“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/202
tarix21.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#158949
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   202
Moliya UMK

1-nazorat uchun savol 
Qarz majburiyatlari, aksiyalar va hosilaviy qimmatli qog‘ozlarning asosiy 
xarakteristikalari qanday? 
7-mavzu. Moliyaviy bozor stavkalari 
Reja: 
1.
 
Foiz stavkalari 
2.
 
Riskli aktivlarning daromadlilik stavkasi 
3.
 
Bozor indekslari va indekslash strategiyasi 
4.
 
Inflyatsiya va real foiz stavkalari 
5.
 
Foizli stavkalarni tenglashtirish 
6.
 
Daromadlilik stavkalari darajasiga ta’sir etuvchi asosiy omillar 
1. Foiz stavkalari 
Olin(ayot)gan mablag‘lar bo‘yicha va’da qilin(ayot)gan (promised) 
daromadlik stavkasiga (yoki daromad stavkasi) foiz stavkasi deb ataladi. 
Olin(ayot)gan mablag‘larning turiga qarab, turli xil foiz stavkalari mavjud. 
Masalan, uy sotib olish uchun qarz oluvchi kishi ushbu qarzni 
garov bo‘yicha foiz 
stavkasi
(mortgage rate) deb nomlanuvchi foiz stavkasi bo‘yicha to‘laydi. Bank 
tomonidan firmalardan undiriladigan stavka esa 
tijorat krediti bo‘yicha foiz 
stavkasi 
(commercial loan rate) deb ataladi. 
Kreditning har qanday turi yoki qayd qilingan daromadga ega vosita 
bo‘yicha foiz stavkasi miqdori bir qator omillarga bog‘liq. Bulardan eng muhimlari 
hisob-kitob pul birligi 
(unit of account), 
to‘lov muddati 
(maturity) va 
kredit 
kelishuvi shartlarining qarz oluvchi tomonidan bajarilmaslik riski, 
yoki 
defolt 
riskidir 
(default risk). Ushbu omillarning har birini batafsilroq ko‘rib chiqamiz. 
• 
Hisob-kitob pul birligi
to‘lovlar amalga oshiriluvchi pul birligini o‘z ichiga 
oladi. Hisob-kitob birligi bo‘lib, qoidaga ko‘ra, u yoki bu mamlakatning valyutasi 
hisoblanadi: dollar, yevro, frank, funt, rubl, so‘m, peso va hokazolar. Ba’zida birlik 
sifatida qandaydir bir tovar qo‘llaniladi, masalan, oltin, kumush yoki tovar va 
xizmatlarning standart «savati». Foiz stavkasi hisob-kitob pul birligiga bog‘liq 
holda o‘zgaradi.
• Qayd qilingan daromadga ega bo‘lgan vosita bo‘yicha
 to‘lov muddati – 
bu 
davomiyligida jami olingan summani to‘lash lozim bo‘lgan vaqt. Qisqa muddatli 
instrument (vosita)lar bo‘yicha foiz stavkasi, uzoq muddat-lilarining foiz 
stavkasidan yuqori, past yoki teng bo‘lishi mumkin. 
• 
To‘lanmaslik riski
qayd qilingan daromadga ega instrument (vosita) 
bo‘yicha qarzning asosiy summasi yoki foizning qandaydir bir qismi qarz oluvchi 
tomonidan to‘lanmaslik ehtimolini o‘z ichiga oladi. Bu riskning darajasi qanchalik 
baland bo‘lsa, qarz oluvchi o‘z investorlariga uning qimmatli qog‘ozlarini sotib 
olishga rozilik bildirishlari uchun shunchalik yuqori foiz stavkasini va’da qilishi 
lozim. 


57 
Endi, keling, ushbu uch omil amalda qanday qilib foiz stavkasi darajasi 
(o‘lchami)ga ta’sir etishini ko‘rib chiqamiz.

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin