Moliyaviy tizim funksiyalari Ularni yanada aniqroq tarzda quyidagicha ifodalasa bo‘ladi:
•
iqtisodiy resurslarning vaqt (davr) bo‘ylab (bo‘yicha), davlat chega-rasi
orqali va iqtisodiyotning bir tarmog‘idan
boshqasiga o‘tish (joyini o‘zgartirish) usulini ta’minlash;
•
riskni boshqarish (riskiy boshqaruv usullarini ta’minlash;
• savdoga imkon yaratadigan
hisob-kitobni amalga oshirish va kliring usullarini ta’minlash;
•
moliyaviy resurslarni birlashtirish va turli
korxonalarda egalik-ning bo‘linishi mexanizmini ta’minlash;
• iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qaror qabul qilishning markaz-
lashtirilmagan jarayonini muvofiqlashtirish imkonini beradigan
narx-navo (baho) axboroti bilan ta’minlash;
•
stimullashtirish muammolarini hal qilish usullarini ta’min-lash.
Bu muammolar bitim ishtirokchilaridan biri boshqasi bilmagan axborotga
egalik qilganda yoki ishtirokchilardan biri ikkinchisi nomidan agent (komissioner)
sifatida ish ko‘radigan vaziyatlarda yuzaga keladi.
Ushbu bobning keyingi o‘rinlarida yuqorida sanab o‘tilgan moliyaviy tizim
barcha funksiyalarining to‘liqroq tushunchasini berishga va ularning xarakteri vaqt
(davr, zamon) o‘zgarishi bilan qay tartibda o‘zgarib borishini ko‘rsatishga harakat
qilamiz.
Moliyaviy tizim iqtisodiy resurslarning vaqt (davr, zamon) bo‘ylab
(bo‘yicha), geografik hududning biridan boshqasiga, shuningdek, iqtisodi-yotning
bir tarmog‘idan boshqasiga (o‘tish) joyini o‘zgartirish usulini ta’minlaydi.
Ko‘p hollarda moliyaviy oqimlar harakati jismoniy yoki yuridik shaxs
bugungi kunda o‘zining mablag‘ini boshqa shaxsga kelgusida o‘rniga o‘rin boshqa
mablag‘ni olish uchun, va aksincha, berishiga asoslangan. Talabalarga qarzlar, uy
sotib olish qarzlari, jamg‘arilgan pensiya va ishlab chiqarish quvvatiga kapital
qo‘yilmalar – ushbu barcha operatsiyalar resurslarni vaqt (davr, zamon)ning bir
nuqtasidan boshqasiga o‘tishi (joylashuvi)ga olib keladi. Ushbu kabi
vaqt (davr, Resurslarni vaqt (zamon) va
makonda joylashtirish
Riskni boshqarish
(riskiy boshqaruv)
Hisob-kitob-
to’lov tizimi