159
tadbirkorlikning mavjud bulmaganligi insonlarni mustakil bir ish qilishlariga va
faoliyat olib borishlariga yul bermas edi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, investitsiya loyihasi,
eng avvalo, ma’lum bir maqsadni kuzlagan xolda kupchilikning (loyiha
ishtirokchilari va axolining) manfaatlarini e’tiborga olish bilan amalga oshirilishi
lozim. Xozirgi
iqtisodiy vaziyat, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishidagi vazifalar,
investitsiya loyihasini amalga oshirishda bir necha manfaatlarning uzaro tuknash
kelishi jaxon iqtisodiyotidagi eng etuk tajribalarni Uzbekiston iqtisodiyotining
uziga xos xususiyatlarini hisobga olgan xolda joriy etish barcha soxalardagi kabi
investitsiya loyihalari tahlilida ham uslubiy o’zgarishlarga erishishni takozo etdi va
uni muhim vazifa sifatida kuydi.
Ushbu vazifani echishda mualliflar V. V. Berens, P.M.
Xavraneklar ishlab
chiqqan- "Rukovodstvo po otsenke effektivnosti investitsiy” kitobida investitsiya
loyihalarining samaradorligini baholashda "YUNIDO" uslubiyoti keng tadkik
etilgan bo’lib, bu uslubiyot loyihalarni tahlil etishda ahamiyatli urin tutadi. Ushbu
uslubda u yoki bu loyihani moliyalashtirishda qarorlar qabul qilish, shuningdek
investitsiya oldi tadkikotlari uchun muljallangan kapital kuyilmalarning
samaradorligini baholashning jaxon tajribasi mutafassal yozilgan. Bularning
barchasi bozor tahlilining jixatlariga, shuningdek texnik-iqtisodiy asoslashdaga
savollarga, ya’ni xom ashyo bazasini baholash,
kurilish maydonini tanlash,
loyihalashtirish
va
texnologiyalarni
tanlash,
investitsiya
loyihalarini
investorlarning uz mablag’lari evaziga, shuningdek tashki moliyalash manbalari
evaziga moliyalashtirishni ta’minlash, investitsiya loyihalarining iqtisodiy
samaradorligini
aniqllash
(bular
daromadlilikning
ichki
me’yori,
sof
diskontlashtirilgan daromad va x,. k.) jarayonlariga tegishlidir.
Investitsiyalarni baholash uchun sharoitlar mavjud bulganda, loyihani
tayyorlash moliyaviy va iqtisodiy tahlillar talablariga muvofiq xolda utkazilishi
kerak.
Agar moliyaviy tahlil buyicha mutaxassis texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab
chikishning boshlangich boskichlarida ushbu jarayonga kuyilgan bulsagina,
tegishli mutaxassis orkali moliyaviy tahlil loyiha ishlab chiqilishining boshidan
boshlab kuzatib borishi mumkin buladi.
Investitsiyalash moliyaviy va iqtisodiy nukgai nazardan kelgusida
investitsiyalarning umumiy boshlagich qiymatini oshiruvchi
sof foydani xosil
qilish va olish maqsadida barcha turdagi moliyaviy, iqtisodiy resurslarning uzok
muddatga kuyilishi sifatida aniqllanishi mumkin.
Ushbu kuyilmaning asosiy jixati — bu moliyaviy resurslarni (ya’ni
investorning uz va karz mablag’larini) investitsiyalar tomonidan ishlab chiqarish
aktivlariga kuyilgan asosiy va sof aylanma kapitalga aylantirish.
Kelgusidagi sof foydaga kizikish loyihaga mablag’ soluvchi xar bir
ishtirokchi tomon uchun umumiy bulsada, kutilayotgan foyda yoki daromad xar xil
baholanishi va fark qilishi mumkin.
YUNIDO uslubi buyicha moliyaviy tahlilning muhim jixatlari bo’lib
quyidagilar hisoblanadi:
160
— investitsiya qarorlarining asosiy mezonlari;
— kuyilmalarni baholash va loyiha kaytimi;
—
loyihaning hayotiylik davri va uni gorizont rejalashtirish;
— risk, noaniqllik va boshkalar.
Moliyaviy tahlilning maqsadlari va andozasi "investitsiyalash" suzining
mazmuni bilan ma’lum bir ahamiyat darajasida aniqllanadi.
Investitsiyalash moliyaviy, iqtisodiy resurslarni
kelgusida foyda olish yoki
uni yaratish va ijtimoiy samaraga erishish maqsadida uzok muddatga iqtisodiy
resurslarni kuyishdir.
Ushbu
kuyilmaning
asosiy
jixati
investorning
uz mablag’larini
investitsiyalash asosida ishlab chiqarish aktivlariga, shuningdek ushbu resurslarni
ishlatish bilan yangi likvidlikni xosil qilishga o’zgartirishda namoyon buladi.
Yuqoridagilarni hisobga olish bilan "investitsiyalash" tushunchasi uziga xos
aniqllik kasb etadi, moliyaviy tahlil va loyihani sunggi baholash esa loyiha buyicha
talab qilinadigan kuyilmalarni, kutilayotgan natijani, shuningdek kelgusi sof
foydani tahlil etish va baholashni (qiymatini) kuzda tutadi.
Ushbu maqsad uchun kullaniladigan usullar quyidagilardir:
— loyihaning bashorat qilinish xususiyatlari xakkoniyligining tahlili;
— investitsiyaning amalga oshuvchanligiga sezilarli ta’sir ko’rsatuvchi
jiddiy o’zgarishlarni aniqllash bilan loyihalashtirilayotgan xarajat va
daromadlarning tarkibi va ahamiyatliligini tahlil etish;
-
investitsiyalardan keladigan daromad, ularning foydaliligi, samaradorligi orkali
aks ettirilgan xar yillik xosil qilingan va jamgarilgan
sof moliyaviy foydani
aniqllash va baholash;
— vakt omilining kapital qiymati, baholar va noaniqllik sharoitida (aniql
loyiha bilan boglik bulgan risklar) qabul qilinadigan qarorlar munosabatini hisobga
olish.
SHunday kilib, moliyaviy tahlilning maqsadi va andozasi shundan iboratki,
u investitsiyalash va moliyalashtirishdagi barcha savollarning echimi bilan boglik
omillarni, shuningdek loyihadagi barcha moliyaviy okibatlarni tahlil kiladi va
aniqllaydi.
Moliyaviy tahlilning asosiy jixatlari quyidagichadir:Birinchidan, sanoat
investitsiya loyihalarining moliyaviy tahlili — bu saloxiyatli investorlar va loyiha
yaratuvchilariga loyihadagi moliyaviy okibatlarni ko’rsatish uchun yoki asosiysi
texnik xarajatlarni yoki loyiha takliflarini tugallash uchun loyihani ishlab
chikishning oxirgi boskichlarida amalga oshiriladigan ajratiluvchi faoliyat emas.
Moliyaviy
tahlil
texnologiya
va
ishlab
chiqarish
kuvvati,
loyihalashtirilayotgan korxonaning joylashgan joyi, resurslar,
loyiha andozasi,
marketing
strategiyalarining
moxiyati
jixatidan
aniqllanuvchi
loyiha
strategiyalarini ishlab chikish va turli xil mukobillarini kuzda tutishi lozim.
Ikkinchidan, moliyaviy tahlilni utkazish jarayonida qaror qabul kiluvchi
shaxs investitsiyalarni baholash uchun turli xil mezonlarni kullashini ham hisobga
olishi zarur. Bu analitikni shunday mezonlarni aniqllashga majbur kiladi va u
investorlar talab kiladigan axborotlarni tayyorlash uchun unga muvofiq keluvchi
161
usullarni tanlaydi. Masalan, investorlar past rentabellikda tezlashtirilgan
amortizatsiyani afzal kurishi mumkin yoki, xatto, kichik daromadlar sharoitida
bosh rakobatchiga nisbatan bozordagi uz ulushini kengaytirishni xoxlashi mumkin,
bunda uning strategiyami mavjud firmaning yuqori rentabelliligani ta’minlashga
xizmat kilsa ajab emas.
Bu erda nafaqat katnashuvchi tomonlarning, balki jamiyatning ham
kizikishini hisobga olish kerak. Jamiyatning kizikishi shundaki,
bunda ular
investitsiya jarayonida cheklangan resurslarning samarali ishlatilishi va
mamlakatning rivojlanishiga inti-ladilar.
Kizikishlarni nazorat qilish uchun turli xil ma’muriy va fiksal tadbirlar
kullaniladi. Bu tadbirlar ham ragbatlantiruvchi, ham chegaralovchi bo’lib, loyihani
baholash va moliyaviy tahlil jarayonlariga kiritilishi va aniqllanishi lozim.
Dostları ilə paylaş: