83
- turli korxonalardagi
egaliklarni bo‘lish va moliyaviy resurslarni qo‘shish
;
- iqtisodiyotning turli sohalarida markazlashtirilmagan qaror qabul qilish
jarayonini muvofiqlashtirishga imkon beruvchi
narx (baho) ma’lu-moti
bilan
ta’minlash;
-
stimullashtirish muammolarini hal etish
usullarini ta’minlash.
Bu muammolar bitim ishtirokchilaridan biri ega bo‘lgan ma’lumotga boshqasi
ega bo‘lmaganda yoki qatnashchilardan biri ikkinchisining nomidan agent sifatida
harakat qilgan hollarda yuzaga keladi.
Yuqorida
sanalgan
moliyaviy
funksiyalarni
bajarish
usullarining
takomillashuviga olib keladigan raqobat
moliya sohasida har qanday
innovatsiyaning yuzaga kelishi uchun asosiy turtki beruvchi omil bo‘lib xizmat
qiladi.
Fond bozorlarida quyidagi moliyaviy aktivlarning asosiy turlari bilan savdo
qilinadi: q
arz majburiyatlari, aksiyalar va hosilaviy qimmatli qog‘ozlar.
• Qarz vositalari pulni qarzga oluvchi barcha firmalar, hukumat va uy
xo‘jaliklari tomonidan chiqariladi. Aksiyalar – bu firma egalarining uning
aktivlarining bir qismiga egaligi to‘g‘risidagi talabidir.
• Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar – bu qiymati boshqa
aktivlar narxlari bilan
bog‘liq ravishda o‘rnatiladigan opsionlar va fyuchers shartnomalari kabi moliyaviy
instrumentlardir.
Foiz stavkasi deb qarzga olingan mablag‘lar bo‘yicha va’da qilingan
daromadlilik stavkasiga aytiladi. Qarzlarning turi qancha bo‘lsa, foiz
stavkalarining turlari ham shuncha bo‘ladi. Foiz stavkasining miqdori hisob-kitob
pul birligi, to‘lov qatori (navbati) va kredit instrumenti (defolt riski) bo‘yicha bitim
shartlarining bajarilmasligi ehtimoliga bog‘liq. Nominal foiz stavkasi aniq pul
birliklarida ifodalanadi; daromadlilikning real stavkasini aniqlash uchun vosita
sifatida ma’lum bir standartlashtirilgan iste’mol savatidan foydalaniladi.
Muayyan (qayd qilingan)
nominal foiz stavkalari bo‘yicha taklif etiladigan
obligatsiyalar daromadlilik real stavkasining noaniq ko‘rsat-kichiga ega.
Inflyatsiyani hisobga olgan holda indekslangan hamda
muayyan real stavkalarini
taklif etuvchi obligatsiyalar daromadlilik nominal
stavkasining noaniq ko‘rsatkichi
bilan tavsiflanadi.
Bozor iqtisodiyotida daromadlilik stavkasi darajasiga to‘rt asosiy omil ta’sir
etadi:
•
ishlab chiqarish vositalari samaradorligi
– shaxta, to‘g‘on, yo‘l, ko‘prik,
zavod, mashina va tovar-material zahiralariga sarflangan mablag‘-dan kutilayotgan
daromadlilik stavkalari;
•
ishlab chiqarish vositalari samaradorligiga nisbatan
noaniqlik darajasi;
• insonlarning vaqtinchalik afzal ko‘rishlari –
insonlarning kelajakda emas,
aynan bugun tovarlar va xizmatlarni iste’mol qilishni qanchalik afzal ko‘rishlari;
• riskni yoqtirmaslik – investitsiya riskini qisqartirish maqsadida
daromadlilikni oshirishdan voz kechishga rozi insonlar soni.
84
Indekslash
deb investitsiya stretegiyasini atashadi, uning maqsadi investitsiya
kapitalining daromadliligi o‘zgarishini mo‘ljal sifatida tanlangan birja indeksiga
bog‘lab qo‘yishdir.
Asosiy funksiyasi mijozlarni ular moliya bozorida bevosita opera-tsiyalaridan
olishlari mumkin bo‘lgan moliyaviy mahsulotlar va
xizmatlarga nisbatan yuqori
samarali moliyaviy mahsulotlar va xizmatlar bilan ta’minlashdan iborat firmalarga
moliyaviy vositachilar deyiladi. Moliyaviy vositachilarning asosiy turlari ichida
banklar, investitsiya va sug‘urta kompaniyalarini keltirish mumkin. Ularning
moliyaviy mahsu-lotlari: chek hisobvaraqlari, kreditlar, ipotekalar, o‘zaro
jamg‘armalarning qimmatli qog‘ozlari va sug‘urta
shartnomalarining keng
diapazoni kabi-larni o‘z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: