“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Moliyaviy koeffitsiyentlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/202
tarix21.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#158949
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   202
Moliya UMK

Moliyaviy koeffitsiyentlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar 
Korxona turlari 
ROS × 
ATO = 
ROA 
Supermarketlar tarmog‘i 
0,02 
5,0 
0,10 
Kommunal xizmatlar korxonasi 
0,20 
0,5 
0,10 
Yuqorida bayon etilganlardan asosiy ma’no (xulosa) shuki, sotuvlar 
daromadliligi yoki aktivlar aylanib turishi koeffitsiyentining pastligi, albatta, 
firmaning moliyaviy muammolari bor degani emas. Bu koeffi-tsiyentlarning 
ikkalasini kompaniyaning faoliyat sohasini inobatga olgan holda o‘rganish kerak. 
Bundan tashqari, bir faoliyat sohasi doirasida ham doimiy farqlar bor. Masalan, 
Rolls Royce 
dilerlik tarmog‘i va Chevrolet tarmog‘ining aktivlar daromadliligi 
koeffitsiyenti (ROA) ko‘pincha bir xil bo‘lsa-da, 
Rolls Royce 
dilerlik tarmog‘ining 
joriy rentabellik ko‘rsat-kichlari yuqoriroqligi va aktivlar aylanib turishi 
koeffitsiyenti pastroqligi bilan ajralib turadi. 
2-nazorat uchun savol 
Agar “A” firmaning aktivlar daromadliligi (ROA) “B” firmanikiga nisbatan 
yuqoriroq bo‘lsa va ikkala kompaniyaning aktivlar aylanib turishi ko‘rsatkichi 
(ATO) bir xil bo‘lsa, “A” firmaning sotuvlar rentabelligi koeffitsiyenti (ROS) 
qanday bo‘lishi kerak? 
3. Moliyaviy “dastak” samarasi 
Moliyaviy “dastak” yoki moliyaviy leverij kompaniya faoliyatida qarz olingan 
pul mablag‘laridan foydalanish bo‘lib, shu mablag‘lar yordamida kompaniya 
rahbariyati ishlab chiqarish faoliyatini moliyalashtirish bilan bog‘liq muammolarni 


107 
hal etadi. Atamani (“dastak”) tanlash fizika qonun-lari, ya’ni biron dastak 
yordamida sarflanayotgan kuchni ko‘paytirish mumkinligi qonuni bilan bog‘liq. 
Moliyaviy “dastak” samarasi yordamida kompaniya aksiyadorlari o‘z kapitalidan 
foydalanish daromadliligi koeffitsiyentini (ROYe) oshiradilar. Biroq bunda mazkur 
koeffitsiyentning 
firmaning 
ishlab 
chiqarish 
faoliyatidagi 
samaradorlik 
tebranishiga sezuvchanligi oshadi. O‘z navbatida, firmaning ishlab chiqarish 
faoliyati samaradorligi aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti (ROA) tufayli 
o‘zgaradi. Boshqacha qilib aytganda, moliyaviy “dastak” samarasidan foydalanar 
ekanlar, firma aksiyadorlari ham moliyaviy va ham ishlab chiqarish (operatsion) 
riski bilan to‘qnashadilar. 
Aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti (ROA) qarz olingan mablag‘ bo‘yicha 
foiz stavkasidan yuqori bo‘lsa moliyaviy “dastak” koeffitsiyenti oshganda kapital 
daromadliligi koeffitsiyenti (ROYe) ham oshadi. Bu – tushunarli, albatta, chunki: 
agar aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti qarz olingan mablag‘ bo‘yicha foiz 
stavkasidan yuqori bo‘ladigan bo‘lsa, firma investitsiya qilgan kapitaldan foyda 
oladi va foyda summasi firma o‘z kreditorlariga to‘lashi kerak bo‘lgan summadan 
yuqori bo‘ladi. Shu tufayli ortiqcha mablag‘ hosil bo‘ladi va bu mablag‘ firma 
aksiyadorlari o‘rtasida taqsimlanadi. Demak, kapital daromadliligi koeffitsiyenti 
ortadi. Agar aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti qarz olingan mablag‘ bo‘yicha 
foiz stavkasidan past bo‘ladigan bo‘lsa, u holda aksiyadorlar bunday mablag‘ni 
yollamaslikni afzal ko‘radilar.
Masalan, faraz qilaylik, “A” kompaniyasi moliyaviy “dastak”dan foydalanadi. 
Aksincha, “B” kompaniyasi esa undan foydalanmaydi. Keling, kompaniyalar 
kapitalining daromadlilik koeffitsiyentini (ROE) ikki xil vaziyatda, ya’ni foiz 
stavkasi (1) 10,0% va (2) 15,0% bo‘lganda solishtiramiz. Natijalar quyidagi 13.3-
jadvalda aks ettirilgan. 
13.3-jadval 

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin