“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


 Ixtisoslashgan moliyaviy vositachilar



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/202
tarix21.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#158949
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   202
Moliya UMK

2. Ixtisoslashgan moliyaviy vositachilar 
 
Bu guruh tashkilotlar iqtisodiy faoliyatning o‘ziga xos turlarini 
rag‘batlantirish maqsadida tuzilgan kompaniyalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu 
kompaniyalar faoliyati moliyalashtirish jarayonini yengillashtiradi yoki ular 
muayyan guruhdagi mijozlarga har xil turdagi qarzga oid instrument (vosita)larni 
taqdim etadilar. Bunga misol tariqasida fermerlar, talabalar, kichik korxonalar, 
yangi uylarni sotib oluvchilar va boshqalarga qarz beruvchi yoki qarzni 
kafolatlovchi davlat agentliklarini ko‘rsatish mumkin.
Davlat tashkilotlarining boshqa guruhi bank omonatlarining sug‘urtasi uchun 
tashkil etilgan agentliklar sifatida namoyon bo‘ladi. Ularning asosiy funksiyasi 
moliyaviy tizimning barcha qismida yoxud uning qaysidir bir qismida iqtisodiy 
inqirozlarning oldini olish orqali iqtisodiy barqarorlikka ko‘maklashishdan iborat.
Bu rejada eng yomon ssenariy bank sarosimasi hisoblanadi. Omonat-chilar, 
agar pullarining ishonchli joyda turganligi va istagan paytda ularni qaytarib 
olishlariga ishonishsa, o‘z omonatlarini banklarda saqlashga rozi bo‘ladilar. Shu 
bilan birga, banklarda nolikvid va riskli aktivlar mavjudligi va bu aktivlar 
bankning omonatchilar oldidagi majburiyatlarini ta’minlash uchun xizmat qilishi 
ham ularga ma’lum. Agar omonatchilar qaysidir paytda o‘z omonatlarini to‘liq 
miqdorda qaytarib olishlariga ishonishmasa, ular sarosimaga tushib, bankka qarab 
yugurishadi va birinchi bo‘lib navbatga turishga va imkon qadar tezroq o‘z 
pullarini qaytarib olishga urinishadi. 
Bu kabi holat bankni o‘z riskli aktivlarining bir qismini pulga sotishga majbur 
qiladi. Agar omonatlarni ta’minlovchi aktivlar nolikvid bo‘lsa, ularni tezroq sotish 
joylashgan boshqaruvchilar kengashidan tarkib topgan 12ta mintaqaviy bank kiradi. Biroq, shuni ham qayd etish 
joizki, boshqaruvchilar kengashining barcha 7 a’zolari AQSh Prezidenti tomonidan tayinlanadi va mamlakatning 
Senati tomonidan tasdiqlanadi. 
73
“Inflyatsiya darajasi kamida o‘rtacha bo‘lishi shart” deganda nima nazarda tutilayapti? Ana shu so‘zlar 
birikmasiga nisbatan mulohazalaringiz nimalardan iborat? 


82 
zaruriyati bankka bu aktivlarni o‘z narxidan past narxlarda sotishga to‘g‘ri 
kelishini bildiradi. Agar qaysidir bankda omonatchilar bilan hisob-kitob qilish 
uchun mablag‘ yetishmasa, “yuqtirish riski” paydo bo‘ladi va yuqorida keltirilgan 
holat boshqa muassasalarda ham takrorlanishi mumkin. Biroq “yuqtirish” 
muammosi “naqdga yopishish” deb ataladigan holatda, ya’ni odamlar hech bir 
bankda omonatlarini qoldirmasdan, ularni naqd pul ko‘rinishida ushlab turishga 
harakat qilishgan taqdirda umumiy moliyaviy tizimga xavf solishi mumkin. 

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin