114
Endi kompaniyaning 20x4 yil oxiridagi balansini tahlil qilamiz. Aytaylik,
“XYZ”
o‘z sof foydasining 30,0%ini dividendlar sifatida to‘lashni
rejalashtirmoqda. Shunday ekan, aksiyadorlik kapitali 6,9 mln. so‘mga oshadi
(333,2 dan 340,1 mln. so‘mga). Jami aktivlar 207,0 mln. so‘mni, to‘lanishi kerak
bo‘lgan mablag‘lar esa 10,4 mln. so‘mni tashkil etishi kerak. Keyingi davrda
kompaniyaga moliyalashtirish uchun qancha mablag‘ kerak bo‘lishini aniqlab olish
uchun (ushbu mablag‘larni aksiyalar emissiyasi yoki qarzlar hajmini ko‘paytirish
orqali jamlash mumkin) aktivlar o‘sish hajmidan taqsimlanmagan foyda o‘sishi
summasi va kreditorlik qarzi o‘sishi summasini ayirib tashlash kerak, ya’ni:
Kerakli qo‘shimcha moliyalashtirish summasi =
=
Aktivlar
ortishi
–
Taqsimlanganman
foydaning
ortishi
–
Kreditorlik
qarzlari
summasi
ortishi
= 207,36
–
6,98
–
10,37
= 190,09
Shunday qilib, aniqlab oldikki, prognoz qilinayotgan yilda kompaniyaga
qo‘shimcha 190,1 mln. so‘m kerak bo‘ladi va bu summani kompaniya biror tashqi
moliyalashtirish
manbaidan
olishi
mumkin.
14.1.3-jadvalda
keltirilgan
ma’lumotlarga ko‘ra bu summa to‘liqligicha firmaning qisqa muddatli qarzini
oshirish orqali olinadi. Natijada qisqa muddatli qarz jami miqdori 501,7 mln.
so‘mdan 691,8 mln. so‘mgacha oshadi.
Dostları ilə paylaş: