qo‘shganini tushunib etishi mumkin.
Xayotda juda ko‘p xolatlar mavjudki tashkilotlar(shaxslar yoki firmalar) ikki yoki undan ko‘p tanlovdan bittasini tanlashga to‘g‘ri keladi. Iqtisodchilar
foydalilik funksiyasini tushunchasini ishlatadi bir necha tanlovlardan birni tanlash yulini ifodalashga va bu “tanlash teoriyasi deb nomlanadi”. Foydalilik funksiyasi barcha tanlovlarni raqamli qiymatini aniqlaydi. Qanchalik katta qiymat ko‘rsatsa qaysidir tanlov, o‘shandan ko‘rinaydigan foyda ham shuncha katta bo‘ladi. Tanlangan ushbu tanlov boshqa hammasidan ko‘ra iqtisodiy jihatdan maksimal foyda beradi.
Investitsiya teoriyasiga ham ko‘ra kompaniyalar bir necha tanlovlarga ega bo‘ladi. Har xil investitsiyalar har xil foyda va risk qiymatiga ega bo‘ladi. Qolayversa, Qanchalik katta foyda tahmini bo‘lsa, shunchalik kata risk ham bo‘ladi. Tashkilotlar barcha investitsiyalar risk-foyda kombinatsiyalari tizimida qaror qilish holatida bo‘ladi: qaysiki kutilgan qaytim foydaning darajasini ko‘taradi, kutilmagan risk esa tushurib yuboradi. SHuningdek, tashkilotlar turli xil risk-qaytim kombinatsiyalaridan foydaning har xil darajalarini qabul qiladi. Mavjud bo‘lgan risk-qaytim kombinatsiyalaridan qabul qilingan foyda, foyda funksiyasi orqali ifodalanadi. Osonroq aytaydigan bo‘lsak, foydalilik funksiyasi tashkilotlarga qabul qilinaydigan risk va tahmin qilingan foydani orasidagi maqbul echimni topishga ko‘maklashadi.


20.1-rasm. Foydalilik funksiyasi va egri chiziqlar
Foydalilik funksiyasi grafik ko‘rinishida bir qancha egri chiziqlar orqali ifodalanadi. 20.1-rasmda u1,u2,u3 bilan belgilangan egri chiziqlarni ko‘rsatdik. Odatga ko‘ra gorizontal o‘q riskni o‘lchaydi va vertikal o‘q tahminiy foydani o‘lchaydi. Har bir egri chiziq turli xil risk va foydalar kombinatsiyalari bilan bo‘lgan investitsiyalar to‘plamini ko‘rsatadi. Berilgan egri chiziqlardagi har bir nuqtalar investorga risk va foyda kombinatsiyalaridagi bitta darajadagi foydalilikni ko‘rsatadi. Misol uchun, u1 dagi foydalilik egri chizig‘ida, 2ta nuqta bor, bular U va U. U da kattaroq tahminiy foyda ko‘rsatkichi bor Undan ko‘ra, shuning bilan birga risk darajasi ham katta. CHunki ikki nuqta ham bitta egri chiziqda yotadi va investorga teng miqdorda imtiyoz bor hisoblanadi ikki nuqta uchun, umuman aytganda ushbu egri chiziqning barcha nuqtalari uchun. Ushbu egri chiziqlardagi qiya joylar shuni ko‘rsatadiki, bir xil foydalilik darajasiga ega bo‘lish degani bu, investor katta miqdordagi foyda talab qilsa, katta miqdordagi riskka rozi bo‘lishi kerak degani.






  1. rasmdagi 3 ta egri chiziqlardagi investor qabul qilaydigan foyda gorizontal o‘q bo‘yicha kattarib boradi, chunki har bir egri chiziq quyidagisidan ko‘ra ko‘proq foyda qaytaradi har bir risk darajasiga ko‘ra. SHunaqa qilib, u3 da ko‘rsatilgan foydalilik eng kattasi va u1 dagi eng kichigi hisoblanadi.56

Berilgan risk darajasidagi eng katta tahminiy foyda qaytaraydigan investitsiya samarali investitsiya deyiladi. Samarali investitsiya qurish uchun investorlar o‘zini investitsiya kiritish jarayonida qanday tutishini faraz qilish lozim. Eng asosiy faraz esa bu investorlar riskka qarshi insonlardir. Riskka qarshi investor degani bu bir xil tahminiy foydali ikki xil riskli investitsiyani tanlash kerak bo‘lganda riski kamini tanlaydigan investorlardir.
Tanlangan investitsiyada investor o‘zining riskka bo‘lgan normasini belgilab olgan holda foydasini maksimallashtirish choralarini izlaydi. Boshqachasiga esa, investor foydani kamaytirmagan holda riskni minimallashtirish yullarini qidiradi. Taklif qilingan samarali investitsiyalar ichida investor tomonidan ko‘proq ma’qul ko‘rilgani optimal investitsiya deyiladi.
2 Riskli aktivli investitsiyasini tanlash
Riskli aktiv degani kelajakda foyda kelishi aniq emas aktiv degani. Qimmatbaho qog‘ozlar bozori riskli aktivlar ustiga qurilgan, sababi kelajak dividendlari haqida aniq ma’lumot bo‘lmaydi va investor sotishni hohlaganda qanchaga sota olishini bilmaydi. Obligatsiyalar uchun ham bu fikr o‘zgarmaydi sababi buning ham foyda kelishini to‘xtab qolishi riski mavjud.
SHuningdek, kelajakda foyda qaytishi aniq bo‘lgan aktivlar ham mavjud. Bunaqa aktivlar risksiz aktivlar hisoblanadi.Risksiz aktivlar AQSH hukumatidagi qisqa muddatli obligatsiyalar ka’bi ta’riflashimiz mumkin. Masalan, investor AQSH hukumati garovini satib olsa bir yillik muddatga va uni bir yil saqlashga reja qilsa, foyda haqida hech qanday tushunmovchilik bo‘lmaydi. CHunki investor biladiki, garovning so‘nggi muddati bir yil va shu bir yilni oxirida hukumat oldindan belgilangan summani to‘lab beradi.
Hozir biz riskli aktivlarning haqiqiy va kutilgan foydalarini va riskli aktivlar investitsiyasini aniqlash va o‘lchashga tayyormiz.
Bir davrli investitsiya foydasi uchun. Investitsiya aktivlarini ma’lum bir davr mobaynidagi foydasini, ushbu investitsiyaning har bir qismini o‘rtacha foydasini hisoblagan holda oson ravishda quyidagi formula bilan hisoblashimiz mumkin:
Rp—W1R1+W2R2+... +WgRg (1)
Bu erda:
Rp -investitsiyaning ma’lum davr mobaynida qaytishi Rg - g aktivining ushbu davr mobaynida qaytishi Wg - g aktivining davr boshida investitsiyadagi vazni G - investitsiyadagi aktivlar soni
Qisqacha qilib yozsak, oldingi tenglamani (1) ushbu formula orqali ifodalash mumkin:
R =2>Л (2)1'9
g=i

  1. tenglamada investitsiyaning qaytimi Rp, g ta aktivlarning har birining investitsiyadagi qismi va shuningdek ulardan kelaydigan foydaning summasiga teng. Investitsiya qaytimi Rp ba’zida davriy qaytim yoki ex post qaytim deyiladi.

Masalan, quyidagi investitsiya 3ta aktivdan iborat:

Aktivlar

Ma’lum davr boshidagi bozor qiymati($)

Davr mobaynidagi qaytim

1

6 million

12%

2

8 million

10%

3

11 million

5%

Ja
mi

25 million




Bos

iqachasiga aytganda, jami bozor qiymatiga har bir aktivni nisbatiga ko‘ra:

Aktivlar

Investitsiyaning bozor qiymatiga nisbatiga ko‘ra

Davr mobaynidagi qaytim

1

$6 million / $25 million = 24%

12%

2

$8 million / $25 million = 32%

10%

3

$11 million / $25 million = 44%

5%



Sezganingizdek qismlar yig‘indisi 1ga teng. 1-tenglamaga qoygan holda biz tanlangan davr mobaynidagi qaytimni hisoblaymiz:
Rp = (0.24*0.12) + (0.32*0.10) + (0.44*0.05) = 8,28%
Tanlangan davr mobaynidagi investitsiya qaytimi 8.28 %. Pul qiymatiga hisoblaganda esa $25 million * 0.0828 = $2.07 million.57
Birinchi tenglamada (1), Ma’lum bir davr mobaynida investitsiyaning haqiqiy qaytishini hisobladik.Investitsiya menejmentida investor riskli aktivlardan tuzilgan investitsiyaning kutilgan qaytishini ham bilishni hohlaydi.Boshqacha aytganda, ex ante qaytim. Kutilgan investitsiya qaytimi, har bir aktivning kutilgan qaytimi va investitsiyadagi ulushi summasi hisoblanadi. Har bir aktivning kutilgan qaytimidagi ulushi bu investitsiyaning umumiy bozor qiymatiga nisbatan foizi hisoblanadi.Va quyidagi ko‘rinishga ega:
E(Rp) = W1E(R1 )+W2E(R2)+...+WgE(Rg) (3)
E () kutilgan qiymatni anglatadi, va e(Rp) investitsiyaning ma’lum davr mobaynidagi kutilgan qaytimini anglatadi.
Biz kutilgan qaytim e(Ri)ni hisoblaymiz, riskli aktiv i ga ko‘ra. Birinchidan, kelajakda kutilishi mumkin bo‘lgan qaytimni ehtimolli taqsimlanishini belgilaymiz. Ehtimolli taqsimlanish tasodifiy o‘zgaruvchi uchun barcha
natijalarning aktivlardagi tahminiy sodir bo‘lishi hisoblanadi. Ehtimolli taqsimlanishni inobatga olgan holda, tasodifiy o‘zgaruvchining kutilgan qiymati bo‘lishi mumkin bo‘lgan natijalarning o‘rtacha ulushi hisoblanadi. Ulush esa mumkin bo‘lgan natija bilan bog‘langan tahmin hisoblanadi.
Bizning holatda esa, tasodifiy o‘zgaruvchi bu i aktivining noaniq qaytimi hisoblanadi. Mumkin bo‘lgan qaytim foizi uchun ehtimolli taqsimlanishga ega bo‘lgan holda, i aktivining kutilgan qaytim foizi mumkin bo‘lgan natijalarning o‘rtacha qiymatiga teng. “Aktiv qaytimining kutilgan qiymati” terminidan ko‘ra biz shunchaki “kutilgan qiymat” terminin ishlatamiz. Matematik ko‘rinishda aytaydigan bo‘lsak, i aktivi qaytimining kutilgan qiymati quyidagi ko‘rinishga ega:
E(Ri) = P1R1+P2R2+ • • .+PnRn (4)

Yüklə 4,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin