77
6. Venchur
kompaniyalariga kapital qo‘yuvchi firmalar va aktivlarni
boshqaruvchi firmalar
Venchur kompaniyalariga kapital qo‘yuvchi firmalar (venturecapital firms)
investitsiya banklariga o‘xshash, lekin bitta farqi ularning mijozlari yirik
korporatsiyalar emas, balki o‘z faoliyatini endi boshlagan firma-lardir.
Bunday
yosh kompaniyalarning boshqaruvchilari tajribasiz bo‘lib, ular nafaqat moliyaviy
yordamga, balki biznesni olib borish borasida maslahatga ham muhtoj bo‘ladilar.
Mazkur bo‘limda o‘rganiladigan firmalar aynan shunday xizmatlar ko‘rsatadilar.
“Venchur kapitalistlari” (ya’ni “venchurli” kapital qo‘yilmalari bilan
shug‘ullanadigan kompaniya yoki bank) yangi biznesga pul tikadi (qo‘yadi) va
boshqaruv xodimlariga firmani “ommaga chiqishga tayyor” bo‘ladigan
holatga
ko‘tarishga, boshqacha qilib aytganda, o‘z aksiyalarini keng doiradagi
investorlarga sotishni boshlashga yordam beradi. Bu darajaga ko‘tarilgach,
“venchur kapitalisti”, odatda, kapitaldagi o‘z ulushini
sotadi va yangi venchur
kompaniyasi bilan shug‘ullanishni boshlaydi.
Bu kabi firmalar, ko‘pincha,
investitsiyalarni ishonchli (ishonch bo‘yicha)
boshqaruvchi kompaniya
deb ataladi. Ular maslahat beradilar va ko‘p
hollarda
o‘zaro va pensiya fondlarini hamda boshqa aktivlar birlashmalarini alohida shaxs,
firma va davlat tashkilotlari manfaatlari yo‘lida boshqaradilar. Ular mustaqil firma
bo‘lishi yoki boshqa kompaniya tarkibiga uning bo‘limi sifatida kirishlari,
masalan, trast kompaniyasi bankning, sug‘urta kompa-niyasining
yoki brokerlik
firmasining bir bo‘lagi bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: