“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


 Likvidlik va kassa rejasini bajarish



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/202
tarix21.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#158949
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   202
Moliya UMK

 
6. Likvidlik va kassa rejasini bajarish 
 
Milliarder Xovard Xyuzning (Howard Hughes) naqd pul va kredit 
kartochkalarisiz uni hech kim tanimaydigan shaharda qolib ketgani to‘g‘risida 
afsona bor. Ovqat, boshpana va yo‘lkiraga puli bo‘lmaganligidan uning sovuq va 
ochlikdan o‘lishiga biroz fursat qolgan, xolos. Har qanday korporatsiya xuddi 
shunday ahvolda tushib qolishi mumkin. Iqtisodiy ko‘rsatkichlari va obro‘si baland 
firmalar ham jiddiy moliyaviy muammolarga duch kelishi va hatto bir kun kelib 
to‘satdan puli tugab qolsa yoki kreditni qaytaraolmasa, bankrotlikka (kasodga) 
uchrashi mumkin. Kamdan kam hollarda faqat qisqa muddatli daromad va 
xarajatlarni samarali boshqarish evazigagina katta muvaffaqiyatga erishish 
mumkin. Ammo ular noto‘g‘ri boshqarilsa, firma bankrotlikka yuz tutishi aniq.
Xovard Xyuzning muammosi shunda ediki, u nolikvidlik vaziyatiga tushib 
qolgan edi. Jismoniy yoki yuridik shaxs ma’lum xarid uchun zudlik bilan to‘lash 
yoki o‘z qarzini belgilangan muddatda to‘lash uchun zarur mablag‘ga egaligi holati 
likvidlik
(liquidity) deyiladi. Aks vaziyat nolikvidlikni anglatadi, ya’ni inson yoki 
firma ma’lum xarid uchun zudlik bilan to‘lash yoki o‘z qarzini belgilangan 
muddatda to‘lash uchun zarur mablag‘ga ega, ammo buni zudlik bilan amalga 
oshirolmaydi
80
.
Aktivlarining nolikvidligi oqibatida biror-bir muammo kelib chiqishiga yo‘l 
qo‘ymaslik uchun firma bo‘lajak daromad va xarajatlar bo‘yicha prognozlarni 
imkon qadar aniq tuzishi kerak. Ushbu barcha prognozlar aks ettiriladigan reja 
kassa rejasi (cash budget) deb ataladi. 
3-nazorat uchun savol 
Nima uchun har qanday firma o‘z aktivlari likvidligiga rioya qilishi kerak?
 
80
Aktivlar likvidligi ularni qanchalik tez va bezarar pulga aylantirish mumkinligi bilan belgilanadi. Likvidlik 
darajasining samarali mezoni bu ular sotib olingan narx va ularni zudlik bilan qayta sotish narxi o‘rtasidagi farqdir. 
Shunday qilib, Siz sotib olingan yangi avtomobil likvidligi uning uchun to‘langan narx va shu zahoti boshqa 
odamga sotishingiz mumkin bo‘lgan narx o‘rtasidagi farq bilan belgilanadi. Birja bozorida savdoga qo‘yiladigan 
aktivlar likvidligi talab va taklif o‘rtasidagi farq bilan belgilanadi. Pul mablag‘lari aslida “0” spredli aktiv 
hisoblanadi. 


121 

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin