116
ham shuncha tezlikda rivojlanadi. Firmaning rivojlanishi
undan-da tezroq
bo‘laolmaydi. O‘z kapitali o‘sishi koeffitsiyenti
barqaror o‘sish koeffitsiyenti
deb ataladi (sustainable growth rate). Barqaror o‘sish
koeffitsiyenti quyidagi
formula bo‘yicha hisoblanadi:
Barqaror o‘sish
koeffitsiyenti
=
Foydani
ushlab turish
koeffitsiyenti
×
Kapital daromadliligi
koeffitsiyenti (ROE)
Barqaror o‘sish tenglamasini keltirib chiqarish
Barqaror o‘sish koeffitsiyenti = Aksiyadorlik kapitali o‘sishi sur’atlari
Agar firma yangi aksiyalar chiqarmasa, uning aksiyadorlik kapitali o‘sishi
sur’atlari yil boshidagi aksiyadorlik kapitali miqdoriga bo‘lingan taqsimlanmagan
daromad o‘sishi sur’atlariga teng bo‘ladi:
Aksiyadorlik kapitali
o‘sishi sur’atlari
=
Taqsimlanmagan foydaning o‘sishi
Yil boshidagi
aksiyadorlik kapitali
Lekin:
Taqsimlanmagan
foydaning o‘sishi
=
Foydani ushlab turish
koeffitsiyenti
X Sof foyda
Foydani ushlab turish koeffitsiyenti –
bu firma sof foydasining
aksiyadorlarga dividend sifatida to‘lanmagan yoki kompaniyaning muoma-ladagi
aksiyalarini sotib olishga sarflangan qismi. Ta’rifga ko‘ra bu ko‘rsatkich
quyidagicha aniqlanadi:
Daromadni ushlab turish
koeffitsiyenti
= 1 –
Dividendlarni to‘lash
koeffitsiyenti
–
Aksiyalarni
qayta sotib
olish koeffitsiyenti
Binobarin, o‘rniga qo‘yish usulidan foydalanib quyidagini olamiz:
Aksiyadorlik kapitalining
o‘sishi sur’ati
=
Foydani ushlab turish
koeffitsiyenti X Sof foyda
Aksiyadorlik kapitali
yoki boshqacha qilib aytganda:
Aksiyadorlik kapitalining
o‘sishi sur’ati
=
Foydani ushlab turish
koeffitsiyenti
X ROE
Va, shu tariqa, biz yana barqaror o‘sish koeffitsiyentiga ega bo‘lamiz: