79
Bir necha asrlar davomida jamiyatning tarixiy
rivojlanish tadqiqoti bilan
shug‘ullanuvchi
olimlarning
aniqlashlariga
ko‘ra,
moliyaviy
tizim
infratuzilmasining
evolyutsiyasi
mamlakatlarning
iqtisodiy
rivojlanish
mexanizmini tushunish uchun asosiy mezon bo‘lib hisoblanadi.
Moliyaviy tizimni tartibga soluvchi ba’zi funksiyalar xususiy kompaniyalarni
birlashtiruvchi tashkilotlar tomonidan, boshqalari esa davlat tashkilotlari
tomonidan amalga oshiriladi. Yuridik jihatdan davlat
muassasalarining vakolatiga
kiruvchi bu kabi alohida vazifalarni bajarish, ko‘pincha, xususiy sektor
71
tashkilotlariga topshiriladi. Bunday tartib AQShda va
shu kabi dunyoning boshqa
davlatlarida qabul qilingan. Ba’zan bunday xususiy sektor tashkilotlari sifatida
professional tor ixtisoslashgan assotsiatsiyalar, masalan, AQShdagi Moliya hisobi
stan-dartlari bo‘yicha kengash (FASB – Financial Accounting Standard Board);
boshqa holatlarda – fond birjalari, uchinchidan –
Xalqaro svop sotuvchilari
assotsiatsiyasi (ISDA – International Swap Dealers Association)ga o‘xshagan
savdo assotsiatsiyalari maydonga chiqadi.
Davlat, iqtisodiyotning har qanday boshqa sohasidagi kabi, moliyaviy sohada
ham ijobiy rol o‘ynashi va mamlakat iqtisodiy faoliyati samara-dorligining
ortishiga imkon yaratishi mumkin. Biroq, muvaffaqiyatli davlat siyosati, asosan,
davlatning moliyaviy masalalarga qay darajada
aralashishi va uning qaysi
chegaradan o‘tmasligi zarurligini to‘g‘ri aniqlash bilan bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: