81
Bank ma’lum bir davlatning markaziy banki ekanligini ko‘pincha uning
nomiga qarab bilib olish mumkin:
Bank of England, Bank of Japan, Bank Rossii
va
hokazo. Biroq, masalan, markaziy bank AQShda
Federal Reserve System
(Federal
zahira tizimi), Germaniyada esa
Bundesbank
deb ataladi.
Markaziy bank odatda davlat to‘lov tizimining yuragi hisoblanadi. U davlatni
milliy valyuta bilan ta’minlaydi va banklararo hisob-kitoblar tizimi uning
boshqaruvida bo‘ladi. To‘lov tizimi samarali bo‘lishi uchun inflyatsiya darajasi
kamida o‘rtacha bo‘lishi
73
va buni markaziy banklar o‘zlarining asosiy vazifasi deb
ko‘rishlari shart.
Biroq, ko‘p davlatlarda ulardan aholining to‘liq
bandligini hamda davlat
iqtisodiy o‘sishini ta’minlash kabi maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan
harakatlarni kutishadi. Bunday davlatlarda markaziy banklarga ko‘pincha bir-biri
bilan nizoli maqsadlarni balans (muvozanat)ga keltirish: narxlar barqarorligini va
aholining to‘liq bandligini ta’minlash yuzasidan barcha choralarni ko‘rishiga
to‘g‘ri keladi.
Dostları ilə paylaş: