Metallurgiya



Yüklə 494,01 Kb.
səhifə1/6
tarix07.01.2024
ölçüsü494,01 Kb.
#203389
  1   2   3   4   5   6
DSP

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Guruh

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
GEOLOGIYA QIDIRUV VA KON METALLURGIYA FAKULTETI
"METALLURGIYA" KAFEDRASI
PO’LAT ISHLAB CHIQARISH TEXNALOGIYASI”FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Vanna hajmi 125 tonna bo’lgan yoyli po’lat eritish pechining asosiy dastgoxlarini tanlash va issiqlik balansini hisoblash.

Guruh: 11-20M
Bajardi: Murodova G.
Qabul qildi: Beknazarova G.


Toshkent 2023
Mundarija:
Kirish…………………………………………………………….……………. 3
Nazariy qism………….……………………………..…….……………………..5 Texnologik hisobot…………………………….………………………….……14
Xulosa…………………………………………………………….…………….30 Foydalanilgan adabiyotlar ……………….…………………………………… 31

Kirish
Keyingi yillarda mamlakatimizda metallurgiya sanoatini rivojlantirish bo'yicha tizimli va keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Natijada sohada qazib olingan resurslarni qayta ishlash, ulardan yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, assortiment va nomenklaturaning ko'payishi hisobiga diversifikatsiyalashuv jarayonlari takomillashdi.
2023-yil 11-yanvar kuni prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Bekobod shahriga tashrif buyurib, aholi hayoti va sanoat loyihalari bilan tanishdi. Ta'kidlash joiz, Bekobodning iqtisodiy-ijtimoiy rivojida O'zbekiston metallurgiya kombinatining o'rni beqiyos. Kombinatda bugungi kunda 11 ming kishi ishlaydi. So'nggi yillarda qator investitsiya loyihalari amalga oshirilib, yangi sexlar ishga tushirildi, borlari modernizatsiya qilindi.
Ulardan biri — navli prokat majmuasi. Qariyb 5 million dollarlik loyiha evaziga bu erga xorijdan termo-mustahkamlash liniyasi keltirilib, joriy yil fevralda ishga tushirildi. Bu orqali yiliga 500 ming tonna A500-A800 markali armatura ishlab chiqarish quvvati yaratildi. Prezidentimiz kombinatga tashrifi chog'ida ushbu majmuani kirib ko'rdi, loyihaning iqtisodiy samaradorligi bilan qiziqdi.
Bundan tashqari, davlatimiz rahbari kombinatdagi yana bir muhim loyiha — Quyuv prokat majmuasining qurilish maydonida bo'ldi. 672 million evrolik ushbu loyiha natijasida yiliga 1 million tonna po'lat listlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yiladi. Mazkur loyiha ishga tushgach, kombinat quvvatlari 2 baravarga oshadi. O'zbekiston metallurgiya kombinatida metallurgiya sohasini rivojlantirish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishi ham o'tkazildi. Ushbu kombinat ilgari mamlakatimizda qora metallurgiya sohasidagi yagona korxona bo'lib, islohotlar natijasida so'nggi besh yilda esa 200 ta yangi korxona tashkil etilgan. Ularda 25 mingdan ziyod ish o'rinlari yaratilgan. 2022- yilning o'zida sohada 16 trillion so'mlik tovarlar tayyorlangan. Temir va temir mahsulotlari ishlab chiqarish 1,8 barobar o'sib, 2 million tonnaga etgan.
Ta'kidlanganidek, 2026 yilga borib, mamlakatimiz iqtisodiyoti ehtiyojlari uchun 6 million tonnaga yaqin metall kerak bo'lishi hisob-kitob qilingan. Qolaversa, jahon iqtisodiyotidagi murakkab vaziyat, logistika zanjiridagi uzilishlar yirik metallurgiya korxonalari faoliyatiga ham qiyinchilik tug'dirmoqda. Davlatimiz rahbari bu sharoitda faqat o'z metallurgiya sanoatimizni jadal rivojlantirish orqali maqsadga erishish mumkinligini ta'kidladi. Bu boradagi to'rtta asosiy vazifa ko'rsatib o'tildi.
Birinchisi — metall ishlab chiqaruvchi korxonalarni xomashyo bilan kafolatli ta'minlash.
Ikkinchisi — barcha hududlarda metall ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkil bo'lishini qo'llab-quvvatlash.
Uchinchisi — yuqori qo'shilgan qiymat yaratadigan sanoat tarmoqlari uchun zamonaviy metall konstruktsiyalar ishlab chiqarish.
To'rtinchisi — malakali kadrlar tayyorlash, ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish.
Shuningdek, davlatimiz rahbari sohada ta'lim va ilm-fanni rivojlantirish uchun “O'zmetkombinat”da Metallurgiya ilmiy markazini tashkil etish, Geologiya universitetida qora metallar ilmiy laboratoriyasi, Navoiy konchilik hamda Toshkent texnika universitetlari qoshida texnoparklar ochish taklifini bildirdi. Shuningdek, nufuzli xorijiy kompaniyalar va injiniring markazlarida yosh mutaxassislar malakasini oshirish zarurligi ta'kidlandi. Bir so'z bilan aytganda, sanoat sohasida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar mamlakatimizning metallurgiya resurslariga bo'lgan talabini qanoatlantirishga, sanoat korxonalarining ishlab chiqarish quvvatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Yüklə 494,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin