113
Keyingi uchinchi bosqichda moliyaviy hisobotlar va balansning sotuv hajmiga
nisbatni foiz hisobida o‘zgarmaydigan qismlari bo‘yicha prognoz tuzamiz. So‘nggi
bir necha yil davomida tayyor mahsulot tannarxi sotuv hajmining 55,0% ini tashkil
etgan. Shunday ekan, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 20x4 yilda tayyor mahsulot
tannarxi 190,8 mln. so‘mni (0,55 × 345 mln. so‘m) tashkil etadi. Yil oxiriga jami
aktivlar so‘nggi uch yil mobaynida o‘rtacha yillik sotuv hajmi ko‘rsatkichlaridan
uch barobar yuqori bo‘lgan. Shunday ekan, 20x4 yil oxiriga prognoz qilingan jami
aktivlar qiymati 1224,16 mln. so‘mni tashkil etadi.
Nihoyat, moliyaviy rejalashtirishning so‘nggi bosqichida qolgan ko‘rsat-
kichlarni (ya’ni, moliyaviy hisobotning sotuv hajmiga
nisbatan foiz hisobida
o‘zgaradigan qismlari bo‘yicha ma’lumotlar) aniqlaymiz. Uzoq muddatli
majburiyatlar bo‘yicha yillik foiz stavkasi 8,0%ni, qisqa
muddatli majburiyatlar
bo‘yicha 15,0%ni tashkil etadi, deb faraz qilaylik. Demak, foiz to‘lovlari bo‘yicha
xarajatlarning dastlabki umumiy summasi uzoq muddatli majburiyatlar
summasining 8,0% ini va, shunga qo‘shimcha, yil boshiga (ya’ni 20x3 yil oxiriga)
to‘lanmagan qisqa muddatli majburiyatlar summasining 15,0%ini tashkil etadi.
20x4 yilda prognoz qilingan foizlarni to‘lash bo‘yicha umumiy xarajat 87,26 mln.
so‘mni tashkil etadi.
Shuningdek, taxmin qilamizki,
soliq summasi foizlar
to‘langandan keyingi daromadning 40,0%ini, yoki 6,57 mln. so‘mni tashkil etadi.
Shunday qilib, soliqlar to‘langandan keyingi sof foyda 9,85 mln. so‘mga teng
bo‘ladi. Ushbu hisob-kitoblar natijasida biz 20x4 yilga moliyaviy natijalar
bo‘yicha prognozga ega bo‘lamiz. Ushbu prognoz 14.3-jadvalning oxirgi ustunida
aks ettirilgan.
14.3-jadval
Dostları ilə paylaş: