115SIC to‘rt xonali Standart sanoat klassifikatsiyasi (Standard Industrial Classification) sanoat turini aniqlashda ishlatiladi.
O‘TKB
—
0.0929 yoki 9.29%
D PANEL: CHAKANA SAVDO SAN
OATI UCHUN TUZILMAVIY O‘TKB
Kapital strukturasi vazni
x
Soliqdan so‘nggi qarz bahosi
—
Natija
Qarz
050
x
0.0465
—
0.0233
Ulushli kapital
0.50
x
0.0760
—
0.03580
O‘TKB
—
0.0613 yoki 6.13%
Shuni hisobga olish kerakki, qarz stavkalari bir-biridan farq qiladi va qarz summasi (C panelda aks etgan) va ikki sanoat turi uchun qabul qilingan risk darajalari jadvalda keltirilgan. B panelda ulushli kapitalning soliqdan so‘nggi bahosi KABM modeliga asosan hisoblangan. Ikki sanoat turi uchun ulushli kapitalning turlichaligi sababi ularning beta koeffitsiyenti bilan bog‘liq. Shunday qilib D va E panellari ikki sanoat segmenti uchun O‘TKB hisob-kitobi aks etgan. Ishlov berish sanoatining o‘rtacha tortilgan kapital bahosi 9.29%, chakana savdo uchun O‘TKB 6.13% ga teng. Agar kompaniya yangi loyihani baholash uchun ikki O‘TKB ning birlashmasidan foydalansa, O‘TKB shu ikki sanoat ko‘rsatkichning oralig‘ida bo‘ladi. Bu shuni anglatadiki, firma bir qancha ishlov berish yoki chakana savdo bo‘yicha lohiyalarni qabul qilishi mumkin. Tuzilmaviy O‘TKB - hisoblash va unga cheklovlar. Tuzilmaviy O‘TKB yagona bo‘lishiga qaramay, sanoatga asoslangan taqqoslama firmalarda ishlatilsa ham, uni amalga oshirish bo‘yicha potensial cheklovlar ham mavjud:
Tanlab olingan sanoat firmalari yoki uning tuzilmalari bir-biriga to‘g‘ri kelmay qolishi mumkin. Masalan, Valero kompaniyasi tahlilchisi o‘zlarining ishlov beruvchi tuzilmasiga mutanosib risk darajasi yaqin bo‘lgan ikki yoki uch firmani tanlab oladi va natijada yoqilg‘iga ishlov berish sanoatidagi (SIC 2911) barcha firmalarning yig‘masidan foydalanmaydi. Kompaniyaning menejerlari bu sanoatga kiruvchi ko‘p firmalar orasidan risk profili yaqin taqqolash mumkin bo‘lgan kompaniyalarnigina tanlab oladi.
Tahlil qilinayotgan tuzilma sanoat guruhidan tanlab olingan firmaniki kabi bir xil kapital strukturasiga ega bo‘lmasligi mumkin. Tuzilmalar tuzilmaviy kapital, bahosini hisoblash uchun kapital bahosi tanlab olingan firmadan ko‘p yoki kam leverijga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, 2011-yilda Exxon Mobil kapitalining atigi 4% ni qarz hisobiga shakllantirdi, Valero Energy esa 35% ni qarz hisobiga shakllantirdi54.
Tanlab olingan sanoat turidagi tuzilmaviy risklar loyihaning riskini to‘g‘ri aks etmasligi mumkin. Ta’rifga ko‘ra, firmalar turli faoliyatni amalga oshiradilar va loyiha uchun bir xil faoliyatga aloqador bo‘lgan firmalarni alohida ajratib olish ham murakkab. Hatto tuzilmalar doirasida ham, individual loyihalarda ham risk turlicha bo‘lishi mumkin. Agar hatto tuzilmaviy risklarni bir-biriga to‘g‘ri
moslasak, tuzilmada amalga oshirilgan lohiyalarda ham farqlar kuzatiladi. Masalan, ba’zi lohiyalar ishlab chiqarish imkoniyatini oshirish uchun qaratilgan bo‘lsa, boshqalari yangi mahsulotni ishlab chiqarishga qaratiladi. Ularning ikki turi ham tuzilmalarda mavjud, ammo ularning risk darajalari turlicha.
Ma’lum tuzilma uchun yaxshi taqqoslash mumkin bo‘lgan firmani topish murakkab. Ko‘pchilik qimmatli qog‘ozlari ommaviy savdoda bo‘lgan firmalar biznesning bir qancha turlari bilan faoliyat yuritadilar, ammo ularda turlicha risklar mavjud.
Yuqoridagi fikrlarga ko‘ra tuzilmaviy O‘TKB loyihaning diskont stavkasini topishda ko‘maklashsa ham kompaniya bo‘yicha qo‘llaniladigan O‘TKBning yaxshilangan turi xolos, hamda uni mukammal deb atab bo‘lmaydi. Shunga qaramay, agar firmaning investitsion imkoniyatlari sanoat turi bo‘yicha risklardan tubdan farq qilsa, tuzilmaviy O‘TKBning afzalligi firma o‘rtacha tortilgan kapital bahosidan oshadi. Bu turli diskont stavkalariga ega loyihalar uchun metodologiya vazifasini bajarib, menejerlar uchun, turli loyiha uchun diskont stavkalarni qo‘llash bo‘yicha amalga oshiradigan xarajatlarni kamaytirishda samarasini beradi. 5-jadval investitsion imkoniyatlarni baholash uchun yagona firma doirasida qo‘llaniladigan O‘TKB va tuzilmaviy O‘TKB ni qo‘llash bo‘yicha xulosalarni aks etadi. 19.5-jadval Mos o‘tkbni tanlash - diskont stavka va loyiha risklari
Kompaniya uning investitsion imkoniyatlarini aniqlayotganda firmaga turli risklar tahdid solgan holatda ham yagona O‘TKBni qo‘llash uchun yetarlicha asosli sabablar mavjud. Yangi investitsion lohiyalarni hisoblash jarayonida ko‘pchilik firmalar tuzilmaviy O‘TKBdan risklarni bartaraf etish maqsadida turli diskont stavkalarni qo‘llaydilar. So‘nggisi loyihaga taalluqli kapital bahosini hisoblaganda va firmaning o‘rtacha kapital bahosiga teng yagona diskont stavkani qo‘llaganda vujudga keladigan xarajatlarni kamaytirishga qaratiladi.
Usul
Ta’rif
Afzalliklari
Kamchiliklari
Foydalanish sharoitlari
O‘TKB
Firma uchun hisoblangan O‘TKB barcha lohiyalar uchun diskont stavka sifatida xizmat qiladi.