Moliyaviy oqimlar Ko‘rinib turibdiki, ayrim moliyaviy oqimlar bir iqtisodiy sub’ektlardan
(ortiq mablag‘larga ega) boshqa (defitsit) sub’-ektlarga moliyaviy vositachilar
orqali yo‘naltirilgan, masalan, banklar orqali (chizmadagi moliyaviy oqimlar
harakatining pastki yo‘nalishi), bo‘ladi. Ayni paytda boshqa moliyaviy oqimlar
ushbu vositachilar xizma-tidan foydalanmagan holda ham, ya’ni moliyaviy
bozorlar orqali ko‘chib o‘tadilar (chizmadagi yuqori yo‘nalish).
Moliyaviy oqimlarning (flow of funds) yuqorigi yo‘nalish bo‘yicha joyini
o‘zgartirishi prinsipini yaxshiroq tushunish uchun quyidagicha faraz qilaylik:
qaysidir bir uy xo‘jaligi
(erkin mablag‘ga ega bo‘lgan iqtisodiy sub’ekt) biror-bir
firma (defitsit iqtisodiy sub’ekt) chiqargan aksiya-larni sotib olmoqda. Alohida
hollarda,
agar, masalan, firma dividendlarni reinvestitsiya qilish dasturiga ega
bo‘lgan, uy xo‘jaligi esa oldindan mazkur firma aksiyalariga ega bo‘lgan holda,
aksiyalarni sotib olish bevosita firmada amalga oshiriladi. Biroq, odatda moliyaviy
oqimlar harakatida uy xo‘jaligidan pulni oluvchi va uni aksiyalarning emitent
33
i
bo‘lgan firmaning hisobraqamiga o‘tkazuvchi dilerlar yoki brokerlar (qim-matli
qog‘ozlar savdosi bilan shug‘ullanuvchilar) qatnashadilar.
Moliyaviy tizimlar doira (chegara)sida ko‘chib yuruvchi (joylarini
o‘zgartiruvchi) oqimlarning ko‘p qismi umuman moliyaviy bozorlar orqali
o‘tmaydi va shunday qilib, 4.2-rasmda keltirilgan yuqorigi yo‘nalish izidan
bormaydi. Buning o‘rniga, chizmaning pastki qismida ko‘rsatil-ganidek, ular
moliyaviy vositachilarning yordami bilan bevosita erkin moliyaviy mablag‘larga
ega bo‘lgan iqtisodiy sub’ektlardan resurslar defitsitligini boshidan kechirayotgan
iqtisodiy sub’ektlarga o‘tadilar.
Moliyaviy oqimlar bir joydan boshqa joyga oqib o‘tishining ushbu usulini
yaqqol tasavvur qilish uchun, quyidagicha faraz qilaylik: Siz o‘z omonatingizni
bank hisobraqamiga qo‘ydingiz va bank biror-bir firmaga qarz sifatida berish
uchun undan foydalandi. Mazkur holatda Siz qarz olgan firmadan o‘z pulingizni
33
Emitent inglizcha “issuer”, nemischa “emittent” va lotincha “emittere” so‘zlaridan olingan bo‘lib, o‘z
faoliyatini rivojlantirish va moliyalashtirish uchun qimmatli qog‘ozlarni chiqargan tashkilotni bildiradi. Qarang:
http://ru.wikipedia.org/wiki/.
Bozorlar
Moliyaviy resurslari defitsit bo’lgan
iqtisodiy sub’ektlar
Moliyaviy resurslari ortiqcha
bo’lgan iqtisodiy sub’ektlar
Молиявий
воситачилар
35
bevosita talab qila olmaysiz. Sizda pullik talabnoma