Metallurgiya



Yüklə 494,01 Kb.
səhifə2/6
tarix07.01.2024
ölçüsü494,01 Kb.
#203389
1   2   3   4   5   6
DSP

Nazariy qism
XIX asr oxiri XX asr boshlarida elektr pechlarda po‘lat olish usulinining yaratilishiga olib keldi. (Rossiyada dastlabki elektr pech 1909 yilda Obuxov zavodida qurilgan.)
Elektr pechlar tuzilishining oddiyligi, turli muhitlarda va vakuumda ishlay olishi, temperaturasining yuqoriligi va oson rostlanishi, arzon shixta materiallardan yuqori sifatli uglerodli, ko‘p legirlangan va maxsus xossali po‘latlar olish imkonini berdi.
Po‘lat ishlab chiqarishda foydlaniladigan elektr pechlarni ikki asosiy guruhga ajratish mumkin:
1. Elektr yoy pechlar; 2. Induksion elektr pechlar.
Asosiy turdagi elektr pechlarning tasnifi 1-rasmda keltirilgan. Undan tashqari sanoatda boshqa turdagi elektrik pechlar ham qo‘llaniladi.
Po‘lat ishlab chiqarishda eng keng tarqalgan pechlar bu bevosita qizdiradigan yoyli va induksion tigelli pechlardir. Po‘latni vakuum yoyli va induksion pechlar elektr shlak qayta eritish plazmali pechlarda po‘lat ishlab chiqarish ham keng tarqalmoqda.
Ferroqotishma va cho‘yanni ishlab chiqarishda asosan aralashma yoyli va qarshilik isitish usullari qo‘llaniladi.
Ferroqotishmaning tozalashga esa po‘lat eritishga qo‘llagan yoyli bevosita qizituvchi pechlar qo‘llaniladi. Induksion tigelli pechlardan cho‘yanni qayta eritishga rangli metallar va ularning qotishmalarini eritishga qo‘llaniladi. Plazmali induksion pechlar maxsus sohalarda qo‘llaniladi. Masalan, yarim o‘tkazgich materialli zonali eritishda, lekin bu pechlar katta ishlab chiqarishdagi sarfdorlik bilan ajarlib turadi. Bevosita qizituvchi qarshilik pechlar metallurgiyada kam qo‘llaniladi. Masalan, elektrodlarni grafitlashda. Bundan istisno shlak qayta eritish pechlar qaysilar po‘lat va bir qancha qotishmalarni olishda qo‘llanadi. Bilvosita qizitadigan qarshilik pechlar metall va qotishmalarning termik qayta ishlash, yengil metalni eritish. Rangli metallurgiyaning e/ metallurgiyasida keng qo‘llanadi. Bunda eritish pechlarning quyidagi afzalliklari asos qilib olingan: oddiy va aniq haroratni boshqarish jarayoni mexanizatsiya va avtosizatsiya qilish, metallni o‘ta kuyishidan saqlash va boshqalardir. Qaynab turgan pechlar o‘zi bilan induksion pechni bir turi bo‘lib e/ magnit yordamida suyuq metallni ko‘tarib turib pechlarni dov-ni saqlashda ajralib turadi. Bunda pechlar asosan yengil metallar olishda qo‘llanadi. Bu pechlarning asosiy afzalligi bu olinayotgan metallni tozalayotganda chunki bunda metall pechni futerovkasi bilan qo‘shilmasidir. Vakuumli pechlar faqat po‘lat va qotishma olishga emas, boshqa maqsadga ham qo‘llanadi. Masalan, qiyin eriydigan metallni olishda va boshqa metallurgik jarayondir. Vakuum pechlarni qo‘llash hozirgi zamonda keng tarqalmoqda, chunki bu jarayon toza metall olishda ko‘mak beradi.
Optik qizitish usullari asosan nurdan foydalanib metallni eritishga yo‘naltirilgan. Masalan, oftob metallurgiyasi lazer usuli va boshqalar. Bu usul isitish manbaini yuqori tozaligi bilan ajralib turadi va asosan toza metall olishdir.

Yüklə 494,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin