Metallurgiya



Yüklə 494,01 Kb.
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü494,01 Kb.
#203389
1   2   3   4   5   6
DSP

Pechni hozirlash
Erish jarayonida yonbog‘ tayyorlanagan material qisman shlakka o‘tadi. Bu jarayon yonbog‘ qalinligini kamayishiga olib keladi. Pech tubining yuqori qavati shixta yuklanish natijasida mexanik, erish jarayonida elektr yoy va qaynash bilan tiklash davrida suyuq metall ta’siriga uchraydi, buning natijasida pech tubi ancha lad eydi. Shuning uchun uym solishdan oldin pech eritishga hozirlanadi (zapravka qilinadi). Metall chiqarilganadn so‘ng pech tubi shlakdan va metalldan tozalanadi, va vannani dastlabki shaklgacha tiklash uchun yonbog’ bilan tubiga magnezitli kukun yuklanadi.
Shixta tarkibi va uni pechga yuklash
Qo‘llaniladigan shixta kimyoviy tarkibga va o’lchamlarga ajratiladi. Oksidlab eritish uchun shihta materiallari sifatida uglerodli, past legirlangan po‘lat va cho‘yan ishlatiladi.Tarkibida volfram va vanadiy bo’lgan chiqindilar ishlatilmaydi. Shu sababga ko‘ra yuqori xromli tarkibga ega chiqindilar ham ishlatilmaydi.
Shixta datarkibida uglerod darajasini oshirish uchun shihtada cho‘yan, koks yoki elektrodlar ishlatiladi. Shixta tarkibiga cho‘yan kiritilishi uning tarkibida fosfor miqdorini oshiradi. Shihtada fosfor miqdorining ortib ketmasligi uchun cho‘yandan 10% nigina qo‘shiladi.
Pechda shixta zich joylashib va yaxshi erishi uchun turli o‘lchamda po‘lat lomi ishlatiladi. Odatda mayda shixta bilan bir qatorda qirindilar 20-30%, yiriklari 30% gacha va o‘rtacha o‘lchamli shixtalar 30-40% bo‘lishiga harakat qilinadi.
Pech tubiga odatda temir qirindi va bir qism yengil shixtalar yuklanadi. Shixtaga bu qatlamni solishdan maqsad uni og’ir lom bo‘laklari zarbasidan asraydi. Yengil shixta ustiga og’irlom va o‘rta o‘lchamli shixta yuklanadi; tepa qismini esa mayda shixtalar bilan to‘ldiriladi. Yuqori qismida og’ ir lom bo‘lmasligi shixta cho‘kayotgan vaqtda buzilishlar xavfi kamayadi.
Zamonaviy yoy pechlari badya yordamida pech yuqorisidan yuklanadi. Shixta lomi birinchi badyadan yuklanishi bilan pech yoqiladi. Birinchi badyadan tushgan shixta erishi bilan pechda katta hajmli bo’shliq paydo bo‘lgandan so’ ng ikkinchi badyadan shixta yuklatiladi va hokazo.
Shixta erishi
Hozirgi zamon yoy pechlarining korpusi aylantiruvchi moslama bilan o‘rnatilgan. Pechni yoqishdan oldin uni ishchi oynasini normal holatdan 400 burchakka og’diriladi. Elektrodlar tagida shixta eriganadn so’ng elektrodlar bilan pech shifti ko‘tarilib pech korpusi qarama-qarshi tomonga 800 buriladi. Bundan so’ng pech yana yoqiladi. Bu eritish usulda elektr yoy to‘xtovsiz ta’sir etgan zona ko‘payadi, bu “ko‘priklarni” yakson qilib, shixta erish sharoitini yaxshilaydi.
Suyuq metallga kislorod purkab erish davri davoymiligi qisqartirish mumkin. Uchinchi va to‘rtinchi shixtaning to’ rtdan uch qismi erigandan so‘ng hosil bo‘lgan suyuq vannaga kislorod yuboriladi. Fe, Mn, Si va boshqa metallar gazli kislorod bilan oksidlanib katta issiqlik ajratadi va buning natijasida skrap erishi tezlashishiga olib keladi. Bu usulda kislorod purkalganda erish davri 10-20 minutda qisqaradi; kislorod sarfi esa 5-10 m3/t ni tashkil etadi.
Elektr yoy ta’sirida erigan shixtadagi metall qisman bug’lanadi. Taxminan 2-3% metall bug’lanadi deb qabul qilsa bo‘ladi. Vanna kislorod bilan purkalganda metall bug’lanish intensivligai ortadi. Metall bilan kislorod ta’sir etgan zonalarda katta issiqlik ajralib chiqadi va u yuza qatlamini qizishiga olib keladi. Bu joylarda metall harorati 20000C dan oshadi. Bu harorat metall va undagi qo‘shimchalarni bug’lanishini oshiradi. Temir va boshqa elementlar bug’lari metall qatlamidan ko‘tarilgach, qisman kondensatsiyalanadi,oz miqdorda atmosferaga chiqib bu yerda oksidlanadi. Bu bilan pechda metall kislorod bilan purkalganda ajralib chiqayotgan quyuq gazlar bilan ifodalanadi.



Yüklə 494,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin