36
4.
Moliyaviy tizim tufayli resurslarning birlashishi va kapitaldagi ishtirok
ulushining bo‘linishi
5.
Moliyaviy tizim tomonidan informatsion qo‘llab-quvvatlash (axborot
ko‘magi)
6.
Moliyaviy
tizim
yordamida
stimullashtirishning
psixologik
muammolarini yechish
1. Moliyaviy tizim yordamida resurslarning vaqt (zamon) va makonda
aylanib yurishi
Turli
mamlakatlar
moliyaviy
institut
(muassasa)lari
bir-biridan
farqlanishining bir qator sabablari mavjud. Ular qatoriga har xil o‘lchamlar,
texnologiyalarning murakkablik yoki oddiylik darajasi, shuning-dek, davlatlarning
siyosiy, madaniy va tarixiy rivojlanishidagi farqlar kiradi. Bundan tashqari,
moliyaviy institut (muassasa)lar vaqtning o‘tishi bilan bir holatdan boshqa holatga
o‘tib turadi. Ularning bajaradigan funksiyalari, muassasaning nomi o‘zgarmasdan
oldingiday
qolishiga qara-masdan, juda kuchli o‘zgarishi mumkin. AQShdagi
zamonaviy banklar ushbu mamlakatda 1928 yoki 1958 yillarda bo‘lgan banklardan
katta farq qiladi va shuningdek, Germaniya yoki Buyuk
Britaniyada banklar deb
nomlanadigan institutlardan ham juda ko‘p farqlanadi. Sho‘rolar davrida
O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan banklar bilan undagi hozirgi banklar o‘rtasida ham
juda katta farqlar mavjud. Mazkur bo‘limda biz turli mamlakatlarning moliyaviy
institut (muassasa)lari nimaga va qanday bir-biridan
farq qilishini hamda vaqt
o‘tishi bilan o‘zgarishini Sizlarning yaxshiroq tushunishingizga imkon beradigan
ko‘p narsani o‘z ichiga olgan konseptual tuzilma (yondoshuv)ni ishlab chiqishga
harakat qilamiz.
Foydalanilayotgan
yondoshuvning asosi shuki, mo‘ljal sifatida moliya-viy
institut (muassasa)lar
ning o‘z-o‘zlari emas, balki ularning
funksiya-lari
olingan.
Tahlilning bunday uslubini biz funksional
yondoshuv deb atadik
(functional
perspective).
U quyidagi dastlabki ikki shartga asoslangan:
• moliyaviy tizim funksiyalari uning institut (muassasa)lariga qaraganda
ko‘proq barqarorlik xarakteriga ega. Bu funksiyalar vaqtning oqimi (o‘tishi)ga
bog‘liq ravishda kamroq darajada o‘zgaradi va mamlakatdan mamlakatga uncha
katta farqlanmaydi.
• moliyaviy institut (muassasa)lar shakli mantiqan ularning funksiya-laridan
kelib chiqadi. Moliya sohasidagi innovatsiya va institutlar o‘rtasidagi raqobat oxir-
oqibat moliyaviy tizim faoliyati samaradorligi-ning oshishiga olib keladi.
Moliyaviy resurslarning samarali taqsimlanishidan
iborat moliyaviy tizim
bosh funksiyasi tahliliga asosan, tahlilning ko‘proq umumiy dara-jasida bu
tizimning quyidagi oltita bazaviy (tub) yoki muhim funksiyalari to‘g‘risida
gapirish mumkin (5.1-rasm).