Elektr pechlarining qo‘llash sohalari Po‘lat ishlab chiqarishda eng keng tarqalgan pechlar bu bevosita qizdiradigan yoyli va induksion tigelli pechlardir. Po‘latni vakuum yoyli va induksion pechlar elektr shlak qayta eritish plazmali pechlarda po‘lat ishlab chiqarish ham keng tarqalmoqda.
Ferroqotishma va cho‘yanni ishlab chiqarishda asosan aralashma yoyli va qarshilik isitish usullari qo‘llaniladi.
Ferroqotishmaning tozalashga esa po‘lat eritishga qo‘llagan yoyli bevosita qizituvchi pechlar qo‘llaniladi.
Induksion tigelli pechlardan cho‘yanni, rangli metallarni va ularning qotishmalarini eritishga qo‘llaniladi.
Plazmali induksion pechlar maxsus sohalarda qo‘llaniladi. Masalan, yarim o‘tkazgich materialli zonali eritishda, lekin bu pechlar katta ishlab chiqarishdagi sarfdorlik bilan ajarlib turadi. Bevosita qizituvchi qarshilik pechlar metallurgiyada kam qo‘llaniladi. Masalan, elektrodlarni grafitlashda. Bundan istisno shlak qayta eritish pechlar qaysilar po‘lat va bir qancha qotishmalarni olishda qo‘llanadi. Bilvosita qizitadigan qarshilik pechlar metall va qotishmalarning termik qayta ishlash, yengil metalni eritish. Bunda eritish pechlarning quyidagi afzalliklari asos qilib olingan: oddiy va aniq haroratni boshqarish jarayoni mexanizatsiya va avtorizatsiya qilish, metallni o‘ta kuyishidan saqlash va boshqalardir. Qaynab turgan pechlar o‘zi bilan induksion pechni bir turi bo‘lib elektro magnit yordamida suyuq metallni ko‘tarib turib pechlarni dov-ni saqlashda ajralib turadi. Bunda pechlar asosan yengil metallar olishda qo‘llanadi. Bu pechlarning asosiy afzalligi bu olinayotgan metallni tozalayotganda chunki bunda metall pechni futerovkasi bilan qo‘shilmasidir.
Vakuumli pechlar faqat po‘lat va qotishma olishda emas, qiyin eriydigan metallarni eritish uchun, metalli yarimmaxsulotlarni termik va plastik qayta ishlashda, qiyin eriydigan va tez oksidlanadigan maxsulotlarni kuydirishda va boshqalarda keng qollanilad. Vakuum pechlarni qo‘llash hozirgi zamonda keng tarqalmoqda, chunki bu jarayon toza metall olishda ko‘mak beradi.