“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/202
tarix21.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#158949
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   202
Moliya UMK

Молиявий воситачилар 
O’zaro fondlar
Banklar 
Boshqa depozit-
jamg’arma 
muassasalari 
Aktivlarni 
boshqaruvchi 
firmalar 
Axborot xizmatlarini ko’rsatuvchi firmalar
Venchur kom-
paniyalariga kapital 
qo’yuvchi
 
firmalar
Sug’urta 
kompaniyalari 
Pensiya 
fondlari 
 
Investitsion 
banklar 


74 
Bizning kunlarda bank deb nomlanuvchi ko‘pchilik firmalar kamida ikkita: 
omonatlarni qabul qilish va qarz berish funksiyalarini bajaradi. AQShda bu turdagi 
muassasalar 
tijorat banklari
(commercial banks) deb nomlanadi. 
Ayrim mamlakatlarda banklar deyarli har qanday moliyaviy funk-tsiyalarni 
bajaruvchi moliyaviy vositachilar hisoblanadi. Ular mijozlarga faqat pullarni 
o‘tkazish va qarz berish bo‘yicha turli operatsiyalarni bajarishga oid xizmatlarni 
taklif etibgina qolmay, balki o‘zaro fondlar va sug‘urta kompaniyalari 
funksiyalarini ham bajaradilar. Masalan, Germa-niyada 
universal banklar
deb 
nomlanuvchi banklar ko‘proq ixtisoslashgan moliyaviy vositachilarga xos bo‘lgan 
deyarli barcha moliyaviy funksiyalarni bajaradilar.
Oxirgi vaqtlarda, har xil turdagi moliyaviy institutlar o‘rtasida ular qaysi 
moliyaviy xizmat turlarini taklif qilayotganligi asosida chegara tortish borgan sari 
qiyinchilik tug‘dirmoqda. Masalan, Deutsche Bank garchi klassifikatsiya
68
bo‘yicha universal bank hisoblansa-da, uning funk-tsiyalari, odatda qimmatli 
qog‘ozlar bilan broker-dilerlik operatsiyalariga ixtisoslashgan banklar sirasiga 
kiruvchi Merrill Lynch Bank funksiya-laridan ozginaga farq qiladi, xolos. 
Depozit-jamg‘arma
yoki 
ssuda-jamg‘arma muassasalari
(depository savings 
institutions, thrift institutions) terminlari jamg‘arma banklari, ssuda-jamg‘arma 
assotsiatsiyalari (S&Ls) va kredit uyushmalarini umumiy nomlash uchun 
qo‘llaniladi. Dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlarida, shu jumladan, AQShda 
ular tijorat banklari bilan omonat operatsiyalari sohasida ham, qarz berish sohasida 
ham raqobatdoshlik qiladi. AQShda shu turdagi tashkilotlar uy sotib olish uchun 
ipoteka zayomlari va iste’mol zayomlari bo‘yicha ixtisoslashgan. Boshqa 
davlatlarda ham funksiyalari AQShdagi ssuda-jamg‘arma tashkilotlari va kredit 
uyushmalari funksiyalariga o‘xshaydigan ixtisoslashtirilgan turli xil jamg‘arma 
institutlari mavjud. 

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin