7. Axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar Moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatuvchi ko‘pgina firmalar, qo‘shimcha fao-liyat
sifatida
xilma-xil
moliyaviy axborotlarni yig‘ish va tarqatish bilan
shug‘ullanishadi. Biroq, faoliyatning aynan ushbu sohasiga ixtisoslashgan
kompaniyalar mavjud. Reyting
69
agentliklari axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi eski
kompaniyalardan hisoblanadi. Masalan,
Moody's va
Standard & Poor's reyting
agentliklari qimmatbaho qog‘oz emitentlarining kredit reytingini,
Best's firmasi esa
– sug‘urta sohasidagi kredit reytingini aniqlashga ixtisoslashgan. So‘nggi yillarda
turli xizmatlar taklif etuvchi kompaniyalar doirasida moliyaviy ko‘rsatkichlar
tahlilini o‘tkazish bo‘yicha (masalan,
Bloomberg va
Reuters) yoki turli xil o‘zaro
fondlarning faoliyati natijalari to‘g‘risida statistik ma’lumotlar taqdim etish
bo‘yicha (masalan,
Upper, Momingstar va
SEI) firma va bo‘limlar tobora ko‘p
paydo bo‘lmoqda. O‘zbekistonda, jumladan, ko‘proq tijorat banklarining
faoliyatini xarak-terlaydigan ma’lumotlarni taqdim etuvchi bunday firmalardan biri
“Axborreyting”dir.
69
«Reyting» inglizcha «rating» - baho, daraja. 1. Nazorat qilish va baholash usuli va tizimi. 2. Erishilgan
yutuqlarning samaradorligi va nufuzini baholashda raqamlar bilan ifodalanadigan ko‘rsatkich. 3. Jamoatchilik fikrini
o‘rganish yo‘li bilan aniqlanadigan mashhurlik darajasi. Qarang: o‘sha manba. J.III. –B.373.
78
9-mavzu. Moliyaviy infratuzilma va moliyaviy tizimni tartibga solish Reja: 1. Moliyaviy infratuzilma tarkibi 2.