Birinchidan, ma’lum moliyaviy prinsiplar va qonunlarni bilish shaxsiy
mablag‘dan to‘g‘ri foydalanish imkonini beradi. Shunday ekan, kim bunday
imkoniyatlarga ega bo‘lishni istamaydi, deysiz?! Siz biror bir moliyaviy bilimsiz
yashay olasizmi? Balki yashay olarsiz. Ammo, odam moliya sohasida butkul omi
(savodsiz) bo‘lsa, boshqalarga to‘liq qaram bo‘lib qoladi
3
. Yoki Siz bunga
ishonmaysizmi? Bir aqidani eslang-a?: “Ahmoq puli bilan tez xayrlashadi!”. Bu –
bekordan-bekorga aytilgan emas. Bu ham hayot sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan
– aksioma. U isbot talab qilmaydi. Va aksincha, “Pul bo‘lsa, changalda sho‘rva”,
“Vaqt – bu pul” degan maqollar bekordan-bekorga kundalik hayotimizga shiddat
bilan kirib borib, tobora dolzarbroq ahamiyat kasb etayaptimi?! Ijobiy ma’noda
“Hammasini pul hal qiladi”, deb ham bejizga aytilmayapti-ku?! Bunday sharoitda
pulingiz bilan tezda xayrlashadigan ahvolda bo‘lsangiz, unda nima qildik?
1.1-rasm.
“Zamonaviy moliya” (fani)ni o‘rganish sabablari. Hayotda moliyaviy maslahatchiga biror masalada maslahat so‘rab muro-jaat
qilinadigan vaziyat ko‘p va tez-tez bo‘lib turadi. Bugungi kunda ko‘plab xususiy
maslahatchilar va maslahat firmalari: bank xodimlari, fond va sug‘urta brokerlari,
o‘zaro fondlarning qimmatli qog‘ozlarini sotuvchi kompaniya xodimlari va
ko‘plab shu kabi shaxslar shunday xizmatlarni taklif etadilar. Ko‘pincha bunday
maslahatlar bepul beriladi, chunki yordam so‘rab murojaat qilgan mutaxassis yaqin
kunlar (kelajak)da kompaniyaning yoki tegishli mutaxassisning potensial
(salohiyatli) mijozi(ga) bo‘lishi (aylanishi) mumkin. Ammo, olingan maslahatning
sifatini qanday baholasa bo‘ladi? Sizni chuv tushirib ketishmadimikan? Balki,
“oltin tog‘” va’da qilinib, qo‘yningiz puch yong‘oqqa to‘ldirilgandir? “Zamonaviy
3
Bunday ahvolga tushib qolishni sira istamasligimiz mutlaqo aniq!
O’z pul
mablag’-
laridan
samarali
foyda-
lanish
Biznes
dunyosid
a muvaf-
faqiyatli
faoliyat
yuritish
Qiziqar-li
va daro-
madli
karera
qilish
Mamlakat
iqtisodiy
siyosatiga
ta’sir qi-
ladigan
ongli fu-
qarolik
qarorlari
qabul qi-lish
imko-
niyatiga
ega
bo’lish
Dunyoqa-
rashni
kengay-
tirish