105
Jadvalning so‘nggi bo‘limida bozor qiymati koeffitsiyentlari sanab o‘tilgan
bo‘lib, ular yordamida firmaning buxgalteriya hisobidagi ma’lu-motlar uning bozor
qiymatiga qanchalik to‘g‘ri kelishi baholanadi. Bu guruhdan eng ko‘p
qo‘llaniladigani – bu aksiya bahosi va sof foyda nisbati koeffitsiyenti (R/Ye – price
to earnings) va aksiyalarning bozor va balans qiymati nisbati koeffitsiyentidir
(M/V – market to book).
Firmaning moliyaviy koeffitsiyentlarini tahlil qilishda, avvalambor, quyidagi
ikki jihatni inobatga olish zarur:
vaziyat kimning nuqtai nazaridan baholanadi: aksiyadorlarning nuqtai
nazaridanmi yoki kreditorlarningmi?
ko‘rsatkichlarni taqqoslash uchun mezon sifatida nimadan foyda-
laniladi?
Mezoniy etalonlar quyidagilar bo‘lishi mumkin:
xuddi shu davr bo‘yicha boshqa kompaniyalarning moliyaviy koeffi-
tsiyentlari;
o‘rganilayotgan kompaniyaning turli davr bo‘yicha moliyaviy koeffi-
tsiyentlari;
moliyaviy bozorlardan olish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar, masalan,
aktivlar bahosi yoki foiz stavkalari.
Hozirgi paytda turli (jumladan, sanoat) sohalar(i) bo‘yicha moliyaviy
koeffitsiyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish mumkin bo‘lgan ko‘plab
manbalar mavjud.
Dan & Bradstreet
, (2) Robert Morris byurosining yillik
hisobotlar bo‘yicha tadqiqotlari
(Annual Statement Studies by Robert Morris
Associates)
, (3) Savdo palatasining har chorakdagi moliyaviy hisobotlari (the
Commerce Department's Quarterly Financial Report) va (4) turli tijorat
assotsiatsiyalari ana shular jumlasidandir. Bundan tashqari, bu ma’lumotlar
endilikda kompakt-disklarda va Internet orqali tarqatilmoqda.
Dostları ilə paylaş: