47
odamlar butun aholiday kutilayotgan uzoq umr ko‘rishlari taxmi-nidan kelib chiqa
olmaydi.
Masalan,
tasavvur qilaylik, qandaydir bir firma pensiyaga chiqayotgan
(ya’ni, masalan, 55-60 yoshdagi) odamlarga umrbod rentalarni sotmoqda. Odatda,
butun aholi o‘rtasida bunday odamlarni uchta guruhga bo‘lishadi (yana har bir
guruhdagilarning soni taxminan bir xil): “A” guruh umrining davomiyligi 10 yilni,
“B” guruhniki 15 yil, “V” guruhniki esa 20 yilni tashkil etadi. 60 yoshga to‘lgan
odamlar o‘rtacha 15 yil yashaydilar. Biroq, agar firma, ushbu umr davomiyligining
prognoz (bashorat) ko‘rsatkichlariga muvofiq polis narxini o‘zgartirsa, u rentani
sotib olayotgan odamlar ko‘proq “A” yoki “V” shakliga
tegishli ekanligiga ishonch
hosil qiladi. Birinchi guruhga kiruvchi pensionerlar uchun bu kabi bitim
foydasizdir va ular bunday polisni sotib olmaydilar.
Agar umrbod rentani sotuvchi firma u yoki bu mijoz qaysi guruhga (“A”,
“B”, yoki “V”) tegishli ekanligini bilganda va har bir odam umrining kutilayotgan
davomiyligidan kelib chiqib narxni o‘zgartira olganda edi,
unda hech qanday
nomuvofiq (noqulay) tanlov muammosi mavjud bo‘lmagan bo‘lar edi. Biroq, bu
firmalar, o‘z mijozlari umrining kutilayotgan davo-miyligi to‘g‘risida axborotlar
sonini oxirgilari egalik qilganidek yig‘a olmaydilar.
Modomiki, sug‘urtachi har bir mijoz umrining kutilayotgan davo-miyligini
aniq aks ettiruvchi narxni
belgilashga qodir emas ekan, unda ko‘p sonli rentalar
nomutanosib ravishda hali ancha uzoq yashashni reja-lashtirayotgan sog‘lom
odamlar tomonidan sotib olinadi. Bizning misolda, o‘rtacha bashorat
qilinayotgan
umrning davomiyligi 17,5 yilni tashkil etadi. Bu mazkur ko‘rsatkichning butun
aholi uchun belgilanganidan 2,5 yilga ko‘proqdir.
Shunday qilib, agar renta sotuvchi firma, narxni butun aholi uchun umrning
kutilayotgan davomiyligi ko‘rsatkichlari asosida belgilagan bo‘lsa
va nomuvofiq
(noqulay) tanlov muammolarini tartibga solish maqsadida narxni oshirmagan
bo‘lsa, ziyonga uchraydi. Shu sababli firmalar umrbod rentalarga umrning
kutilayotgan o‘rtacha davomiyligi bo‘lgan odamlarni o‘ziga
jalb qilmaydigan
narxlarni belgilaydilar. Bu shunga olib keladiki, ushbu moliyaviy mahsulot
sotiladigan bozor, agar nomuvofiq (noqulay)
tanlov muammosi mavjud
bo‘lmaganda, mumkin bo‘ladigan holatdan ancha kamroq bo‘ladi
44
.
Dostları ilə paylaş: