226
muhim jihatlari 21.3-rasmda tasvirlangan. Unda firma aktivlarining tarkibi
(buxgalteriya balansining chap tomoni) o’zgarmas deb olinadi. A moliyalashtirish
nisbatiga ko’ra firma o’z aktivlarining 30 foizini oddiy aksiyalar va qolgan 70
foizini obligatsiyalar hisobiga moliyalashtiradi. B moliyalashtirish nisbatiga ko’ra
esa firma nisbatni qarshisiga o’zgartiradi va aktivlarning 70 foizini oddiy
aksiyalar, qolgan 30 foizini obligatsiyalar bilan moliyalashtiradi. Oldingi
mulohazalarimizdan kelib chiqib, biz A moliyalashtirish nisbati ko’proq leverejga
ega reja ekanligini bilib olamiz.
Shunga e’tibor qaratingki, 21.3-rasmdagi “pirog”lar bir xil bo’lib, ular
firmaning qiymati – firmaning bozordagi aksiyalarining jami bozor qiymatini
bildiradi. Shuning uchun, A moliyalashtirish nisbati natijasida yuzaga kelgan
firmaning umumiy qiymati va B moliyalashtirish nisbatidan kelib chiqadigan
umumiy qiymat o’zaro teng bo’ladi. Firma qiymati haqiqatda tanlanadigan
moliyalashtirish nisbatiga bog’liq emas, ya’ni
mustaqildir
.
Dostları ilə paylaş: