102
4.
Likvidlik (liquidity);
5.
Bozor qiymati (bahosi) (market value).
1-jadvalda (navbatdagi betga qarang) ushbu koeffitsiyentlarning
barchasi va
“XYZ”
korporatsiyasi uchun ularni hisoblab chiqarish misollari ko‘rsatilgan.
Jadvalda birinchi bo‘lib,
rentabellik
(yoki
daromadlilik
) koeffi-tsiyenti
keltirilgan. Tahlil davomida firma sotish rentabelligi koeffi-tsiyentini (return on
sales), uning aktivlari rentabelligi (return on assets) yoki kapital daromadliligini
(return on equity) aniqlash mumkin. Birinchi va ikkinchi holatda foyda
ko‘rsatkichi sifatida foizlar va soliqlarni to‘lashdan oldingi
korporatsiya foydasi
olinadi (EBIT — earnings before interest and taxes), oxirgi holatda esa – sof foyda
olinadi. Bundan tashqari, agar moliyaviy koeffitsiyentni hisoblab chiqish uchun
asos bo‘ladigan bitta ko‘rsatkich kompaniya faoliyatining moliyaviy natijalari
to‘g‘risidagi hisobotdan olingan bo‘lsa, demak ma’lum davrni ifodalaydi. Ikkinchi
komponent esa balansdan olinadi va kompaniyaning ma’lum
vaqtdagi moliyaviy
ahvolini aks ettirsa, u holda, odatda, yil oxiri va yil boshidagi balans
ko‘rsatkichlarining o‘rtacha arifmetik soni (qiymati) hisoblab chiqa-riladi va bu
son maxraj sifatida ishlatiladi.
Bundan
keyin jadvalda
aktivlar aylanuvchanligi
koeffitsiyenti keladi. Ular
yordamida firma daromad olish maqsadida o‘z aktivlaridan qanchalik samarali
foydalanayotganini aniqlash mumkin. Aktivlar aylanuvchanligi – bu umumiy
mezon.
Debitorlik
qarzi
aylanuvchanligi
va
tovar-moddiy
zaxiralar
aylanuvchanligi esa tegishli toifadagi aktivlarni baholash uchun qo‘llaniladigan
maxsus mezonlardir.
Keyin jadvalda
moliyaviy “dastak”
koeffitsiyentlari sanab o‘tilgan bo‘lib, ular
firma kapitali tuzilmasini va firmaning kreditorlar oldida qarzdorligi darajasini aks
ettiradi. Qarzdorlik koeffitsiyenti kapital tuzilmasini o‘lchashga xizmat qiladi.
Foizlarni qoplash koeffitsiyenti yordamida esa firmaning foiz to‘lovlari bo‘yicha
xarajatlarni ko‘tara olish qobiliyatini o‘lchash mumkin.
13.1-jadvaldagi to‘rtinchi
guruh
koeffitsiyentlari
likvidlik
koeffi-
tsiyentlaridan tashkil topgan. Bu koeffitsiyentlar firma o‘zining qisqa muddatli
majburiyatlari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga, yoki o‘z hisob varaqlari
bo‘yicha to‘lashga va shundan keyin to‘lovga qodir bo‘lib
qolishini baholash
uchun ishlatiladi. Likvidlik darajasini baholashga xizmat qiladigan asosiy
koeffitsiyentlar – bu joriy likvidlik koeffitsiyenti va ancha aniqroq hisoblanadigan
kritik baholash koeffitsiyentlari (yoki lakmus qog‘oz koeffitsiyenti) bo‘lib, ular
yordamida eng yuqori likvidlikka ega aylanma aktivlar: pul mablag‘lari va bozor
qimmatli qog‘ozlari baholanadi.