31
Tuzilmaning eng yuqori darajasida korporatsiyaning ijrochi direktori (chief
executive officer (CEO) turadi. U, ko‘pincha, prezident deb ataladi. Moliya
bo‘yicha bosh boshqaruvchi (chief financial officer (SFO) katta (birinchi)
vitse-prezident deyiladi. U firmaning butun moliyaviy faoliyati uchun mas’ul va
bevosita prezidentga hisobot beradi.
Shuningdek, ko‘p
hollarda, firmada yana
ikkita vitse-prezident faoliyat yuritishi mumkin. Ular marketing va ishlab chiqarish
operatsiyalari uchun mas’uldirlar. Ba’zida yirik firmalar shtat
29
iga rahbar lavozimi
kiritiladi. Rahbar kompaniya prezidenti strategiyasi amalga oshishi uchun mas’ul
hisoblanadi.
Moliya bo‘yicha birinchi vitse-prezidentga uchta bo‘lim bo‘ysunadi: a)
moliyaviy rejalashtirish bo‘limi; b) g‘aznachilik; v) buxgalteriya. Ularning har
biriga vitse-prezident boshchilik qiladi. Moliyaviy rejalashtirish bo‘yicha vitse-
prezident uzoq muddatli kapital qo‘yilmalarning asosiy yo‘nalishlarini tahlil qilish
uchun mas’ul, ya’ni firma faoliyat sohasini o‘zgartirishi lozimmi, yoki hozirgi
biznesni davom ettirishi kerakmi, shularga baho beradi. Shuningdek, boshqa
firmalarni qo‘shib olish va sotib olish hamda bosh firmadan yangi firmalar ajralib
chiqishi imkoniyatlarini tahlil qilish ham uning vakolat doirasiga kiradi.
G‘aznachi (treasurer) joriy moliyaviy faoliyat va firmaning aylanma kapitalini
boshqarish uchun mas’ul. Shuningdek, tashqi investorlar
bilan munosabatlarni
boshqarish, firmaga foiz va valyuta riskining ta’sirini baholash hamda soliq
bo‘limini boshqarish ham uning vakolat doirasiga kiradi.
Korporatsiyaning bosh hisobchisi (controller) firmada buxgalterlik hisobi va
ichki audit, xususan rejadagi va aslidagi xarajatlarni, korporatsiyaning turli xo‘jalik
birliklari faoliyatidan olingan daromad va foydani
taqqoslash uchun xizmat
qiladigan ichki hisobotlar uchun mas’ul. Shuningdek, aksiyadorlar, kreditorlar va
davlat boshqaruv (tartibga soluvchi) organlariga taqdim
etish uchun moliyaviy
hisobotlar tayyorlash ham uning vakolat doirasidadir.
Dostları ilə paylaş: