2. “Zamonaviy moliya”ni o‘rganishning ob’ektiv zarurligi “Zamonaviy moliya” (fani)ni o‘rganishga astoydil kirishmoqchimiz? Uning
Siz uchun naqadar zarur ekanligini his etishni istaysizmi? Unda, hech
bo‘lmaganda, quyidagi hayotiy misol va savollarga bir e’tibor bering:
• Siz pul to‘plash (jamg‘arish)ni boshladingiz va ularni bankda (gi hisob
varag‘ida) saqlamoqdasiz. O‘z mablag‘ingizni biror bir o‘zaro fond
1
ga
qo‘yishingiz (joylashtirishingiz) to‘g‘ri bo‘ladimi? Agar to‘g‘ri bo‘lsa, aynan qaysi
fondga qo‘yish (joylashtirish) kerak?
• Sizga avtomobil kerak bo‘lib qoldi. Uni sotib olish kerakmi yoki shunchaki
ijaraga olgan yaxshi (ma’qul)mi?.
• o‘quv yurtida o‘qib yurganingizda Siz mardikorlik (masalan, to‘yxona yoki
restoranlarda ofitsiantlik) qilib pul topgansiz va o‘qishni tugatgach restoran
ochishga ahd (qaror) qildingiz. Sizning shunday qilishingizga bu arziydimi?
Umuman, bu to‘g‘ri bo‘ladimi? Buning uchun qancha mablag‘ talab etiladi? Siz bu
mablag‘ni qayerdan olishingiz mumkin?
• O‘zbekistonda televizor ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyaning moliyaviy
direktori Sizdan maslahat so‘ramoqda. U firmasining faoliyat sohasini kengaytirish
arziydimi (maqsadga muvofiqmi) yoki yo‘qmi, shuningdek, telekommunikatsiya
sohasida biznes bilan shug‘ullanmoqchiligi borasida Sizning fikringizni bilmoqchi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi biznes tashkil etish uchun firma keyingi bir
necha yil ichida qariyb 300 mln. so‘m sarflashi, keyingi yillarda ko‘riladigan
iqtisodiy samara esa har yili olinadigan 100 mln. so‘mlik foydada mujassam. Siz
unga nima(lar)ni maslahat berasiz?
• Siz Jahon banki mutaxassislari guruhida ishlaysiz. Guruhning vazifasi
O‘zbekistonning qarz so‘rab qilgan murojaatini tahlil qilishdan iborat. Mablag‘ni
ulkan loyiha, ya’ni gidro yoki issiqlik elektrostansiya qurilishiga sarflash ko‘zda
tutilgan. Bunday vaziyatda Siz nimalarga asoslanib maslahat berasiz?
Bu savollarning haqqoniy yoki asoslangan javoblarini “Zamonaviy
moliya”ni o‘rganmasdan ham topaolaman, deb o‘ylamang.
“Zamonaviy moliya” (fani)
2
ni o‘rganish uchun eng kamida beshta o‘ta
muhim sabab bor. Ularni chizmada quyidagicha ko‘rsatish mumkin (navbatdagi
betdagi 1.1-rasmga qarang):
Demak, 1.1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, xususan, “Zamonaviy moliya”ni:
o‘z pul mablag‘laridan samarali foydalanish;
biznes dunyosida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish;
qiziqarli va daromadli karera qilish;
mamlakat iqtisodiy siyosatiga ta’sir qiladigan ongli fuqarolik qarorlari qabul
1
Bu o‘rinda «jamg‘arma» so‘zini ishlatmaganimizga xafa bo‘lmang. Chunki “fond” so‘zi o‘zbek tilida
ishlatilishi mumkin bo‘lgan xalqaro atamalardan biridir. Bu to‘g‘rida batafsil qarang: o‘sha manba. J. IV. – B. 356.
2
Bu va bundan keyingi o‘rinlarda «Zamonaviy moliya», «Zamonaviy moliya» fani, «Moliya» fani va
«Moliya»lar, ayrim hollarda, teng kuchli so‘z va iboralar shakli va mazmunida ishlatilishi mumkin.
7
qilish imkoniyatiga ega bo‘lish;
dunyoqarashni kengaytirish uchun o‘rganiladi.
Keling, endi bu sabablarni batafsil o‘rganib chiqaylik.