110
Moliyaviy rejalashtirish sikli (jarayoni) bir necha bosqichdan iborat bo‘lib, u
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1.
Boshqaruv xodimlari firma mahsulotiga talab darajasini va uning bo‘lajak
ishlab chiqarish xarajatlari darajasini belgilovchi asosiy tashqi omillar dinamikasi
prognozini tuzadi. Tashqi iqtisodiy omillarga kompaniya o‘z mahsulotlarini
sotadigan bozorlardagi ishbilarmonlik faolligi darajasi, inflyatsiya darajasi, valyuta
kurslari,
foiz stavkalari darajasi, shuningdek asosiy raqib firmalarning ishlab
chiqarish hajmlari va tovarlarining bahosi kiradi.
2.
Ushbu tashqi omillar va bo‘lajak investitsiya xarajatlari,
ishlab chiqarish
hajmi, marketing va ilmiy tadqiqotlar hamda dividend to‘lash bo‘yicha xarajatlar
borasidagi o‘zlarining dastlabki qarorlari asosida menejerlar firmaning daromadlari
va xarajatlari hamda pul mablag‘lari oqimlari bo‘yicha prognozini tuzadilar.
Shuningdek, ular kompaniyaning tashqi moliyalashtirish manbalaridan mablag‘
olishga bo‘lgan ehtimoldagi ehtiyojini ham belgilaydilar. Ular firma faoliyatining
bo‘lajak moliyaviy ko‘rsatkichlari aksiyadorlar daromad olishini nazarda tutib
tuzilgan dastlabki strategik rejaga nechog‘lik
mosligini, firmada ushbu rejani
amalga oshirish uchun moliyaviy mablag‘ olish imkoniyatini bor yoki yo‘qligini
tekshiradilar. Agar shu ish jarayonida biror bir nomutanosiblik aniqlansa,
menejerlar qabul qilingan qarorni u haqiqiy amalga
oshiri-layotgan rejaga mos
kelmaguncha qayta ko‘rib chiqadilar va shu oxirgi reja yil davomida firmaning
joriy qarorlari uchun dasturga aylanadi. Bundan tashqari, amaliyotda biror prognoz
noto‘g‘ri bo‘lib chiqishi mumkinligini oldindan o‘ylab, qo‘shimcha rejalar tuzib
qo‘yish tartibi ham keng tarqalgan.
3.
Tuzilgan umumiy reja asosida oliy bo‘g‘in rahbarlari o‘zlari va o‘z qo‘l
ostidagilari uchun kelajakda firma samaradorligining muayyan ko‘rsat-kichlarini
belgilab qo‘yadilar.
4.
Amalda erishilgan firma samaradorligi darajasi
muntazam baholab boriladi
(har oyda yoki har chorakda), rejada belgilab qo‘yilgan maqsadlar bilan
solishtiriladi va zarur bo‘lsa to‘g‘rilash choralari ko‘riladi. Yil davomida amaldagi
ko‘rsatkichlar rejalashtirilgan ko‘rsatkichlardan ancha og‘ishsa (farq qilsa),
boshqaruv xodimlari rejaning o‘zini ham butunlay o‘zgartirish (to‘g‘rilash)lari
mumkin.
5.
Yil oxirida xodimlar rag‘batlantiriladi (mukofot yoki ish haqi oshirilishi) va
rejalashtirish sikli (jarayoni) boshidan qayta boshlanadi.
Dostları ilə paylaş: