3- nazorat uchun savol
Siz sotilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmat uchun to‘lov sifatida «Men Sizga
shuncha summa qarzman» (I owe you) shaklidagi eng oddiy qarz tilxatini qabul
qilarmidingiz? Sizning javobingizga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
4. Moliyaviy tizim tufayli resurslarning birlashishi va kapitaldagi
ishtirok ulushining bo‘linishi
.
Moliyaviy tizim katta ko‘lamdagi korxonani tashkil etish yoki yirik
korxonalar kapitalini ko‘p sonli mulkdorlar o‘rtasida bo‘lish uchun moliya-viy
mablag‘larning birlashish mexanizmini ta’minlaydi.
Zamonaviy iqtisodiyotda to‘laqonli biznesni yurgizish uchun zarur bo‘lgan
investitsiyalarning minimal hajmi, ko‘pincha, alohida odamning va hatto eng katta
oilaning pul mablag‘laridan oshiq bo‘ladi
37
. Moliyaviy tizim uy xo‘jaliklari
mablag‘larini, keyinchalik unga muhtoj bo‘lgan firmalar foydalanadigan yirik
36
“Alternativ” – mumkin bo‘lgan ikki yoki bir necha imkoniyatdan birini tanlashga asoslangan; muqobil.
“Alternativa” fransuzcha “alternative”, lotincha “alter” – ikkitadan bittasi. 1. Bir-birini inkor etuvchi
imkoniyatlardan birini tanlash; muqobillik. 2. Shu imkoniyatlardan biri. Qarang: o‘sha manba. J.I. – B.75.
37
Bunga misollar keltiringchi?!
42
kapitalga birlashtirish yoki yirik-lashtirish uchun imkoniyat yaratadi (masalan,
fond bozorlari yoki banklar yordamida).
Moliyaviy tizim tufayli individual uy xo‘jaliklari katta miqdor-dagi pul talab
qilinadigan investitsiyalarda resurslarning birlashishi va umumiy investitsiyalarda
ulushlarning keyingi bo‘linishi yo‘li bilan qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Masalan, faraz qilaylik, Siz 10,0 mln. so‘mlik uloqchi otni sotib olish uchun
mablag‘ kiritishga qaror qildingiz. Lekin Sizda hammasi bo‘lib 1,0 mln. so‘m bor.
Agarda otni o‘nta qismga bo‘lishning jismoniy imkoniyati bo‘lganda, Siz uning
o‘ndan birini sotib olishingiz mumkin edi. Biroq biz bu yerda hamma qismlarning
summasidan ko‘ra butuni shubhasiz ancha-muncha qimmat bo‘ladigan vaziyat-
lardan birini ko‘ryapmiz. Shunday qilib, otni jismoniy bo‘lish muammoni hal
qilmaydi. Va bu yerda hayvonni unga zarar keltirmasdan “bo‘lish” imkonini
beradigan moliyaviy tizim yordamga keladi. Investitsion pul (moliyaviy
resurslarning birlashishi)ni yaratib va investorlar o‘rtasidagi ulushni taqsimlab,
10,0 mln. so‘mlik investitsiyani, otni bo‘laklamagan holda, 1,0 mln. so‘mdan
iqtisodiy «qism»larga bo‘lish mumkin. Bundan keyin, ko‘pkari (uloq)dan
topilayotgan pul, otni mashq qildirishga va boqishga ketgan xarajatlarni chiqarib
tashlab, barcha ulushi borlar o‘rtasida taqsimlanadi.
Yana bir misol sifatida pul bozorida amalda bo‘lgan investitsion fondlar
operatsiyasini ko‘rib chiqamiz. Tasavvur qilaylik, Siz ko‘proq ishonchli va likvidli
dollarlik aktiv – AQSh G‘aznachiligi veksel
38
iga kapital qo‘yishga qaror qabul
qildingiz. Taklif qilinayotgan veksellarning eng arzoni milliy valyutamizda 10,0
mln. so‘m turadi. Siz esa bor-yo‘g‘i 1,0 mln. so‘mlik investitsiya qilmoqchisiz.
Ushbu holatda bu kabi veksellarga ham Sizning moliyaviy resurslaringizni boshqa
investorlarning resurs-lari bilan birlashtirish yo‘li bilangina mablag‘ qo‘yish
mumkin. O‘tgan asrning 70-yillarida shunday jarayonni rag‘batlantirish uchun
investorlarga g‘aznachilik veksellarini qo‘lga kiritish imkonini beradigan o‘zaro
jamg‘armalar tuzilgan.
O‘zaro jamg‘armada investorlarning mablag‘lari vaqtinchalik birlash-tiriladi
va ularga mazkur jamg‘arma kapitalidagi ularning ulushi ko‘rsa-tilgan
hisobraqamlar ochiladi. Jamg‘arma vaqti-vaqti bilan mijozlarga o‘zlarining
aksiyalari kursi to‘g‘risidagi axborotni taqdim qiladi va ularga amalda istalgan
vaqtda o‘zining hisobraqamiga istalgan qo‘shimcha summani kiritish yoki pulni
qaytarib olish imkonini beradi. Shunday qilib, agar jamg‘arma aksiyasining joriy
kursi 11 000 so‘mni tashkil etsa, Siz esa 1,0 mln. so‘m qo‘yayotgan bo‘lsangiz,
unda Sizning jamg‘armadagi hisobingizda 90,91 aksiya bo‘ladi (1 000 000 : 11
000). Bu g‘aznachilik veksellariga investitsiya qiluvchi o‘zaro jamg‘armalar
moliyaviy tizimning to‘rtinchi funksiyasi bajarilishiga yordamlashayotganidan
dalolat beradi. Zero, ular tufayli katta qadr-qimmatga ega bo‘lgan veksellar amaliy
jihatdan benihoya (cheksiz) bo‘linuvchi qimmatli qog‘ozlarga aylanadi.
4- nazorat uchun savol
Ko‘pchilik uy xo‘jaliklarining moliyaviy resurslarini birlashtirish usuli
38
“Veksel” nemischa “Wechsel” – o‘zgarish; almashtirish. Qarang: o‘sha manba. J.I. – B.454.
43
mavjud bo‘lmaganda amalga oshirish mumkin bo‘lmagan investitsiyani misol
qilib keltiring.
Dostları ilə paylaş: |