3. Pensiya fondlari Pensiyani rejalashtirish dastur (pensiya reja)larida ishtirok etish fuqaroning
shaxsiy jamg‘armasi va mamlakatda ijtimoiy ta’minot dasturida ko‘zda tutilgan
pensiya imtiyozlari bilan bir qatorda pensiyaga chiqqan odamga pensiyaga
chiqishdan oldingi daromadlarni o‘rnini bosadigan yangi daromad manbai bo‘lib
xizmat qiladi. Pensiyani rejalashtirish dasturlari ish beruvchi, kasaba uyushmasi
yoki xodimning o‘zi tomonidan moliyalashtiriladi.
Pensiya dasturlari ikki turga bo‘linadi: belgilangan badallarga asoslangan
pensiya dasturi, yoki jamg‘arma (jamg‘ariladigan, jamg‘arish) pensiya dasturi
(defined-contribution pension plan) va belgilangan imtiyozlarga asoslangan
pensiya dasturlari, yoki rag‘batlantirish pensiya dasturi (defined-benefit pension
plan). Jamg‘arma (jamg‘ariladigan, jamg‘arish) pensiya dasturi bo‘yicha xodim
hisob raqamiga ega bo‘lib, shu hisob raqamiga xodimning ish beruvchisi va,
odatda, xodimning o‘zi muntazam ravishda badal to‘lab boradilar. Pensiyaga
chiqqandan keyin xodim o‘z pensiya jamg‘armasida to‘plagan mablag‘iga teng
summaga ega bo‘ladi.
Rag‘batlantirish pensiya dasturi xodimning pensiya imtiyozlari muayyan
formula asosida hamda ishlagan yillari sonini, shuningdek, ko‘p hollarda uning ish
haqi yoki maoshini inobatga olgan holda belgilanadi. Eng odatiy formulaga ko‘ra
xodim ishlagan har bir yil uchun u pensiyaga chiqqan davridagi o‘rtacha ish
haqidan 1% hisoblanishi ko‘zda tutilgan.
Belgilangan imtiyozlar asosida pensiya dasturini moliyalashtiradigan tashkilot
(pensiya dasturi xomiysi), yoki tashkilot yollagan sug‘urta kompa-niyasi o‘zini
sug‘urta qilgan kishiga bo‘lajak to‘lovlarni kafolatlaydi va shu tariqa investitsion
riskni butunlay istisno qiladi. Ba’zi mamlakatlarda, masalan Germaniya, Yaponiya
va AQShda homiylarning qarilik nafaqasi to‘lanishi borasidagi kafolatlari ma’lum
darajada davlat va yarim davlat tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.