76
ma’lum ulushga ega bo‘lish huquqini qo‘lga kiritadi va o‘z ulushini istagan vaqtida
bozor bahosida sotishi mumkin.
Bunday fondni boshqaradigan kompaniyahar bir investor ixtiyorida qancha
miqdorda qimmatli qog‘oz borligini va u fond qoidalariga muvofiq olingan
daromadning qancha qismini qayta investitsiya qilishini nazorat qiladi. O‘zaro
fondlar kapital bo‘linishini, hisob olib borilishini va daromad qayta investitsiya
qilinishini, shuningdek mablag‘lar va risklar diversifikatsiya qilinishi uchun
samarali mablag‘larni ta’minlaydi.
O‘zaro fondlarning ikkita asosiy turi mavjud: ochiq va yopiq. Ochiq turdagi
o‘zaro fondlar o‘zlari emissiya qilgan aksiyalarni bir aksiya hisobidan sof aktivlar
bahosi (NAV – net asset value) bo‘yicha sotish va sotib olish majburiyatini o‘z
zimmalariga oladilar. NAV ko‘rsatkichini hisoblash chiqish uchun fond
portfelidagi barcha qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati ular muomalaga
chiqargan barcha aksiyalar soniga bo‘linadi. Oxirgi ko‘rsatkich ochiq turdagi
fondlarda uning ishtirokchilari fondning yangi aksiyalarini sotib olishlari va
eskilarini sotishlari sayin har kuni o‘zgarib turadi.
Yopiq turdagi fondlar bir aksiya hisobidan sof aktivlar bahosi bo‘yicha o‘z
aksiyalarini sotmaydilar va emissiya qilmaydilar. Bunday fondlarning aksiyalari
boshqa oddiy aksiyalar singari brokerlar orqali sotiladi va ularning bahosi bir
aksiya hisobidan sof aktivlar bahosidan farq qiladi.
Dostları ilə paylaş: