4. Firmaning barqaror o‘sishi koeffitsiyenti
14.1-rasm mo‘ljallangan sotish hajmiga erishish uchun tashqi moliyalashtirish
summasi qanchalik ko‘payishi kerakligini yaqqol ifoda etadi. Biroq bizda qarama-
qarshi savol ham vujudga kelishi mumkin: tashqi manbalardan faqatgina
chegaralangan summani olishi mumkin bo‘lgan sharoitda firmaning sotish hajmi
qanchalik tez o‘sishi mumkin?
14.1-rasm.
Tashqi moliyalashtirishning sotish hajmining o‘sish
sur’atlari bilan bog‘liqligi
Ushbu savolga javob berish uchun kompaniyaning tashqi moliyalashtirish
imkoniyatlari quyidagilar bilan cheklanadi, deb faraz qilamiz:
Firma yangi aksiyalarni muomalaga chiqarishni rejalashtirmayapti.
Demak, firmaning aksiyadorlik kapitali taqsimlanmagan daromadni
ko‘paytirish natijasidagina oshishi mumkin;
Firma o‘z kapitali va qarz olingan kapital nisbati koeffitsiyentini oshirishni
istamaydi.
Demak,
taqsimlanmagan
daromad o‘sishi natijasida
kompaniyaning o‘z kapitali qanday sur’atda oshsa, tashqi qarz summasi
ham xuddi shu sur’atda oshadi.
Bunday sharoitda firmaning o‘z kapitali qancha tez ko‘paysa, firmaning o‘zi
78
Qarang: www.prenhall.com/bodie
116
ham shuncha tezlikda rivojlanadi. Firmaning rivojlanishi undan-da tezroq
bo‘laolmaydi. O‘z kapitali o‘sishi koeffitsiyenti
barqaror o‘sish koeffitsiyenti
deb ataladi (sustainable growth rate). Barqaror o‘sish koeffitsiyenti quyidagi
formula bo‘yicha hisoblanadi:
Barqaror o‘sish
koeffitsiyenti
=
Foydani ushlab turish
koeffitsiyenti
×
Kapital daromadliligi
koeffitsiyenti (ROE)
Barqaror o‘sish tenglamasini keltirib chiqarish
Barqaror o‘sish koeffitsiyenti = Aksiyadorlik kapitali o‘sishi sur’atlari
Agar firma yangi aksiyalar chiqarmasa, uning aksiyadorlik kapitali o‘sishi
sur’atlari yil boshidagi aksiyadorlik kapitali miqdoriga bo‘lingan taqsimlanmagan
daromad o‘sishi sur’atlariga teng bo‘ladi:
Aksiyadorlik kapitali
o‘sishi sur’atlari
=
Taqsimlanmagan foydaning o‘sishi
Yil boshidagi aksiyadorlik kapitali
Lekin:
Taqsimlanmagan
foydaning o‘sishi
=
Foydani ushlab turish
koeffitsiyenti
X Sof foyda
Foydani ushlab turish koeffitsiyenti – bu firma sof foydasining
aksiyadorlarga dividend sifatida to‘lanmagan yoki kompaniyaning muoma-ladagi
aksiyalarini sotib olishga sarflangan qismi. Ta’rifga ko‘ra bu ko‘rsatkich
quyidagicha aniqlanadi:
Daromadni ushlab turish
koeffitsiyenti
= 1 –
Dividendlarni to‘lash
koeffitsiyenti
–
Aksiyalarni qayta sotib
olish koeffitsiyenti
Binobarin, o‘rniga qo‘yish usulidan foydalanib quyidagini olamiz:
Aksiyadorlik kapitalining
o‘sishi sur’ati
=
Foydani ushlab turish koeffitsiyenti X Sof foyda
Aksiyadorlik kapitali
yoki boshqacha qilib aytganda:
Aksiyadorlik kapitalining
o‘sishi sur’ati
=
Foydani ushlab turish
koeffitsiyenti
X ROE
Va, shu tariqa, biz yana barqaror o‘sish koeffitsiyentiga ega bo‘lamiz:
117
Barqaror o‘sish
koeffitsiyenti
=
Foydani ushlab turish
koeffitsiyenti
X ROE
Dostları ilə paylaş: |