“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


-mavzu. Moliyaviy tizim funksiyalari va ularning



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/202
tarix21.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#158949
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   202
Moliya UMK

 
5-mavzu. Moliyaviy tizim funksiyalari va ularning 
evolyutsiyasi 
Reja: 
1.
 
Moliyaviy tizim yordamida resurslarning vaqt (zamon) va makonda 
aylanib yurishi 
2.
 
Moliyaviy tizim orqali risklarni boshqarish (riskiy boshqaruv) 
3.
 
Moliyaviy tizim yordamida hisob-kitob-to‘lovlarni amalga oshirish 
34
“Segment” lotincha “segmentum” – bo‘lak, laxtak; kesma. “Seco” – kesaman. Matematikada doiraning yoy va 
vatar bilan chegaralangan qismi; sharning kesuvchi tekislik bilan ajratilgan qismi. Qarang: o‘sha manba. J.IV. - 
B.471.


36 
4.
 
Moliyaviy tizim tufayli resurslarning birlashishi va kapitaldagi ishtirok 
ulushining bo‘linishi 
5.
 
Moliyaviy tizim tomonidan informatsion qo‘llab-quvvatlash (axborot 
ko‘magi) 
6.
 
Moliyaviy 
tizim 
yordamida 
stimullashtirishning 
psixologik 
muammolarini yechish 
1. Moliyaviy tizim yordamida resurslarning vaqt (zamon) va makonda 
aylanib yurishi
Turli 
mamlakatlar 
moliyaviy 
institut 
(muassasa)lari 
bir-biridan 
farqlanishining bir qator sabablari mavjud. Ular qatoriga har xil o‘lchamlar, 
texnologiyalarning murakkablik yoki oddiylik darajasi, shuning-dek, davlatlarning 
siyosiy, madaniy va tarixiy rivojlanishidagi farqlar kiradi. Bundan tashqari, 
moliyaviy institut (muassasa)lar vaqtning o‘tishi bilan bir holatdan boshqa holatga 
o‘tib turadi. Ularning bajaradigan funksiyalari, muassasaning nomi o‘zgarmasdan 
oldingiday qolishiga qara-masdan, juda kuchli o‘zgarishi mumkin. AQShdagi 
zamonaviy banklar ushbu mamlakatda 1928 yoki 1958 yillarda bo‘lgan banklardan 
katta farq qiladi va shuningdek, Germaniya yoki Buyuk Britaniyada banklar deb 
nomlanadigan institutlardan ham juda ko‘p farqlanadi. Sho‘rolar davrida 
O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan banklar bilan undagi hozirgi banklar o‘rtasida ham 
juda katta farqlar mavjud. Mazkur bo‘limda biz turli mamlakatlarning moliyaviy 
institut (muassasa)lari nimaga va qanday bir-biridan farq qilishini hamda vaqt 
o‘tishi bilan o‘zgarishini Sizlarning yaxshiroq tushunishingizga imkon beradigan 
ko‘p narsani o‘z ichiga olgan konseptual tuzilma (yondoshuv)ni ishlab chiqishga 
harakat qilamiz.
Foydalanilayotgan yondoshuvning asosi shuki, mo‘ljal sifatida moliya-viy 
institut (muassasa)lar
ning o‘z-o‘zlari emas, balki ularning 
funksiya-lari
olingan. 
Tahlilning bunday uslubini biz funksional yondoshuv deb atadik 
(functional 
perspective).
U quyidagi dastlabki ikki shartga asoslangan: 
• moliyaviy tizim funksiyalari uning institut (muassasa)lariga qaraganda 
ko‘proq barqarorlik xarakteriga ega. Bu funksiyalar vaqtning oqimi (o‘tishi)ga 
bog‘liq ravishda kamroq darajada o‘zgaradi va mamlakatdan mamlakatga uncha 
katta farqlanmaydi.
• moliyaviy institut (muassasa)lar shakli mantiqan ularning funksiya-laridan 
kelib chiqadi. Moliya sohasidagi innovatsiya va institutlar o‘rtasidagi raqobat oxir-
oqibat moliyaviy tizim faoliyati samaradorligi-ning oshishiga olib keladi.
Moliyaviy resurslarning samarali taqsimlanishidan iborat moliyaviy tizim 
bosh funksiyasi tahliliga asosan, tahlilning ko‘proq umumiy dara-jasida bu 
tizimning quyidagi oltita bazaviy (tub) yoki muhim funksiyalari to‘g‘risida 
gapirish mumkin (5.1-rasm). 


37 
5.1-rasm. 

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin