193
Biz bu va bundan keying bo‘limlarda investitsiyalar menejmenti bo‘yicha
asos hisoblanadigan teoriyalarni olg‘a suramiz: Investitsiya teoriyasi va capital
bozor
teoriyasi.
Investitsiya
teoriyasi
foydani
maksimallashtiraydigan
investitsiyani tanlash va shunga monan, o‘zgarmas qabul qilingan risk bosqichlari
bilan taqsimlanadi. Ko‘p sonli modellar va tarihiy ma’lumotlarga ko‘ra,
investitsiya teoriyasi “tahminiy investitsiya foydasi” va “qabul qilinaydigan
investitsiya riski”ni
aniqlaydi, shuningdek qanday qilib optimal investitsiya
qurishni ko‘rsatadi. Kapital bozor teoriyasi esa investorlarning garov baxosiga
ta’sirini ko‘rsatadi. YA’nada aniqroq aytaydigan bo‘lsak, garovning qaytishi va
riskning o‘rtasida bo‘lishi kerak bo‘lgan bog‘liqlikni ko‘rsatadi agarda investor
tuzgan investitsiya, investitsiya teoriyasi orqali ko‘rsatilgan bo‘lsa. Investitsiya va
capital bozor teoriyalari birgalikda investitsiya riskini aniqlash va o‘lchash
na’munasi taqdim qiladi va taxmin qilingan foyda va risk o‘rtasidagi bo‘gliqlikni
rivojlantiradi(shuningdek risk va investitsiyadan talab
qilingan foydani orasidagi
bo‘gliqlikni ham).
Tikilgan investitsiyani individual risklarga ko‘ra maksimallashtirish
investitsiya teoriyasining maqsadi hisoblanadi. Tarihiy ma’lumotlar va foyda
to‘g‘risidagi investorlar tahminlarini ishlatgan holda, investitsiya tanlash “kutilgan
investitsiya foydasi” va “qabul qilinaydigan investitsiya riski”ni son ko‘rinishida
aniqlash uchun modellash tehnikalaridan foydalanadi va optimal investitsiyani
tanlash imkonini taqdim etadi. Ushbu teoriya investitsiya menejerlariga investitsiya
riski va tahmin qilingan foydani son ko‘rinishida
aniqlashga imkon beradi,
sub’ektiv bo‘lgan investitsiya menejmentiga obektiv tarkib qo‘shgan holda.
YA’nada muhimrog‘i esa, oldingi vaqtlarda investitsiya menejmenti e’tiborini
mulklarning alohida riskiga qaratgan bo‘lsa, investitsiya teoriyasi e’tiborini
butunlay investitsiyani o‘ziga qaratadi. Bu teoriya ko‘rinarli darajada kam risk
bilan riskli mol-mulklarni birlashtirish va tahmin qilingan foydani aks ettiraydigan
investitsiya tashkil qilish imkoni borligini ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda,
investitsiyaning riski uning barcha alohida qismlarini risklarini qo‘shib
hisoblaganda kam bo‘lishini ko‘rsatadi.
Ushbu bo‘limda biz Harry Markowitz tomonidan tayyorlangan investitsiya
tanlash teoriyasini taqdim qilamiz. Bu teoriya investitsiya analizi o‘rtacha
dispersiyasi yoki shunchaki o‘rtacha dispersiya analizi deb ham ataladi.
Qolayversa odatiy moliyaga ham ozroq nazar tashlaymiz va ushbu formulaning
tarafdorlari tomonidan qanday qilib yaratilganini ko‘ramiz.
Investitsiya teoriyasi ikkita soxadan tushunchalarni oladi: moliyaviy-iqtisodiy
teoriyalar va ehtimolliklar va statistik teoriyalar. Ushbu
qism moliyaviy-iqtisodiy
teoriyaning biz investitsiya teoriyasida ishlatgan tushunchalarini ko‘rsatadi.
Taqdim etilgan tushunchalar juda tehnik yoki qiyin bo‘lishi mumkin, lekin bundan
maqsad ushbu tushunchalarni tushunishni osonlashtirishdir. SHundan so‘ng
o‘quvchi ushbu tushunchalar zamonaviy investitsiya teoriyasi yaratilishida
qanchalik muhim hissa qo‘shganini tushunib etishi mumkin.
Xayotda juda ko‘p xolatlar mavjudki tashkilotlar(shaxslar yoki firmalar) ikki
yoki undan ko‘p tanlovdan bittasini tanlashga to‘g‘ri keladi. Iqtisodchilar
194
foydalilik funksiyasini tushunchasini ishlatadi bir necha tanlovlardan birni tanlash
yulini ifodalashga va bu “tanlash teoriyasi deb nomlanadi”. Foydalilik funksiyasi
barcha tanlovlarni raqamli qiymatini aniqlaydi. Qanchalik katta qiymat ko‘rsatsa
qaysidir tanlov, o‘shandan ko‘rinaydigan foyda ham shuncha katta bo‘ladi.
Tanlangan ushbu tanlov boshqa hammasidan ko‘ra iqtisodiy jihatdan maksimal
foyda beradi.
Investitsiya teoriyasiga ham ko‘ra kompaniyalar bir necha tanlovlarga ega
bo‘ladi. Har xil investitsiyalar har xil foyda va risk qiymatiga ega bo‘ladi.
Qolayversa, Qanchalik katta foyda tahmini bo‘lsa,
shunchalik kata risk ham
bo‘ladi. Tashkilotlar barcha investitsiyalar risk-foyda kombinatsiyalari tizimida
qaror qilish holatida bo‘ladi: qaysiki kutilgan qaytim foydaning darajasini
ko‘taradi, kutilmagan risk esa tushurib yuboradi. SHuningdek, tashkilotlar turli xil
risk-qaytim kombinatsiyalaridan foydaning har xil darajalarini qabul qiladi.
Mavjud bo‘lgan risk-qaytim kombinatsiyalaridan qabul qilingan foyda, foyda
funksiyasi orqali ifodalanadi. Osonroq aytaydigan bo‘lsak,
foydalilik funksiyasi
tashkilotlarga qabul qilinaydigan risk va tahmin qilingan foydani orasidagi maqbul
echimni topishga ko‘maklashadi.
Foydalilik funksiyasi grafik ko‘rinishida bir qancha egri chiziqlar orqali
ifodalanadi. 20.1-rasmda u1,u2,u3 bilan belgilangan egri chiziqlarni ko‘rsatdik.
Odatga ko‘ra gorizontal o‘q riskni o‘lchaydi va vertikal o‘q tahminiy foydani
o‘lchaydi. Har bir egri chiziq turli xil risk va foydalar kombinatsiyalari bilan
bo‘lgan investitsiyalar to‘plamini ko‘rsatadi. Berilgan egri chiziqlardagi har bir
nuqtalar investorga risk va foyda kombinatsiyalaridagi bitta darajadagi foydalilikni
ko‘rsatadi. Misol uchun, u1 dagi foydalilik egri chizig‘ida, 2ta nuqta bor, bular U
va U. U da kattaroq tahminiy foyda ko‘rsatkichi bor Undan ko‘ra,
shuning bilan
birga risk darajasi ham katta. CHunki ikki nuqta ham bitta egri chiziqda yotadi va
investorga teng miqdorda imtiyoz bor hisoblanadi ikki nuqta uchun, umuman
aytganda ushbu egri chiziqning barcha nuqtalari uchun. Ushbu egri chiziqlardagi
qiya joylar shuni ko‘rsatadiki, bir xil foydalilik darajasiga ega bo‘lish degani bu,
investor katta miqdordagi foyda talab qilsa, katta miqdordagi riskka rozi bo‘lishi
kerak degani.
20.1-rasm.
Dostları ilə paylaş: